iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: https://uz.wikipedia.org/wiki/Vilnyus
Vilnyus - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Vilnyus

Koordinatalari: 54°41′14″N 25°16′48″E / 54.68722°N 25.28000°E / 54.68722; 25.28000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vilnius

litovcha: Vilnius
Litva poytaxti
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
54°41′14″N 25°16′48″E / 54.68722°N 25.28000°E / 54.68722; 25.28000
Mamlakat Litva
Maydon 401 km2 (155 kv mi)
Aholisi
 (2022)
592 389[1]
Vaqt mintaqasi UTC+2, yozda UTC+3
Telefon kodi +370 5
Pochta indeks(lar)i 01001
Vilnius xaritada
Vilnius
Vilnius

Vilnius yoki Vilnyus (litovcha: Vilnius) — shahar, Litva Respublikasi poytaxti, yirik sanoat va madaniyat markazi. Neris va Vilnia daryolari tutashgan yerda. Shahar Vilnia daryosi nomi bilan atalgan (litovcha: vilnyti; vilnis— "toʻlqin" demak).

Yanvarning oʻrtacha tempaturasi —5,3°, iyulniki 17,9°. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 591,2 ming kishi (1999). Vilnius birinchi marta 12-asr yilnomasida tilga olingan. 1323-yil Litva knyazi Gediminas mamlakat poytaxtini Litvaning qad. poytaxti Trakaydan Vilniusga koʻchirgan. Litvani Rossiya imperiyasi bosib olgach (1795), Vilnius gubernyaning maʼmuriy markazi boʻldi. 1918-yilda Vilniusda hokimiyatni bolsheviklar egallab oldi. 1920—39 yillarda Vilnius panlar Polshasi tarkibida boʻldi, 1940-yildan Litva poytaxti. 2-ja-hon urushida katta zarar koʻrgan Vilnius qisqa muddat ichida qayta tiklandi va Boltiqboʻyi iqtisodiy rayonining eng yirik iqtisodiy, madaniy markazlaridan biri boʻlib qoldi. Respublika yalpi sanoat mahsulotining aksariyat qismi Vilniusda ishlab chiqariladi. Mashinasozlik (stanoksozlik, asbobsozlik, issiklik apparaturalari, elektr dvigatellari, elektr payvandlash va savdo-sotiq asboblari, radio oʻlchov priborlari, qishloq xoʻjaligi mashinalari va b.) va metallsozlik yetakchi oʻrinda turadi. Kimyo, yengil (tikuvchilik va paypoq-trikotaj fabrikalari, poyabzal, attorlik korxonalari), oziq-ovqat (goʻsht kombinati, konditer, tamaki fabrikalari, yog, pivo zavodlari) sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari va mebel ishlab chiqariladi. Vilniusdan 10 km narida joylashgan Yangi Vilniada yirik sanoat rayoni vujudga kelgan. Vilnius— muxim madaniy markaz. Vilniusda respublika Fanlar akademiyasi (1940-yildan), ilmiy tadqiqot institutlari, 5 oliy oʻquv yurti (shu jumladan Vilnius universiteti, konservatoriya), 150 ga yaqin ommaviy kutubxona, 12 muzey (shu jumladan suratlar galereyasi, xalq sanʼati, tarix-etnografiya muzeylari), 5 teatr (Litva opera va balet teatri va b.) va b. muassasalar ishlab turibdi. Vilniusda meʼmoriy yodgorliklardan Baland qasr (14—15-asrlar) qoldiqlari, Mikaloyalus gotika cherkovi (14-asr), bernardinchilar cherkovi va ibodatxonasi (16-asr), Onoye cherkovi (16-asr) va Mikolo cherkovi (16— 17-asrlar), universitet binolari majmui (16-asr 2-yarmi — 19-asr 1-yarmi), Kazimero (1604—18), Tereses (1634—50), Pyatro ir Povilo (1668— 75), Kotrinos (17-asr oxiri —18-asr oʻrtasi) barokko cherkovlari, meʼmor L. Stuoki-Gutsyavichyusning klassik stilidagi binolari (kafedral sobor, 1777—1801; ratusha 1786—99) saqlangan. 1940-yillardan soʻng yangi turar joy rayonlari (Lazdinay, 1967-yildan; Jirmunay, 1968-yildan) va jamoat binolari ("Nyaringa" mehmonxonasi, 1960; Sport saroyi, 1971; Opera va balet teatri, 1973) vujudga keldi.

  1. „Число жителей на 1 января 2022 г.“. 2019-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-sentyabr.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil