Théo Bongonda
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Théo Bongonda Mbul'Ofeko Batomboat | ||
Tavallud sanasi | 20-noyabr 1995-yil | ||
Tavallud joyi | Charleroi, Belgiya | ||
Boʻyi | 1.77m | ||
Ampluasi | Vinger | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Cádiz | ||
Raqami | 10 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2008—2013 | JMG Academy | ||
2013 | Zulte-Waregem | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2013—2014 | Zulte-Waregem | 33 | (4) |
2015—2018 | Celta | 61 | (4) |
2017—2018 | → Trabzonspor (ijara) | 3 | (0) |
2018 | → Zulte-Waregem (ijara) | 18 | (3) |
2018—2019 | Zulte-Waregem | 28 | (8) |
2019—2022 | Genk | 90 | (33) |
2022- | Cádiz | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2013—2014 | Belgium U19 | 5 | (2) |
2014—2016 | Belgium U21 | 8 | (2) |
2022- | DR Congo | 3 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (26-avgust uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (25-mart uchun) |
Théo Bongonda Mbul’Ofeko Batomboat (1995-yil, 20-noyabrda tugʻilgan) — professional futbolchi, La Liganing Cadiz klubida chap qanot himoyachisi. Belgiyada tugʻilgan, Kongo DR terma jamoasida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zulte Waregem
[tahrir | manbasini tahrirlash]Charleroi shahrida tugʻilgan Bongonda oʻz faoliyatini 2008-yilda 13 yoshida JMG akademiyasida boshlagan. 2013-yil yanvar oyida u Belgiya Pro-ligasi jamoasi SV Zulte Waregemga qoʻshildi, dastlab yoshlar tarkibiga faoliyatini boshlagan[1].
Bongonda professional debyutini 2013-yilning 25-sentyabrida, Belgiya kubogi doirasida KFC VW Hammega qarshi safarda 2:1 hisobida jamoasi bilan gʻalaba qozongan[2]. Uning ligadagi debyuti 15-dekabr kuni boʻlib oʻtdi, u Lierse SKga qarshi oʻz uyida 3:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushdi[3].
Bongonda oʻzining professional golini 2014-yilning 15-yanvarida kiritdi va Cercle Brugge KSVga qarshi safarda 2:3 hisobida jamoasi bilan magʻlub boʻldi[4]. 2014-yilning 20-aprelida u KSC Lokerenga qarshi safarda 3:2 hisobida jamoasi bilan magʻlub boʻlgan oʻyinda birinchi ligadagi golini kiritdi[5].
Celta Vigo
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yilning 9-yanvarida Bongonda La Liga vakili Celta de Vigo bilan toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi[6]. U 26 turda jamoasi safida La Ligada debyut qildi va Getafega qarshi safarda 2:1 hisobida jamaosi bilan magʻlub boʻlgan oʻyinda Nemanja Radojaning oʻrniga maydonga tushdi[7].
Trabzonspor
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yilning 15-iyunida Bongonda Trabzonsporga sotib olish opsiyasi bilan mavsumiy ijara shartnomasi asosida qoʻshildi[8]. Biroq u maydondan koʻra koʻproq zaxira oʻrindigʻida boʻldi.
Zulte Waregem
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-18-yilgi mavsumning qishki transfer oynasida Bongonda ijara asosida yana Zulte-Waregemga qoʻshildi. 2018-yilning 4-iyulida u Essevee bilan 2022-yilning 30-iyuniga qadar toʻrt yillik shartnoma asosida jamoaga qoʻshildi[9].
Genk
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bongonda 2019-yil yozida Belgiyaning birinchi divizioni vakili Genk klubiga rekord darajadagi pul evaziga qoʻshildi[10].
Bongonda 2021-yilning 25-aprelida Belgiya kubogi finalida Standard Liegega qarshi Genk jamoasi bilan kubogni qoʻlga kiritdi[11].
2021-yil, 23-iyulda Bongonda 2021-22-yilgi Belgiya birinchi divizioni A mavsumida Genkning birinchi golini urdi va xuddi shu raqib bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi[12].
