iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: https://uz.wikipedia.org/wiki/Starboy
Starboy - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Starboy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Starboy
The Weeknd albomi
Studiya
  • Conway
  • Henson
  • MXM
  • Westlake Beverly (Los Anjeles)
  • Downtown
  • Matza Ball (Nyu-York)
  • Gang (Parij)
  • Wolf Cousins (Stokgolm)
  • The Treehouse X (Suffolk)
Janr
Davomiyligi 68:40
Til inglizcha
Leybl
  • XO
  • Republic Records
Prodyuser(lar)
  • Ali Payami
  • Ali Shaheed Muhammad
  • Ben Billions
  • Benny Blanco
  • Bobby Raps
  • Cashmere Cat
  • Cirkut
  • Daft Punk
  • Diplo
  • Doc McKinney
  • Frank Dukes
  • Jake One
  • Labrinth
  • Max Martin
  • Mano
  • Metro Boomin
  • Swish
  • The Weeknd
The Weeknd xronologiyasi
Beauty Behind The Madness
(2015)
Starboy
(2016)
My Dear Melancholy
(2018)
Starboyga kiritilgan singllar
  1. „Starboy“
    Chiqarilgan sana: 2016-yil 21-sentyabr
  2. „I Feel It Coming“
    Chiqarilgan sana: 2016-yil 24-noyabr
  3. „Party Monster“
    Chiqarilgan sana: 2016-yil 6-dekabr
  4. „Reminder“
    Chiqarilgan sana: 2017-yil 9-may
  5. „Rockin'“
    Chiqarilgan sana: 2017-yil 9-may
  6. „Die for You“
    Chiqarilgan sana: 2017-yil 19-sentyabr
  7. „Secrets“
    Chiqarilgan sana: 2017-yil 10-noyabr

Starboy — kanadalik qo'shiqchi The Weekndning XO va Republic Records leybllari orqali 2016-yil 25-noyabrda chiqargan uchinchi studiyaviy albomi. Unda Daft Punk, Lana Del Rey, Kendrick Lamar va Future mehmon qo'shiqchi sifatida ishtirok etgan. Albomning ijrochi prodyuserlari sifatida ishlagan The Weeknd va Doc McKinney loyihaga Diplo, Cashmere Cat, Metro Boomin, Frank Dukes va Labrinth kabi turli produserlarni jalb qilishdi.

Starboy'da yettita singl mavjud. Ularning orasiga AQShning Billboard Hot 100 roʻyxatida birinchi oʻrinni egallagan “Starboy” va “Die for You” (bu trekning Ariana Grande bilan remiks variantidan soʻng chartda birinchi oʻrinni egalladi) va kuchli beshlikdan o'rin olgan “I Feel It Coming” kiradi. Albom tanqidchilarning ijobiy baholarini oldi va 348 000 ta albom ekvivalenti (shundan 209 000 tasi sof) sotuvlari bilan AQSh Billboard 200 ro'yxatida birinchi o'rinni egalladi. U Billboard'ning Canadian Albums Chart'iga birinchi o'rinni egallagan holda kirib keldi. Starboy 2018-yilda 60-Grammy mukofotida “Best Urban Contemporary Album” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi, bu The Weekndning ushbu nominatsiyadagi ikkinchi g‘alabasi edi. 2022-yil aprel holatiga ko'ra, albom Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan to'rtta platina sertifikatiga ega. 2023-yilda The Weeknd albomning lyuks versiyasini chiqardi, unda avvalroq remiks qilingan uchta qo'shimcha trek mavjud: "Starboy" (Kygo remiks), "Die For You" (Ariana Grande bilan) va "Reminder" (ASAP Rocky va Young Thug bilan).

Oldingi „Beauty Behind the Madness“ (2015) albomining tijorat muvaffaqiyatidan soʻng, The Weeknd oʻzining uchinchi studiyaviy albomining chiqarilishiga ishora qildi va 2016-yil 12-martda Instagram postida buni musiqa yoʻlining navbatdagi „boʻlimi“ deb atadi[1]. 24-avgust kuni Republic Recordsning ijrochi vitse-prezidenti Wendy Goldstein Billboard nashriga bergan intervyusida The Weeknd fransuz elektron dueti Daft Punk bilan hamkorlik qilishini tasdiqladi[2]. 7-sentabr kuni The Weeknd VMan bilan suhbat chogʻida albom ishlab chiqarilayotganini va unga Prince, The Smiths, Talking Heads va Bad Brainsning taʼsiri borligini maʼlum qildi[3]. Keyinchalik u Billboard ga bergan intervyusida albomning umumiy mavzusi va qoʻshimcha taʼsirlarni ochib berdi:

