iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: https://uz.wikipedia.org/wiki/Turkiyshunoslik
Turkiyshunoslik - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Turkiyshunoslik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Turkiyshunoslik, turkologiya — turkiy tillarda soʻzlashuvchi xalqlarning tillari, etnografiyasi, tarixi, adabiyoti, folklori, madaniyatini oʻrganuvchi gumanitar fanlar majmui.

Dastlab T., asosan, filologik fan sifatida rivojlandi. T.ning eng muhim manbalari: 7—11-asrga mansub urxun-enisey yozuv (bitik)lari, uygʻur yozuvi yodgorliklari, oʻrta asrlarda yashab, arab, fors va turkiy tillarda ijod etgan mualliflarning asarlari va boshqa Turkiy qabilalar haqida Mahmud Koshgʻariy tomonidan toʻplab tartibga solingan eng qad. maʼlumotlar toʻplami — "Devonu lugʻotut turk" va Abulgʻozi Bahodirxonning tarixiyetnografik asarlari ham muhim ahamiyatga ega.

Gʻarbiy Yevropa turkiylar bilan 11 — 13-asrlarda, Vizantiya hamda salibchilarning saljuq turklariga qarshi kurashi paytida tanishadi. Turklar tomonidan Konstantinopol (hozirgi Istanbul)ning bosib olinishi ularga boʻlgan qiziqishni yanada orttirdi. Yevropa adabiyotida Usmonli turk imperiyasining dastlabki tavsifi 15— 16-asrlarga mansub. Gʻarb sharqshunosligida T.ning 17—18-asrlardagi bosh yoʻnalishi Usmonli turk imperiyasini, uning siyosiy va harbiy qudrati negizlarini oʻrganishdan iborat boʻlgan. Yevropadagi dastlabki tadqiqot obʼyektlaridan yana biri turk tilidir: 1533-yilda dastlabki qoʻlyozma qoʻllanmasi, 1612-yilda Iyeronim Megizerning ilk bosma grammatikasi yaratildi. Usmonli turk tili boʻyicha yuqoridagi va boshqa asarlar, ayniqsa, F.Meninskiyning turk tili grammatikasi va lugʻati (17-asrning 2yarmi) Gʻarbiy Yevropa va Rossiyada 18-asr oxiri — 19-asr boshida turkiy tillarni ilmiy oʻrganishga zamin hozirladi.