Cádiz
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil, 26-avgustda Bongonda Cadiz klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolab, Ispaniyaga qaytdi[13].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bongondaning otasi Kongolik va onasi Belgiyalik[14]. U Belgiya yoshlar terma jamoasi vakili hisoblanadi. 2022-yil yanvar oyida FIFA uning Kongo DR terma jamoasiga oʻtish huquqini qabul qildi[15]. U Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi safida 2022-yilning 1-fevralida Bahraynga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (1:0) debyut qilgan[16].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Zulte Waregem | 2013-14 | Belgian Pro League | 9 | 0 | 5 | 1 | 0 | 0 | 10 | 1 | 24 | 2 |
2014-15 | 14 | 3 | 2 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 19 | 3 | ||
Jami | 23 | 3 | 7 | 1 | 3 | 0 | 10 | 1 | 43 | 5 | ||
Celta Vigo | 2014-15 | La Liga | 8 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 9 | 1 | |
2015-16 | 23 | 2 | 3 | 0 | 0 | 0 | — | 26 | 2 | |||
2016-17 | 30 | 1 | 6 | 1 | 6 | 0 | 0 | 0 | 42 | 2 | ||
Jami | 61 | 4 | 10 | 1 | 6 | 0 | 0 | 0 | 77 | 5 | ||
Trabzonspor (ijara) | 2017-18 | Süper Lig | 3 | 0 | 3 | 2 | 0 | 0 | — | 6 | 2 | |
Zulte Waregem (ijara) | 2017-18 | Belgian First Division A | 4 | 0 | — | 0 | 0 | 9 | 5 | 13 | 5 | |
Zulte Waregem | 2018-19 | Belgian First Division A | 28 | 8 | 2 | 0 | 0 | 0 | 9 | 6 | 37 | 14 |
Genk | 2019-20 | Belgian First Division A | 22 | 5 | 1 | 0 | 6 | 0 | — | 29 | 5 | |
2020-21 | 35 | 16 | 4 | 2 | — | — | 39 | 18 | ||||
2021-22 | 2 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 1 | 3 | 4 | ||
Jami | 59 | 24 | 5 | 2 | 6 | 0 | 1 | 1 | 71 | 27 | ||
Karyera jami | 184 | 39 | 27 | 6 | 15 | 0 | 27 | 13 | 247 | 58 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Genk
- Belgiya kubogi: 2020-21[19]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Eerste JMG-speler boven water bij Zulte Waregem“ (niderlandcha). Sport Voetbal Magazine (20-avgust 2013-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2015-yil.
- ↑ „Zulte Waregem ontsnapt bij Hamme“ (niderlandcha). Sporza (25-sentabr 2013-yil). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2015-yil.
- ↑ „Zulte Waregem spoelt Europese kater door“ (niderlandcha). Sporza (15-dekabr 2013-yil). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2015-yil.
- ↑ „Zulte Waregem schaart zich met verlies bij laatste vier“ (niderlandcha). Sporza (15-yanvar 2014-yil). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2015-yil.
- ↑ „Zulte Waregem laat eerste plek liggen in Lokeren“ (niderlandcha). Sporza (20-aprel 2014-yil). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2015-yil.
- ↑ „El Real Club Celta se refuerza con el internacional Sub-21 belga Théo Bongonda“ (ispancha). Celta's official website (9-yanvar 2015-yil). 23-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-noyabr 2022-yil.
- ↑ „El Getafe por fin canta victoria“ (ispancha). Marca (26-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 3-fevral 2015-yil.
- ↑ „El Real Club Celta se refuerza con el internacional Sub-21 belga Théo Bongonda“ (niderlandcha). Gazet Van Antwerpen (16-iyun 2017-yil). Qaraldi: 16-iyun 2017-yil.
- ↑ „Théo Bongonda definitief naar Essevee“ (niderlandcha). ESSEVEE - SV Zulte Waregem. 2018-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2018-yil.
- ↑ „Théo Bongonda 2019/20 – scout report“. Belgian Football Analysis (4-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
- ↑ „Ito en Bongonda schieten Racing Genk naar 5e Beker van België“ (niderlandcha). Sporza (25-aprel 2021-yil). Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
- ↑ „Bongonda rescues Onuachu's Genk from defeat in First Division A opener against Standard Liege“. Goal (23-iyul 2021-yil). Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
- ↑ „Théo Bongonda firma cuatro temporadas“ (ispancha). Cádiz CF (26-avgust 2022-yil). Qaraldi: 26-avgust 2022-yil.
- ↑ „Théo Bongonda n'a pas peur d'un changement de style : "Si nous pouvons obtenir des résultats avec plus de discipline, alors je signe"“. Walfoot.be (8-dekabr 2021-yil).
- ↑ „Théo Bongonda – UEFA.com“. www.uefa.com. 2013-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Bahrain beat DR Congo in friendly | THE DAILY TRIBUNE | KINGDOM OF BAHRAIN“. DT News.
- ↑ „Théo Bongonda » Club matches“. worldfootball.net. Qaraldi: 3-iyul 2018-yil.
- ↑ Théo Bongonda Soccerway saytida. Qaralgan sana: 29-yanvar 2018-yil.
- ↑ „Onuachu with an assist as Genk clinch Belgian Cup title after Standard Liege win“. Goal (26-aprel 2021-yil). Qaraldi: 29-aprel 2021-yil.