Starboydagi vayb Wu-Tang va 50 Centdagi men bolaligimda tinglagan braggadocio hip-hop madaniyatidan kelib chiqadi... Men «Scarface»ni ko'rganimda o'smir edim va Tony Montana o'sha otishmalardan omon qolishi va ularni his qilmasligi qandaydir aqlbovar qilmaydigan darajada ajoyib edi.[4]

The Weeknd oʻzining uchinchi studiyaviy albomining nomi va chiqish sanasini (25-noyabr) 21-sentabrda rasman eʼlon qildi[5][6]. Albom muqovasi Nabil Elderkin tomonidan suratga olingan va loyihalashtirilgan boʻlib, uning CD-bukletida Elderkin tomonidan suratga olingan The Weekndning oʻn bitta portreti mavjud[7]. 2020-yilda Variety nashriga bergan intervyusida The Weeknd albom muqovasidagi xoch tasviri qayta tugʻilish ramzi ekanligini aytdi[8].

Asosan R&B, pop va trap yozuvi, Starboy oʻzida nyu-veyv, diskoteka, dens-pank, elektro-rok, elektropop, elektro-dens, 2-step, va disko-haus janrlari elementlarini jamlagan. Lirik mavzular orasida mashhurlarning isrofgarchiligi, maqtanchoqlik, romantika va materializm kiradi[9].

2016-yil 21-sentabrda albomning asosiy singli „Starboy“ musiqiy doʻkonlar va striming xizmatlarida raqamli ravishda chiqarildi. Qoʻshiqda fransuz elektron dueti Daft Punkning mehmon sifatida ishtirok etgan[10][11]. Qo‘shiq uchun klip premyerasi 28 sentyabrda bo‘lib o‘tdi [12] Qoʻshiq AQShning Billboard Hot 100 reytingida birinchi oʻrinni egalladi[13].

„I Feel It Coming“ albomning ikkinchi singli sifatida 2016-yil 24-noyabrda[14] Britaniyaning zamonaviy xit radiosiga, keyinroq esa 2016-yil 6-dekabrda ritmik zamonaviy radioga taqdim etildi[15][16]. Qoʻshiq Billboard Hot 100 roʻyxatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi[13].

„Party Monster“ albomning uchinchi singli sifatida 2016-yil 6-dekabrda zamonaviy shahar radiosida chiqarildi[17]. Qoʻshiq Billboard Hot 100 roʻyxatida 16-oʻrinni egalladi[13].

„Reminder“ 2017-yil 9-mayda ritmik zamonaviy radioda albomning toʻrtinchi singli sifatida Qoʻshma Shtatlarda chiqarildi[18]. Qoʻshiq Billboard Hot 100 roʻyxatida 31-oʻrinni egalladi[13].

„Rockinʼ“ albomning beshinchi xalqaro singli sifatida 2017-yil 9-may kuni Fransiyada zamonaviy xit radiosida chiqdi[19]. Qoʻshiq Billboard Hot 100 roʻyxatida 44-oʻrinni egalladi[13].

„Die for You“ 2017-yil 19-sentabrda beshinchi singli sifatida Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi ritmik zamonaviy radioda chiqarildi[20]. Qoʻshiq dastlab Billboard Hot 100 roʻyxatida 43-oʻrinni egalladi va 2023-yil yanvarida oltinchi oʻringacha koʻtarildi[13][21]. Ariana Grande ishtirokidagi remiksdan so‘ng qo‘shiq 2023-yil mart oyida Billboard Hot 100 ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi[22].

„Secrets“ albomning yettinchi va oxirgi xalqaro singli sifatida 2017-yil 10-noyabrda Italiya radiosida taqdim etildi[23]. Qoʻshiq Billboard Hot 100 roʻyxatida 47-oʻrinni egalladi[13].

