iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: https://uz.wikipedia.org/wiki/Susan_B._Anthony
Susan B. Anthony - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Susan B. Anthony

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Susan B. Anthony

Anthony 1890-yilda
Tavalludi 1820-yil 15-fevral
Vafoti 1906-yil 13-mart (86 yosh)
AQSH, Nyu-York, Rochester
Fuqaroligi AQSh
Otasi Daniel Anthony
Onasi Lucy Read
Imzosi

Susan B. Anthony (1820-yil 15-fevral – 1906-yil 13-mart) – amerikalik aktivist, islohotchi boʻlib, ayollarning saylov huquqi harakatida muhim rol oʻynagan. Ijtimoiy tenglik tarafdori boʻlgan Quakerlar oilasida tugʻilgan. U 17 yoshida qullikka qarshi arznomalarni toʻplagan. 1856-yilda Amerika Qullikka Qarshi Jamiyatining Nyu-York shtati vakili boʻldi.

1851-yilda oʻzining bir umrlik doʻsti va ayollar huquqlari sohasida hamkasbi boʻlgan Elizabeth Cady Stanton bilan uchrashdi. Ular birgalikda Nyu-York Ayollar State Temperance jamiyatiga asos solishdi. Fuqarolar urushi davrida, Amerika Qoʻshma Shtatlar tarixidagi eng yirik hisoblangan Ayollarning Sodiq Milliy Ligasiga 400 000 ga yaqin imzo toʻplagan holda asos solgan. Urushdan keyin, ular ayollar va afro-amerikaliklar teng huquqlari uchun kurashadigan Amerika Teng Huquqlar Assotsiatsiyasini boshlashdilar. 1868-yilda „Inqilob“ deb nomlangan ayollar huquqlariga bagʻishlangan gazetani chiqarishni boshladilar. Bir yil oʻtgach, ayollar harakatining bir qismi sifatida Ayollarning Saylov Huquqi Milliy Assotsiatsiyasini tuzdilar. 1890-yildagi Amerika Ayollar Saylov Assotsiatsiyasi va Milliy Amerika Ayollar Saylov Huquqi Assotsiatsiyasi oʻrtasidagi kelishmovchiliklar Anthony boshchiligida bartaraf etildi. Anthony va Stanton 1876-yilda Matilda Joslyn Gage bilan birgalikda olti jildlik „Ayollarning saylov huquqi tarixi“ nomi ostidagi kitob ustida ishlay boshladilar. Keyingi yillarda Anthony va Stantonning qiziqishlari biroz farq qildi, ammo shunga qaramay ikkalasi yaqin doʻst boʻlib qolishdi.

Anthonyi ayollarning saylov huquqini qoʻllab-quvvatlash uchun koʻp sayohat qildi, yiliga 75 dan 100 tagacha nutq soʻzladi va koʻplab davlat uyushmalarida ishladi. Ayollar huquqlari sohasida xalqaro miqyosda ishlash bilan birgalikda, hali ham dolzarb boʻlgan Xalqaro Ayollar Kengashini yaratishda ham muhim rol oʻynagan. Shuningdek, 1893-yilda Chikagodagi Butunjahon Kolumbiya koʻrgazmasida Butunjahon Vakil Ayollar Kongressini oʻtkazishga yordam berdi.

U birinchi marta ayollar huquqlari borasida uyushma ochishni boshlaganida, qattiq masxara qilindi, biroq u hayoti davomida jamoatchilikning fikrini tubdan oʻzgartirdi. Uning 80 yilligi Prezident William McKinleyning taklifiga binoan Oq uyda nishonlandi. 1979-yilgi dollar tangasida uning rasmi paydo boʻlgach, AQSh tangalarida tasvirlangan birinchi ayol fuqaro boʻldi.

Hayotining boshlangʻich davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Susan Anthony1820-yil 15-fevralda Adamsda (Massachusets shtati) Daniel Anthony va Lucy Read Anthony oilasida yetti farzandning ikkinchisi boʻlib tugʻilgan. Uning ismi buvisi Susanah va otasining singlisi Susan nomiga qoʻyilgan[1]. Uning oilasi ilohotlarda juda faol odamlar edi. Uning akalari Daniel va Merritt qullikka qarshi harakatni qoʻllab-quvvatlash uchun Kanzasga koʻchib oʻtishdi. Merritt Kanzas inqirozi paytida, Jon Braun bilan qullik tarafdorlariga qarshi kurashgan[2]. Anthony olti yoshga toʻlgach, uning oilasi Nyu-Yorkning Battenvill shahriga koʻchib oʻtdi, u yerda otasi katta paxta fabrikasini boshqardi. Bundan oldin u oʻzining kichik paxta zavodini boshqargan edi.

Anthony oʻzining karyerasini qatʼiyat bilan boshladi. 1851-yilda Anthony Seneka Falls konvensiyasi tashkilotchilaridan biri boʻlgan Elizabeth Cady Stantonga ayollarning saylov huquqini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha bahsli rezolyutsiyani taqdim etgan. Anthony va Stantonni bir-birlarini feminist Amelia Bloomer orqali tanishgan. Tez orada Anthony va Stanton yaqin doʻst va hamkasb boʻlib, ayollar uchun muhim boʻlgan siyosiy harakatlarni amalga oshirdilar. Ikki ayol bir-birini toʻldiruvchi koʻnikmalarga ega edi. Anthony tashkilotchilikda zoʻr edi, Stanton esa intellektual masalalar va yaxshi yozish qobiliyatiga ega edi. Anthony oʻzining yozish qobiliyatidan koʻngli toʻlmagani uchun, nisbatan kam asarlar yozgan. Tarixchilar uning fikrlarini toʻgʻridan-toʻgʻri iqtiboslar bilan tasvirlashganda, odatda fikrlarini nutqlardan, xatlardan va kundalik yozuvlaridan olgan deb taʼriflashadi[3].

  1. Vengadasalam, Puja (2018). „Dislocating the Masculine: How Nellie Bly Feminised Her Reports“. Social Change. 48-jild, № 3. 451–458-bet. doi:10.1177/0049085718781597. ISSN 0049-0857.
  2. „Association Intelligence“. BMJ. 2-jild, № 1982. 1898-12-24. 1908–1908-bet. doi:10.1136/bmj.2.1982.1908. ISSN 0959-8138.
  3. „Partnership of Elizabeth Cady Stanton and Susan B. Anthony (1885–1915)“, Stanton in Her Own Time, University of Iowa Press, 123–135-bet, qaraldi: 2024-07-14