iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: https://uz.wikipedia.org/wiki/Yahyo_Xon
Yahyo Xon - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Yahyo Xon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ogʻa Muhammad Yahyo Xon
urdu: آغا محمد یحیی خان
 3-Pokiston Prezidenti
Mansab davri
1969-yil 25-martdan – 1971-yil 20-dekabrgacha
Oʻtmishdoshi Ayub Xon
Vorisi Zulfiqor Ali Bhutto
 10-Pokiston tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
1969-yil 5-apreldan – 1971-yil 20-dekabrgacha
Oʻtmishdoshi Mian Arshad
Vorisi Zulfiqor Ali Bhutto
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 4-fevral 1917-yil
Chakval
Vafoti 10-avgust 1980-yil(1980-08-10)
(63 yoshda)
Ravalpindi
Mukofotlari Nishan-e-PakistanPahlaviy ordeni

Yahyo Xon (ozarbayjoncha: Ağa Məhəmməd Yəhya xan Qızılbaş, urdu: آغا محمد یحیی خان) – Pokistonning 3-Prezidenti, shuningdek, tashqi ishlar vaziri vazifasini ham bajargan[1][2][3][4].

1917-yil 4-fevralda Britaniya Hindistonining Chakval shahrida tugʻilgan. Yahyoxonning oilasi turkiy ildizlarga ega boʻlib, ular qizilbosh qabilalaridan boʻlgan. Uning otasi Saodat Alixon peshovarlik edi. Yahyo Xon Panjob universitetida oʻqishni tugatgandan soʻng Dehradundagi Hindiston harbiy akademiyasiga oʻqishga kirdi.

1938-yilda Britaniya Hindiston armiyasida Shimoliy-Gʻarbiy chegara provinsiyasida joylashgan harbiy qismda xizmat qila boshladi. Ikkinchi jahon urushi paytida Shimoliy Afrika, Iroq va Italiyada harbiy vazifalarini bajargan. Britaniya Hindistoni boʻlingandan soʻng, Yahyo Xon Kvettada Pokiston qoʻmondonlik va shtab kollejini tashkil etishda muhim rol oʻynadi. 1965-yilgi urushda piyodalar diviziyasiga qoʻmondonlik qilgan. General unvonini oldi va 1966-yilda Pokiston armiyasi qoʻmondoni etib tayinlandi. 1969-yilda butun mamlakat boʻylab vaziyat nazoratdan chiqa boshladi va Ayub Xon hokimiyatni armiya shtab boshligʻi general Yahyoxonga topshirishga majbur boʻldi. Yahyoxon hokimiyatga kelganidan soʻng darhol mamlakatda harbiy holat eʼlon qildi. Konstitutsiyani bekor qildi, Milliy va Viloyat majlislarini tarqatib yubordi. 1969-yil 31-martda Yahyo Xon rasman Pokiston Islom Respublikasi prezidenti boʻldi[1].

Pokistonning boshqa harbiy hukmdorlaridan farqli oʻlaroq, Yahyoxon oʻz hukmronligini kengaytirishdan manfaatdor emas edi. Mamlakat ichidagi vaziyat barqarorlashganidan soʻng, u hokimiyatni boshqa shaxsga oʻtkazishi mumkin boʻlgan variantlarni izlay boshladi. 1970-yil 29-martda vaqtinchalik konstitutsiyaning versiyasini taqdim etdi. 1970-yil dekabr oyida Pokistonda birinchi umumiy saylovlar boʻlib oʻtdi. Muammolar saylov natijalari eʼlon qilingandan keyin boshlandi. Shayx Mujibur Rahmon boshchiligidagi Avomi Ligasi Sharqiy Pokistonga ajratilgan 162 oʻrindan 160 tasini qoʻlga kiritdi. Biroq, partiya Gʻarbiy Pokistonning biron viloyatidan bitta oʻrinni ham qoʻlga kirita olmadi. Boshqa tomondan, Zulfiqor Ali Bhutto boshchiligidagi Pokiston Xalq partiyasi 81 oʻrinni qoʻlga kiritib, Panjob va Sinddan eng yirik partiya boʻlib chiqdi. Bu davlatni parchalab tashladi va siyosiy tartibsizlikka olib keldi. Bhutto va Mujibur yangi saylangan Milliy Assambleyada kelisha olmagach, aholining bor umidi Yahyoxon davlat muammolarini hal etishidan iborat edi. Lekin u ham Bengal qoʻzgʻolonini bostirish uchun Sharqiy Pokistondagi armiyadan foydalanishni boshlagani sababli, vaziyatni nazorat qila olmadi. Bu 1971-yilning qishida Pokiston va Hindiston oʻrtasida urush boshlanishiga olib keldi[5].

Yahyoxon bu urushda Pokiston armiyasining oliy qoʻmondoni edi. Oxir-oqibat, Pokiston urushda yutqazdi, mamlakat parchalanib ketdi va 90 ming kishi Pokiston askari hindlarga taslim boʻldi. Pokiston qurolli kuchlarining Dakkada hech qanday qarshiliksiz taslim boʻlishi Yahyo Xonni mamlakatdagi eng salbiy xarakterga aylantirdi. Jamiyatning turli qatlamlaridagi odamlar uni tanqid qila boshladilar. 1971-yil 20-dekabrda hokimiyatni Pokistonning qolgan eng mashhur partiyasi rahbari Zulfiqor Ali Bhuttoga topshirishdan boshqa chorasi qolmadi. 1972-yilda Bxutto Yahyoxonni uy qamogʻida saqlashni buyurdi[6].

  1. 1,0 1,1 „Yahya Khan“ (en). 2012-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-yanvar. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "CDI" defined multiple times with different content
  2. Hugh Tinker, „South Asia: A Short History“ University of Hawaii Press", 1990
  3. "Historical Dictionary of Pakistan"
  4. Agha Humayun Amin, „India Pakistan Wars-1947 to 1971-A Strategic and Operational Analysis“
  5. „Yahya Khan“ (en). 2012-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-yanvar.
  6. „Yahya Khan“ (en). 2012-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-yanvar.