The Weeknd Saturday Night Livening 42-mavsum premyerasida musiqiy mehmon boʻldi. U „Starboy“ va „False Alarm“ ni ijro etib, albomni targʻib qildi va „Weeknd Update“ sketchida qisqacha kamo rolini oʻynadi va u yerda yangi soch turmagini namoyish etdi[24]. 2016-yil 2016-yil 20-noyabrda The Weeknd American Music Awards marosimida „Starboy“ qo‘shig‘ini kuyladi[25]. Toʻrt kundan soʻng, The Weeknd „I Feel It Coming“ va „Starboy“ qoʻshiqlarini ijro etish uchun Jimmi Fallon ishtirokidagi „The Tonight Show“ ga keladi[26]. 6-dekabr kuni CBS telekanalidagi 2016-yilgi Victoriaʼs Secret moda koʻrgazmasida chiqish qiladi[27]. 2017-yil 12-fevralda The Weeknd va Daft Punk Grammy Awards marosimida chiqish qilishdi[28].

2016-yil 25-noyabrda albomning barcha treklari Zane Lou bilan intervyu davomida ijro etildi[29].

2016-yil 23-noyabrda The Weeknd albom targ‘ibotiga bag‘ishlangan 12 daqiqalik Mania qisqa metrajli filmini namoyish etdi, uning rejissyori Grant Singer edi (bundan tashqari u „Starboy“ klipini ham suratga olgan)[30][31][32][33]. Unda Future ishtirokidagi „All I Know“, Kendrick Lamar ishtirokidagi „Sidewalks“, „Secrets“, „Die for You“ kabi qoʻshiqlar mavjud, „Party Monster“ va Daft Punk ishtirokidagi „I Feel It Coming“ mavjud edi[30][31][32][33]. Unda fransuz modeli Anais Mali bosh ayol qahramon rolida[34].

Starboy ijobiy sharhlar bilan kutib olindi. Professional nashrlarning sharhlariga 100 balldan meʼyorlashtirilgan reyting beradigan Metacriticda albom 25 ta sharhga asoslanib, oʻrtacha 67 ball oldi. AnyDecentMusic? agregatori tanqidlarga asoslanib, 10 dan 6,4 ball berdi.

Yil yakunlariga oid roʻyxat

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil yakunlari boʻyicha Starboy reytingi
Nashr Roʻyxat Oʻrin
Billboard 2016-yilning 50 ta eng yaxshi albomi
21
Complex 2016-yilning eng yaxshi 50 ta albomi
40
Digital Spy 2016-yilning eng yaxshi 20 ta albomi
5
Noisey 2016-yilning 100 ta eng yaxshi albomi
84
Variance 2016-yilning 50 ta eng yaxshi albomi
41
Starboy uchun mukofotlar va nominatsiyalar
Yil Mukofot Nominatsiya Natija
2017 American Music Awards Favorite Pop/Rock Album Nominatsiya
Favorite Soul/R&B Album Nominatsiya
Billboard Music Awards Top Billboard 200 Album Nominatsiya
Top R&B Album Nominatsiya
Juno Awards Album of the Year Nominatsiya
R&B/Soul Recording of the Year Yutuq
Polaris Music Prize Polaris Music Prize Nominatsiya
Soul Train Music Awards Album/Mixtape of the Year Nominatsiya
2018 Grammy Awards Best Urban Contemporary Album Yutuq

Tijorat koʻrsatkichlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshma Shtatlarda Starboy Billboard 200 roʻyxatiga 348 000 albom ekvivalenti bilan birinchi oʻrinda kirib keldi, bunda 209 000 sof albom sotuvi va 175,2 million strimlar hisoblangan. Bu The Weekndning ketma-ket ikkinchi birinchi oʻrinda chartga qoʻshilgan va 2016-yilning 1-haftasi ichida eng koʻp sotilgan uchinchi eng yirik albomi boʻldi[35]. Albomdagi barcha 18 ta qoʻshiq Billboard Hot 100 roʻyxatiga kiritilgan. Drake 2016-yilning may oyida bir vaqtning oʻzida 20 ta qoʻshigʻini chartga kiritgani sababli, The Weeknd oʻsha paytdagi ikkinchi eng koʻp treki chartdan joy olgan qoʻshiqchiga aylandi[36]. Starboy Billboard 200 roʻyxatida 2017-yilning uchinchi eng muvaffaqiyatli albomi boʻldi. Bundan tashqari, Spotifyda 2017-yilda eng koʻp tinglangan toʻrtinchi albom boʻldi[37].

2022-yil 5-aprelda Starboy Amerika Qoʻshma Shtatlardagi toʻrt million donadan ortiq sotuvlar va strimlar uchun Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan toʻrtta platina sertifikatiga ega boʻldi.

