iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: https://uz.wikipedia.org/wiki/Trakay
Trakay - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Trakay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Trakay (Trakai) (1917-yilgacha rasmiy nomi Troki) — Litvadagi qad. shahar. Trakay tumani markazi. Trakay koʻllari oʻrtasida joylashgan. Vilnyusdan 28 km gʻarbda (avtobuslar qatnaydi). Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Lentvaris (9 km). Aholisi 6,2 ming kishi (1995). Landshafti muhofaza qilinadi. Tarixiy muzey bor. T.ga 1341-yilda asos solingan. 14—15-asrlarda buyuk Litva knyazligining muhim siyosiy markazi va Litva knyazlari qarorgohi. Mudofaa majmuasi (shu jumladan, Galva koʻlidagi orolda joylashgan qasr, 14— 15-asr boshi), Vituato cherkovi (15—18-asrlar), atrofida yogʻochdan ishlangan karaimlar ibodatxonasi (19-asrning 1yarmi) kabi meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.

T.da har yili xalqaro suv sporti musobaqalari boʻlib oʻtadi. Turizm rivojlangan.