Rossiyada T. bilan muntazam shugʻullanish (18-asrning 2 yarmidan) I.Giganov va S.Xalfinlarning nomi bilan bogʻliq. T. Rossiyada 19-asrda va 20-asr boshlarida sezilarli taraqqiyot darajasiga erishadi va kompleks fan sifatida shakllanadi (X.D. Fren, I.O.Senkovskiy, M.M.Kazimbek, O.N.Byotlingk, L.Z.Budagov, P.M.Melioranskiy, F.Ye.Korsh, V.V.Grigoryev, N.Ya.Bichurin, V.V.Velyaminov-Zernov, N.V. Xanikov, I.N.Berezin, N.I.Veselovskiylarning turkiy xalqlar tillari, adabiyoti va tarixini, qisman numizmatikani oʻrganishga bagʻishlangan asarlari). 19-asr 60-yillarida N.I.Ilminskiy va V.V.Radlovlarning asarlari bilan turkiy tillarni oʻrganish (ayniqsa, qad. va oʻrta turkiy yozuv yodgorliklarini oʻrganish, tillarni qiyosiy oʻrganish, umumturkiy lugʻat yaratish va boshqalar) tarixida yangi bosqichga asos solindi. L.Budagovning 2 jildli "Turkiy lahjalarning qiyosiy lugʻati" (1869—71), V.V.Radlovning 4 jildli "Turkiy lahjalar lugʻati tajribasi" (1888—1911) lugʻatlari turkiy leksikografiya tarixida muhim yangilik boʻldi. Oʻrta Osiyo xalkdari tarixini, uning ijtimoiy, iqtisodiy muammolarini oʻrganish (19-asr oxiri) esa Bartold nomi bilan bogʻliq. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida T.ning rivojlanishiga turkiy xalqlarning oʻzlaridan yetishib chiqqan baʼzi olimlar ham (Ch.Valixonov, Q.Nosiriy, M.F.Oxundov, Ishoqxon Ibrat, I.Oltinsarin, N.F.Katanov va boshqalar) hissa qoʻsha boshladilar. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida lingvistik T. maktablari Oʻrta Osiyo va Kavkazda ham paydo boʻldi. N.P.Ostroumov, N.N.Pantusov, V.P.Nalivkin, I.A.Belyayev, S.Lapin, I.Budzinskiy, L.Afanasyev, I.D.Yagello, I.M.Bukin, I.Oltinsarin kabilar Oʻrta Osiyodagi turkiy tillarni, N.V.Xanikov, L.Lazarev, V.X.Kondaraki, M.A.Usmonov, O.Zaatov, M.G.Afanasyev, N.A.Karaulovlar Kavkazdagi turkiy tillarni oʻrganish bilan shugʻullandilar. Shoʻro davrida tarix va tarixnavislik, til va adabiyot sohalaridagi bir tomonlama siyosat va mafkura tazyiqi sezilib tursada, sharqshunoslik va T. ijobiy anʼanalarga asoslangan holda rivojlanishda davom etadi. Bunda oʻz ijodlarini chor Rossiyasi davridayoq boshlagan V.V.Bartold, V.D.Smirnov, V.A.Bogoroditskiy, A.N.Samoylovich, S.Ye.Malov, N.I.Ashmarin, A.Ye. Krimskiy, A.P.Kovalevskiy, N.Ya. Marr, I.A.Orbeli va boshqa olimlar alohida oʻrin egallaydi (N.F.Katanov 48 ta turkiy til va lahjalarning chogʻishtirma grammatikasini yezdi, N.I.Ashmarin chuvash tiliga oid 17 jildli asar yaratdi). 1926-yilda Bokuda Butunittifoq turkiyshunoslar qurultoyi boʻlib, unda, birinchidan, T.ning muammolari oʻrtaga tashlanib, bu sohadagi kelajak vazifalar muhokama qilindi, ikkinchidan, SSSR da yashovchi turkiy xalqlar hamda yozuvga ega boʻlmagan boshqa xalq va elatlar uchun ularning fonetik qurilishini toʻlaroq aks ettiruvchi alifbolar yaratish masalasi koʻrib chiqildi. Natijada til qurilishi sohasida jadal ishlar boshlanib, N.F.Yakovlev, L.I.Jirkov, A.N.Samoylovich, B.Choʻponzoda, Ye.D. Polivanov, A.A.Palmbax, A.M.Suxotin, K.K.Yudaxin va boshqa turkiyshunoslar tomonidan SSSRdagi turkiy tillar uchun yangi alifbolar va imloning ilmiy asoslari yaratildi. Qad. yozuv anʼanalariga ega boʻlgan uzbek, ozarbayjon, uygʻur, turkman, tatar, boshqird, qozoq va boshqa turkiy xalklar 1927—30 yillarda lotin grafikasi asosidagi alifbolarni qabul qildilar. Bu jarayonning ijobiy (savod chiqarishning osonlashuvi) va salbiy (qad. dan oʻz yozuviga ega boʻlgan uzbek, ozarbayjon, uygʻur va boshqa xalklarni qariyb ming yillik yozma yodgorliklaridan, madaniy merosidan mahrum qilish) oqibatlari ilmiy jamoatchilikka yaxshi maʼlum. Ayni shu davrda (oʻtgan asrning 30-yillari va undan keyin) T.ka, jumladan, turkiy tillarni har tomonlama oʻrganishga B. Choʻponzoda, N.K.Dmitriyev, A.P.Potseluyevskiy, I.A.Batmanov, K.K.Yudaxin, E.K.Pekarskiy, X.Jubanov, N.Sauranboyev, S.Amanjolov, B.M.Yunusaliyev, T.N. Xaritonov, A.K.Borovkov, S.Mutallibov, Gʻozi Olim Yunusov, A.N. Kononov, A.M.Shcherbak, S.N.Ivanov, V.V.Reshetov, Ye.I.Ubryatova, M.Sh.Sheraliyev, A.R. Tenishev, F.Abdullayev, A.Gʻulomov, Sh.Sh.Shoabdurahmonov, M.Z.Zakiyev, Gʻ.Abdurahmonov, J.Kiyekboyev, N.K.Baskakov va boshqa munosib qissa qoʻshdilar. SSSR hududida yashovchi turkiyzabon xalklar tarixi, etnografiyasi va arxeologiyasi esa V. V. Bartold, A.Yu.Yakubovskiy, S.I.Rudenko, N.P.Direnkova, S.V.Kiselyov, V.A.Shishkin, M.Ye.Masson, S.P.Tolstov, A. P. Okladnikov, Ya. Gʻ. Gʻulomov, A.X. Margulan, T.A.Jdanko, L.N.Gumilyov, A.D.Grach, L.R.Kizlasov va boshqa tomonidan oʻrganildi. Turkiy xalklar adabiyotlarini oʻrganishda ham muayyan yutuklarga erishildi (V.D.Smirnov, A.N.Samoylovich, Ye.E.Bertels, V.A.Gordlevskiy, V.M.Jirmunskiy, Abdurauf Fitrat, A.Saʼdiy, M.Avezov, H.Orasli, M.Gʻaynullin, Hodi Zarifov, Izzat Sulton va boshqalarning asarlari).