Treklar roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Starboy standard edition
NomiMuallif(lar)ProdyuserlarDavomiyligi
1.Starboy(feat. Daft Punk)
  • Abel Tesfaye
  • Thomas Bangalter
  • Guy-Manuel de Homem-Christo
  • Martin McKinney
  • Henry Russell Walter
  • Jason Quenneville
  • Daft Punk
  • Doc McKinney
  • Cirkut
  • The Weeknd
3:50
2.Party Monster
  • Ben Billions
  • Doc McKinney
  • The Weeknd
4:09
3.False Alarm
  • Tesfaye
  • McKinney
  • Balshe
  • Diehl
  • Walter
  • Emmanuel Nickerson
  • Doc McKinney
  • The Weeknd
  • Cirkut
  • Mano
3:40
4.Reminder
  • Tesfaye
  • Nickerson
  • McKinney
  • Dylan Wiggins
  • Walter
  • Quenneville
  • Doc McKinney
  • Mano
  • Cirkut
3:38
5.Rockin'
  • Tesfaye
  • Max Martin
  • Peter Svensson
  • Savan Kotecha
  • Ali Payami
  • Balshe
  • Martin
  • Payami
  • The Weeknd
3:52
6.Secrets
  • Tesfaye
  • McKinney
  • Walter
  • Wiggins
  • Roland Orzabal
  • Coz Canler
  • Jimmy Marinos
  • Wally Palamarchuk
  • Mike Skill
  • Peter Solley
  • Doc McKinney
  • The Weeknd
  • Cirkut
4:25
7.True Colors
  • Tesfaye
  • William Thomas Walsh
  • Magnus Høiberg
  • Benjamin Levin
  • Brittany Hazzard
  • Samuel Wishkoski
  • Jacob Dutton
  • Benny Blanco
  • Cashmere Cat
  • The Weeknd
  • Jake One
  • Swish
3:26
8.Stargirl Interlude(feat Lana Del Rey)
  • Tesfaye
  • Del Rey
  • McKinney
  • Timothy McKenzie
  • Doc McKinney
  • Labrinth
1:51
9.Sidewalks(feat Kendrick Lamar)
  • Tesfaye
  • Kendrick Duckworth
  • McKinney
  • Daniel Wilson
  • Robert John Richardson
  • Ali Shaheed Jones-Muhummad
  • Doc McKinney
  • Bobby Raps
  • Ali Shaheed Muhammad
3:51
10.Six Feet Under
  • Tesfaye
  • Nayvadius Wilburn
  • McKinney
  • Diehl
  • Leland Wayne
  • Walter
  • Balshe
  • Quenneville
  • Doc McKinney
  • Cirkut
  • Metro Boomin
  • Ben Billions
  • The Weeknd
3:57
11.Love to Lay
  • Tesfaye
  • Martin
  • Svensson
  • Kotecha
  • Payami
  • Balshe
  • Martin
  • Payami
  • The Weeknd
3:43
12.A Lonely Night
  • Tesfaye
  • Martin
  • Svensson
  • Kotecha
  • Payami
  • Balshe
  • Quenneville
  • Martin
  • Payami
3:40
13.Attention
  • Tesfaye
  • Walsh
  • Levin
  • Høiberg
  • Adam Feeney
  • Mustafa Ahmed
  • Benny Blanco
  • Cashmere Cat
  • Frank Dukes
  • The Weeknd
3:17
14.Ordinary Life
  • Tesfaye
  • Martin
  • Svensson
  • Kotecha
  • Payami
  • Balshe
  • McKinney
  • Walter
  • Doc McKinney
  • Cirkut
3:41
15.Nothing Without You
  • Tesfaye
  • Quenneville
  • Diehl
  • Thomas Pentz
  • Balshe
  • Walter
  • Diplo
  • Ben Billions
  • The Weeknd
  • Cirkut
3:18
16.All I Know(featuring Future)
  • Tesfaye
  • Wilburn
  • Diehl
  • Høiberg
  • Balshe
  • Ben Billions
  • Cashmere Cat
  • The Weeknd
5:21
17.Die for You
  • Tesfaye
  • McKinney
  • Mejdi Rhars
  • Wiggins
  • Høiberg
  • Walsh
  • Walter
  • Doc McKinney
  • Cirkut
  • The Weeknd
  • Cashmere Cat
  • Prince 85
4:20
18.I Feel It Coming(featuring Daft Punk)
  • Tesfaye
  • Bangalter
  • de Homem-Christo
  • McKinney
  • Walter
  • Eric Chedeville
  • Daft Punk
  • Doc McKinney
  • Cirkut
  • The Weeknd
4:29
Jami davomiyligi:68:40
Japanese and US Target edition bonus track
NomiMuallif(lar)ProdyuserlarDavomiyligi
19.Starboy(feat. Daft Punk) (Kygo Remiks)
