iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: https://uz.wikipedia.org/wiki/Tretyakov_galereyasi
Tretyakov galereyasi - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Tretyakov galereyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tretyakov galereyasi - Rossiyaning yetakchi ilmiybadiiy va madaniymaʼrifiy markazlaridan, jahondagi eng yirik rus sanʼati muzeyi. Moskvada 1856-yil P.M. Tretyakov tomonidan xususiy toʻplam sifatida asos solingan, 1892-yil ukasi S. M. Tretyakov kolleksiyasi bilan birga Moskvaga sovgʻa qilingan. 1917-yildan boshqa muzeylarning fondidan, shaxsiy kolleksiyalardan toʻplangan asarlar, 11 — 17-asrlar qad. rus ikona sanʼati, 18—20-asrlar tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik, grafika sanʼati ustalari asarlarining boy kolleksiyasi bilan toʻldirilgan. Rus savdogarlari Tretya kovlarning sobiq uyida joylashgan. 1985—95 yillar T.g. rekonstruksiya qilingan. 1991-yildan "Tretyakov Davlat galereyasi" muzey birlashmasi deb yuritiladi. T.g.da oʻzbekistonlik rassomlar (P. Benkov, A. Volkov, A. Abdullayev, Oʻ. Tansiqboyev, R. Axmedov va boshqalar) asarlaridan namunalar qoʻyilgan. 2003-yilda Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi va T.g. oʻrtasida ilmiy, ijodiy koʻrgazma almashish shartnomasi imzolangan.