40-yillardan boshlab hozirgi turkiy tillar va ularning lahjalarini oʻrganish bilan bir katorda tarixiy va qiyosiytarixiy fonetikasini, grammatikasini oʻrganish boshlanadi, leksikologiya va leksikografiya, dialektografiya va dialektologiya rivojlanadi, 50-yillardan esa turkiy yozuv yodgorliklarini lingvistik jihatdan oʻrganish keng yoʻlga koʻyiladi. S.Ye.Malov yodgorliklarning matnlarini hamda "Qad. turkiy yozuv yodgorliklari" nomli umumlashtiruvchi asarini nashr ettiradi (1951). 10 kishidan iborat turkiyshunoslar guruhi tomonidan "Qad. turkiy til lugʻati" (1969), E.V.Sevortyan va shogirdlarining 4 jildli "Turkiy tillarning etimologik lugʻati" (1974—89), Amir Najibning "Turkiy tillarning tarixiyqiyosiy lugʻati" (1jild, 1979), oʻzbek lugʻatchilarining 4 jildli "Alisher Navoiy asarlari tilining izoxli lugʻati" (1983—85) kabi lugʻatlarning nashr etilishi, hozirgi qozoq, turkman, ozarbayjon, uzbek, tatar, qirgʻiz, qoraqalpoq tillari izoxli lugʻatlarining yaratilishi ham T. rivojiga katta hissa boʻlib qoʻshildi.

Oʻzbekistonda T. muammolari bilan shugʻullanish va shu sohada mutaxassislar tayyorlash ishlari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot, Sharqshunoslik, Tarix, Arxeologiya intlarida, Qoraqalpogʻiston boʻlimida, Toshkent sharqshunoslik intida, Oʻzbekiston milliy universiteti va boshqa untlarning tegishli ftlarida amalga oshirilmoqda. Oʻzbekistonda T.ning til, adabiyot, folklor, tarix, etnografiya yoʻnalishlari nisbatan rivojlangan. Xususan, lingvistik T. rivojida Isqoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Ashurali Zohiriy, Elbek, Qayum Ramazon, S.Mutallibov, S.Ibrogʻimov, Olim Usmon, A.Gʻulomov, F.Abdullayev, U.Tursunov, I.Qoʻchqortoyev, Q.Karimov, Sh.Shukurov, Gʻ.Abdurahmonov, Sh.Shoabdurahmonov, A.Rustamov, M.A.Asqarova, E.Fozilov, Q.Mahmudov, A.Nurmonov, H.Neʼmatov, E.Begmatov, E.Umarov va boshqalarning, rus olimlaridan Ye.D.Polivanov, A.K. Borovkov, K.K.Yudaxin, A.N.Kononov, V.V.Reshetov, A.M.Shcherbaklarning hissalari katta.

20-asrning 2yarmidan hozirgi kunlargacha T. muammolari barcha turkiy tilli davlatlar fanlar akademiyalariga qarashli Sharqshunoslik intlarida yoki sharqshunoslik boʻlimlarida, untlar va intlarning sharqshunoslik va turkiyshunoslik ftlarida, Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti va uning Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) boʻlimi, Tilshunoslik, Etnografiya, Arxeologiya intlarida, mintaqaviy boʻlimlari va ilmiy markazlarida oʻrganilmoqsa va hal qilinmoqda, ularda T. boʻyicha yetuk mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Turkiyada bu sohadagi ilmiy tadqiqotlar (oʻrta asrlarni oʻrganish, manbalarni nashr etish) 20-asr boshlaridagina paydo boʻldi. Istanbul universiteti va boshqa muassasalarda nafaqat Turkiya tarixi, balki T.ning yanada kengroq muammolari — turkiy xalklar tarixi va adabiyoti oʻrganila boshladi (A.Rafiq, M.F. Koʻprulu, A.Asim va boshqalar) nashr etildi.

T. nafaqat turkiy xalklar yashaydigan mamlakatlarda, balki ular muqim yashamaydigan Yevropa mamlakatlarida va AQShda, Koreya va Yaponiyada ham rivojlanmoqsa. Sharqiy Yevropaning bir qancha mamlakatlarida T. tarixfilologiya, baʼzan sof tilshunoslik sohalari boʻyicha rivoj topgan. 19-asr — 20-asr boshlarida venger olimlari I.Kunosh, G.Vamberi, G.Kuun, B. Munkachi va boshqa asosan, qad. va hozirgi turkiy tillar leksikasi, tarixi va grammatikasiga oid asarlar yozdilar. Ularning ishini D.Nemet, L.Ligeti, K.Laslo, D.Xazai, A.RonaTash, D. Kara, E.Shyutslar davom ettirmoqdalar. Ayni shunday ishlar Polshada T.Kovalskiy, A.Zayonchkovskiy, V.Zayonchkovskiy, E.Triyarskiy va boshqa, Ruminiyada M.Guboglu, V.Drimba, T.Label, M.Banesku va boshqa, Bolgariyada S.Chilingirov, S.Belikov, P.Jivkova, D.Gajanov, G.Gilibov, S.Mladenov, N.Todorov, M.Mollova va boshqa, Chexiya va Slovakiyada Ya.Ripka, I.Irechek, Ch.Truxelka, I.Blashkovich, Y.Kabrda va boshqa, sobik, Yugoslaviya respublikalarida G.Yelezovich, X.Xajibegich, X.Shabanovich, A.Shkalich, B.Jurjev va boshqa tomonidan amalga oshirildi. Avstriya, AQSH, Buyuk Britaniya, GFR, Daniya, Italiya, Finlandiya, Fransiya, Shveysariya, Shvetsiya va boshqa mamlakatlarda xam T.ning umumiy va xususiy masalalari bilan shugʻullangan va shugʻullanuvchi olimlar anchagina. Bular—nemis olimlari G.Vinkler, K.Brokkelman, G.Yakob, V.Bang, A. fon Gaben, M.Xartman, B.Flemming, G.Dyorfer; fin olimlari M.Kastren, G.Ramstedt, M.Ryasyanen, P.Aalto; shved olimlari G.Yarring, K.Nilson, D.Yuxanson; daniyalik V.Gryonbek, K.Gryonbek, V.Tomsen; avstriyalik M.Bittker, A.Titse, F.Mikloshich,G.