  • Tesfaye
  • Bangalter
  • de Homem-Christo
  • McKinney
  • Walter
  • Quenneville
  • Daft Punk
  • Doc McKinney
  • Cirkut
  • The Weeknd
  • Kygo
4:04
Jami davomiyligi:72:44
Deluxe edition
NomiMuallif(lar)ProdyuserlarDavomiyligi
19.Die for You(remiks) (Ariana Grande bilan)
  • Tesfaye
  • McKinney
  • Rhars
  • Wiggins
  • Høiberg
  • Walsh
  • Walter
  • Doc McKinney
  • Cirkut
  • The Weeknd
  • Cashmere Cat
  • Prince 85
3:53
20.Starboy(feat. Daft Punk) (Kygo Remix)
  • Tesfaye
  • Bangalter
  • de Homem-Christo
  • McKinney
  • Walter
  • Quenneville
  • Daft Punk
  • Doc McKinney
  • Cirkut
  • The Weeknd
  • Kygo
4:04
21.Reminder(Young Thug and ASAP Rocky remix)
  • Tesfaye
  • Jeffery Williams
  • Rakim Mayers
  • Nickerson
  • McKinney
  • Dylan Wiggins
  • Walter
  • Quenneville
  • Doc McKinney
  • Mano
  • Cirkut
3:32
Jami davomiyligi:80:09
  • Cory Bice — yordamchi muhandis (5, 11–12, 14 treklar)
  • Ben Billions — prodyuser (2, 10, 15–16 treklar), muhandis (2–3, 10, 15 treklar)
  • Benny Blanco — prodyuser (7, 13 treklar)
  • Ryland Blackinton — gitarachi (12 trek)
  • Bobby Raps — prodyuser (9 trek)
  • Cashmere Cat — prodyuser (7, 13, 16 treklar), ko-prodyuser (17 trek), qoʻshimcha vokal (13 trek)
  • Simon Christianson — qoʻshimcha gitarachi (3, 17 treklar)
  • Cirkut — ko-prodyuser (1, 3, 18 treklar), muhandis (1, 6, 14, 17–18 treklar), prodyuser (4, 6, 10, 14–15, 17 treklar)
  • Lana Del Rey — orqa vokal (2 trek), mehmon qoʻshiqchi (8 trek)
  • Frank Dukes — prodyuser (13 trek)
  • Daft Punk — prodyuserlar, mehmon qoʻshiqchi (1, 18 treklar)
  • Diplo — prodyuser (15 trek)
  • Nathan East — bass (18 trek)
  • Adrian Eccleston — akustik gitarachi (6 trek)
  • Future — qoʻshimcha vokal (10 trek), mehmon qoʻshiqchi (16 trek)
  • Sam Holland — muhandis (5, 11–12 treklar)
  • Paul Jackson Jr. — gitarachi (18 trek)
  • Labrinth — prodyuser (8 trek)
  • Florian Lagatta — muhandis (1, 18 treklar)
  • Kendrick Lamar — mehmon qoʻshiqchi (9 trek)
  • Jeremy Lertola — yordamchi muhandis (5, 11–12, 14 treklar); qarsaklar (11 trek)
  • Mano — ko-prodyuser (3 trek), prodyuser (4 trek)
  • Max Martin — prodyuser (5, 11–12 treklar); gitarachi (11 trek)
  • Doc McKinney — ijrochi prodyuser, ko-prodyuser (1, 18 treklar), muhandis (1–4, 6, 8–10, 14, 16–18 treklar), prodyuser (2–4, 6, 8–10, 14, 17 treklar)
  • Raphael Mesquita — muhandis (15 trek)
  • Metro Boomin — prodyuser (10 trek)
  • Ali Shaheed Muhammad — prodyuser (9 trek)
  • Jake One — prodyuser (7 trek)
  • Noah „Mailbox“ Passovoy — muhandis (12 trek)
  • Ali Payami — prodyuser (5, 11–12 treklar)
  • Prince 85 — ko-prodyuser (17 trek)
  • JR Robinson — zarbli asboblar (18 trek)
  • David Schwerkolt — muhandis (7, 13 treklar)
  • Josh Smith — muhandis (1–4, 6, 8–10, 15–18 treklar)
  • Peter Svensson — gitarachi (11 trek)
  • Swish — prodyuser (7 trek)
  • Kazue Lika Tatsushima — qoʻshimcha vokal (5 trek)
  • The Weeknd — ijrochi prodyuser, ko-prodyuser (1, 5, 18 treklar), prodyuser (2–3, 6–7, 10–11, 13, 15–17 treklar)
  • Dylan Wiggins — bass (4, 18 treklar); zarbli asboblar (5 trek); sintezator bassi (17 trek)
  • Daniel Wilson — qoʻshimcha vokal, qoʻshimcha prodyuser (9 trek)

Chiqarish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Starboy chiqish sanalari va formatlari
Mintaqa Sana Leybl(lar) Format(lar) Nashr Ref.
Har xil 2016-yil 25-noyabr XO · Republic Records Raqamli yuklab olish · Striming Standart
AQSh 2016-yil 28-noyabr CD [128]
Braziliya 2016-yil 16-dekabr Universal [129]
AQSh 2023-yil 10-mart XO · Republic Records Raqamli yuklab olish Deluxe [130]
Har xil 2023-yil 14-mart Raqamli yuklab olish · Striming [131]
  1. The Weeknd Hints at His Next Album Release. The Source (2016-yil 13-mart). 2016-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-oktyabr.
  2. The Weeknd Is Reportedly Working with Daft Punk. Complex (2016-yil 23-avgust). 2023-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  3. Horner. The Weeknd reveals his new album is inspired by The Smiths and David Cronenberg. Fact (2016-yil 7-sentyabr). 2023-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  4. 50 Cent, Wu-Tang Are Influences on The Weeknd's New 'Starboy' Album – XXL. XXL. 2017-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
  5. Bruner, Raisa (September 21, 2016). The Weeknd Teases Details About His New Album. Time. October 10, 2016da asl nusxadan arxivlandi — Time Inc.
  6. Sheldon Pearce. The Weeknd Announces New Album Starboy. Pitchfork (2016-yil 21-sentyabr). 2016-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  7. The Weeknd announces Starboy album with artwork by Nabil. Fact (2016-yil 21-sentyabr). 2016-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  8. Aswad. The Weeknd Goes Track-by-Track (Almost) on "After Hours". Variety (2020-yil 8-aprel). Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  9. Bassett. Track Review: The Weeknd And Daft Punk Collaborate On 'Starboy', But It's Not Quite The Dream Team-Up You Might Think (en-GB). NME (2016-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
  10. Robinson, Will (September 21, 2016). The Weeknd, Daft Punk release Starboy single. Entertainment Weekly. August 3, 2017da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: June 1, 2023.
  11. Iyengar, Rishi (September 21, 2016). Listen to the Weeknd's New Single 'Starboy' With Daft Punk. Time. December 16, 2016da asl nusxadan arxivlandi.
  12. Brett Berk (September 28, 2016). The Weeknd's 'Starboy' Lyrics & Video a Love Letter to Luxury Cars. Billboard. October 2, 2016da asl nusxadan arxivlandi.
  13. 13,0 13,1 13,2 13,3 13,4 13,5 13,6 The Weeknd Chart History: Hot 100. Billboard. Qaraldi: June 1, 2023.
  14. BBC – Radio 1 – Playlist. BBC Radio 1. BBC. 2016-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  15. FMQB: Radio Industry News, Music Industry Updates, Nielsen Ratings, Music News and More!. FMQB. 2016-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  16. Top 40 Rhythmic Future Releases. All Access. All Access Music Group. 2016-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  17. Urban/UAC Future Releases. All Access. All Access Music Group. 2016-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  18. FMQB: Available for Airplay. FMQB. 2017-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  19. "Rockin'": The Weeknd électrise le dancefloor avec son nouveau single (fr). Purebreak Charts. 2017-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  20. Top 40-Rhythmic Future Releases. All Access. 2017-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  21. Trust, Gary (January 9, 2023). Taylor Swift's 'Anti-Hero' Returns to No. 1 on Hot 100, The Weeknd & Beyoncé Hit Top 10. Billboard. Qaraldi: June 1, 2023.
  22. Trust, Gary (March 6, 2023). The Weeknd & Ariana Grande's 'Die for You' Leaps to No. 1 on Billboard Hot 100. Billboard. Qaraldi: June 1, 2023.
  23. The Weeknd – Secrets (Radio Date: 10-11-2017) (it). EarOne (2017-yil 6-noyabr). 2017-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  24. Young, Alex. The Weeknd kicks off Saturday Night Live's 42nd season in style – watch. Consequence (2016-yil 2-oktyabr). 2023-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-oktyabr.
  25. Kaye. The Weeknd performs "Starboy" at American Music Awards – watch. Consequence (2016-yil 20-noyabr). 2016-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  26. Schwartz. The Weeknd Performs "Starboy" & "I Feel It Coming" On Fallon. HotNewHipHop (2016-yil 25-noyabr). 2016-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  27. Redfearn, Dominique (December 6, 2016). Watch Lady Gaga, Bruno Mars & The Weeknd Perform at the Victoria's Secret Fashion Show. Billboard. February 2, 2017da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: June 1, 2023.
  28. The Weeknd, Daft Punk Grammy Performance: "Starboy"/"I Feel It Coming" (2017-yil 13-fevral). 2017-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  29. O'Connor. Watch The Weeknd's first full on-camera interview with Zane Lowe. The 405 (2016-yil 27-noyabr). 2016-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  30. 30,0 30,1 Watch The Weeknd's New Short Film Mania. Pitchfork (2016-yil 23-noyabr). 2016-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  31. 31,0 31,1 Morris. The Weeknd Shares 'Mania' Short Film. Complex (2016-yil 23-noyabr). 2017-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  32. 32,0 32,1 Watch The Weeknd – M A N I A on YouTube. YouTube (2016-yil 23-noyabr). 2016-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  33. 33,0 33,1 Williams. The Weeknd Drops 'Starboy' After Epic Preview Film 'Mania'. Contactmusic.com (2016-yil 25-noyabr). 2017-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  34. The Weeknd's Short Film, Mania, Is Here, Complete With Panther. Vulture (2016-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  35. Caulfield, Keith (December 4, 2016). The Weeknd's 'Starboy' Bows at No. 1 on Billboard 200 With Third-Biggest Debut of 2016. Billboard. December 5, 2016da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: June 1, 2023.
  36. The Weeknd Charts Entire 'Starboy' Album on Hot 100. Billboard. Qaraldi: June 1, 2023.
  37. Ed Sheeran Tops Spotify's 2017 Most-Streamed List. Billboard. December 5, 2017. Qaraldi: June 1, 2023.
  38. "Australiancharts.com – {{{artist}}} – {{{album}}}". Hung Medien.
  39. "Austriancharts.at – {{{artist}}} – {{{album}}}" (in German). Hung Medien.
  40. "Ultratop.be – {{{artist}}} – {{{album}}}" (in Dutch). Hung Medien.
  41. "Ultratop.be – {{{artist}}} – {{{album}}}" (in French). Hung Medien.
  42. "{{{artist}}} Chart History (Canadian Albums)". Billboard.
  43. "Top Stranih [Top Foreign]" (in Croatian). Top Foreign Albums. Hrvatska diskografska udruga.
  44. "Czech Albums – Top 100". ČNS IFPI. Note: On the chart page, select {{{date}}} on the field besides the word "Zobrazit", and then click over the word to retrieve the correct chart data.
  45. "Danishcharts.dk – {{{artist}}} – {{{album}}}". Hung Medien.
  46. "Dutchcharts.nl – {{{artist}}} – {{{album}}}" (in Dutch). Hung Medien.
  47. "{{{artist}}}: {{{album}}}" (in Finnish). Musiikkituottajat – IFPI Finland.
  48. "Lescharts.com – {{{artist}}} – {{{album}}}". Hung Medien.
  49. "Offiziellecharts.de – {{{artist}}} – {{{album}}}" (in German). GfK Entertainment Charts.
  50. „Official IFPI Charts – Top-75 Albums Sales Chart (Week: 4/2017)“. IFPI Greece. 2017-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-fevral.
  51. "Irish-charts.com – Discography {{{artist}}}". Hung Medien.
  52. "Italiancharts.com – {{{artist}}} – {{{album}}}". Hung Medien.
  53. „ja:スターボーイ | ザ・ウィークエンド“ [Starboy | The Weeknd] (ja). Oricon. 2017-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-iyun.
  54. „Top Album – Semanal (del 20 de Enero al 26 de Enero)“ (es). Asociación Mexicana de Productores de Fonogramas y Videogramas. 2017-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-fevral.
  55. "Charts.nz – {{{artist}}} – {{{album}}}". Hung Medien.
  56. "Norwegiancharts.com – {{{artist}}} – {{{album}}}". Hung Medien.
  57. "Oficjalna lista sprzedaży :: OLiS - Official Retail Sales Chart". OLiS. Polish Society of the Phonographic Industry.
