iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: https://uz.wikipedia.org/wiki/Zayn_al-Abidin_bin_Ali
Zayn al-Abidin bin Ali - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Zayn al-Abidin bin Ali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zaynulobidiyn Binali
arabcha: زين العابدين بن علي
 2-Tunis prezidenti
Mansab davri
7-noyabr 1987-yil – 14-yanvar 2011-yil
Oʻtmishdoshi Habib Burgiba
Vorisi

Muhammad Gannushi (v.b.)
Fuad Mebaza (v.b.)

Monsef Marzuqi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 3-sentyabr 1936-yil
Vafoti 19-sentyabr 2019-yil(2019-09-19)
(83 yoshda)
Saudiya Arabistoni Jidda, Saudiya Arabistoni
Mukofotlari Avstriya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun faxriy nishoni 1-darajali katta ofitser xochiNil ordeniXrizantema ordeni
Unvoni brigada generali

Zayn al-Abidin bin Ali (arabcha: زين العابدين بن علي; Zayn al-'Ābidīn bin 'Alī; 1936-yil 3-sentyabr — 2019-yil 19-sentyabr) — Tunis Respublikasi davlat arbobi. General (1979). Tunisning Marokashdagi harbiy attashesi (1974— 77), Tunis milliy xavfsizligi bosh direktori (1977—80). Tunisning Polshadagi elchisi (1980—84), Tunis milliy xavfeizligi davlat kotibi (1984—1985), 1986—1987-yillarda ichki ishlar vaziri. 1987-yil oktyabrdan Tunis bosh vaziri. 1987-yil 7-noyabrdan 2011-yilgacha Tunis prezidenti[1][2]. 2011-yilda mamlakatda yuz bergan „rangli inqilob“ oqibatida mamlakatni tark etishga majbur boʻlgan. Keyinchalik u Saudiya Arabistonida siyosiy boshpana olgan va oʻsha yerda yashab kelgan. 2012-yilda Tunis harbiy tribunali bin Alini ommaviy tartibsizliklar vaqtida namoyishchilarning oʻldirilishiga javobgar deb topib, sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan.