iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: https://uz.wikipedia.org/wiki/Xartumlilar
Xartumlilar - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Xartumlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Afrika fili

Xartumlilar (Proboscida) – sut emizuvchilar sinfi turkumi. Ustunsimon oyoqlari 5 barmoqli. Ustki labi va burni juda choʻzilib xartumni hosil qiladi (nomi shundan). X. – oʻtxoʻr. Hozirgi X.ning fillar oilasiga mansub 2 turi maʼlum. Xartumlilarning tepa jagʻidagi 2 ta kurak tishi tashqariga oʻsib chiqqan boʻlib, fil suyagi deyiladi. Fil suyagi jahon bozorida juda qadrlanadi. Hid bilish va eshitish organlari yaxshi rivojlangan. Terisi qalin, siyrak tukli, serajin burmalar hosil qiladi. Faqat hozirgi qirilib ketgan mamontlar terisi qalin jun bilan qoplangan boʻlgan. Xartumlilardan xoʻjalik ishlarida foydalaniladi. Soni kamaygani uchun ayrim joylarda muhofazaga olingan.