Meyer; angliyalik E.Gibb, Denison Rosse, J.Klouson; fransiyalik Pave de Kurteyl, S. de Sasi, J.Deni, L.Bazen; italiyalik L.Bonelli, E.Rossi, A.Bombachchi; yaponiyalik Shira Xattori, Nobuo Yamada, I.Muroyama, Macao Mori, Sh.Isavi, T.Xayashi va boshqa koʻzga koʻringan turkiyshunoslardandir. AQShda T. 20-asrning 30-yillarida paydo boʻlib, 50—60-yillarda jadal rivojlana boshladi. Bu rivojlanish, asosan, Yevropa va Turkiyadan jalb etilgan turkiyshunoslar xisobiga boʻlib, Kolumbiya, Garvard, LosAnjeles, Indiana untlarida turkiy tillarni oʻqitishoʻrganish ishlari yoʻlga qoʻyildi (hozirda ham ushbu untlarning xodimlari, tinglovchi va talabalari Oʻrta Osiyo turkiy xalqlari tillari, adabiyoti, tarixi, etnografiyasini oʻrganish maqsadida Oʻzbekistonda ilmiy safarlarda boʻlmoqda). Indiana universiteti 1960-yildan "Uralic and Altaic series" toʻplamini nashr etadi, unda ural va oltoy tillari bilan bir katorda turkiy tillar boʻyicha ham materiallar chop etiladi. Amerikalik K.Menges, O.Pritsak, D.Sinor, Xalashi Kun, Stenford Shou, R.X.Devison, R.Devere, Sh.Mardin, V.X.Mikneyl va boshqa AQShda T.ning tal, adabiyot, tarix sohalari rivojlanishiga katta hissa qoʻshdilar.

T. boʻyicha tadqiqotlarni targʻib qilish, ommalashtirish maqsadida SSSR davrida "Sovetskaya turkologiya" ("Sovet turkiyshunosligi") jurnali (1970-yildan Bokuda) va "Tyurkologicheskiy sbornik" ("Turkologiya toʻplami", 1970-yildan Moskvada) muntazam nashr etilib turgan, lekin 90-yillar oʻrtalarida mazkur jurnalini "Turkologiya" nomi bilan nashr etishga urinishlar boʻlsada, keyinchalik bu jarayon toʻxtab qoldi. T. muammolarini yorituvchi jurnali va byulletenlar Londonda (Asia Major"), Istanbulda (Turk Dili"), Anqarada (Turk Dili Arastirmalari yilligi", "Tarih Arastirmalari Dergisi"), Parijda ("Turcica"), Toshkentda ("Sharq mashʼali", "Sharqshunoslik", "Oʻzbek tili va adabiyoti") va boshqa joylarda nashr etilib kelmoqda. Qozogʻistonda Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoqturk xalqaro untida "Turkologiya" jurnali nashr etilmoqda (2003-yildan).

  • Kononov AN., Tyurkskaya filologiya v SSSR, 19171967, M, 1968; Baskakov N. A., Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazikov, 2 izd., M., 1969; Kononov A.N., Istoriya izucheniya tyurkskix yazikov v Rossii, L., 1972; L u ni n B. V., Istoriografiya obhestvennoʻx nauk v Uzbekistane. Bibliograficheskiye ocherki, T.,1974; Qoʻchqortoyev I., Isabekov B., Turkiy filologiyaga kirish, T., 1984.

Abduvahob Madvaliyev.