  58. "Portuguesecharts.com – {{{artist}}} – {{{album}}}". Hung Medien.
  59. "Official Scottish Albums Chart Top 100". Official Charts Company.
  60. „Slovak Albums – Top 100“. ČNS IFPI. Qaraldi: 2022-yil 8-aprel. Note: On the chart page, select SK — Albums — Top 100 under the left field and „201708“ on the field besides the word „Zobrazit“, and then click over the word to retrieve the correct chart data.
  61. „ko:2016년 50주차 Album Chart“ (ko). Gaon Music Chart. 2016-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-dekabr.
  62. "Spanishcharts.com – {{{artist}}} – {{{album}}}". Hung Medien.
  63. "Swedishcharts.com – {{{artist}}} – {{{album}}}". Hung Medien.
  64. "Swisscharts.com – {{{artist}}} – {{{album}}}". Hung Medien.
  65. „zh:第51 週 統計時間:2016/12/16 – 2016/12/22“ (zh). Five Music. 2016-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-dekabr.
  66. "Official Albums Chart Top 100". Official Charts Company.
  67. "Official R&B Albums Chart Top 40". Official Charts Company.
  68. "{{{artist}}} Chart History (Billboard 200)". Billboard.
  69. "{{{artist}}} Chart History (Top R&B/Hip-Hop Albums)". Billboard.
  70. ARIA Top 100 Albums 2016. Australian Recording Industry Association. 2017-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  71. ARIA Charts – End of Year Charts – Top 50 Urba Albums 2016. Australian Recording Industry Association.
  72. Jaaroverzichten Albums 2017 (nl). Ultratop.
  73. Album Top-100 2016 (da). Hitlisten.NU. 2016-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  74. Jaaroverzichten – Album 2016 (nl). dutchcharts.nl. Hung Medien. 2016-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  75. Top Albums annuel (physique + téléchargement + streaming) – 2016 (fr). Syndicat National de l'Édition Phonographique. 2018-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  76. Tónlistinn – Plötur – 2016 (is). Plötutíóindi.
  77. Årslista Album – År 2016 (sv). Sverigetopplistan. 2017-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  78. End of Year Album Chart Top 100 – 2016. Official Charts Company. 2015-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  79. ARIA End of Year Albums 2017. Australian Recording Industry Association.
  80. ARIA End of Year Urban Albums 2017. Australian Recording Industry Association.
  81. Jaaroverzichten Albums 2017 (nl). Ultratop.
  82. Rapports Annuels Albums 2017 (fr). Ultratop.
  83. Top Canadian Albums – Year-End 2017. Billboard.
  84. Album Top-100 2017. Hitlisten.
  85. Jaaroverzichten – Album 2017. Hung Medien.
  86. Top Albums annuel (physique + téléchargement + streaming) (fr). Syndicat National de l'Édition Phonographique (2017). 2018-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  87. Tónlistinn – Plötur – 2017 (is). Plötutíóindi.
  88. Classifiche annuali dei dischi più venduti e dei singoli più scaricati nel 2017 (it) (Click on "Scarica allegato" and open the "Classifica annuale 2017 Album combined" file). FIMI. 2018-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  89. Los más vendidos 2017 (es). Asociación Mexicana de Productores de Fonogramas y Videogramas. 2018-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  90. Top Selling Albums of 2017. Recorded Music NZ.
  91. Årslista Album – År 2017 (sv). Sverigetopplistan.
  92. Schweizer Jahreshitparade 2017 – hitparade.ch. Hung Medien.
  93. White, Jack The Top 40 biggest albums of 2017 on the Official Chart. Official Charts Company (2018-yil 3-yanvar).
  94. Top Billboard 200 Albums – Year-End 2017. Billboard.
  95. Top R&B/Hip-Hop Albums – Year-End 2017. Billboard.
  96. ARIA End of Year Albums 2018. Australian Recording Industry Association.
  97. Canadian Albums – Year-End 2018. Billboard.
  98. Album Top-100 2018 (da). Hitlisten.
  99. Tónlistinn – Plötur – 2018 (is). Plötutíóindi.
  100. 2018년 Album Chart“ (ko). Gaon Music Chart.
  101. Årslista Album – År 2018 (sv). Sverigetopplistan.
  102. Billboard 200 Albums – Year-End 2018. Billboard.
  103. Top R&B/Hip-Hop Albums – Year-End 2018. Billboard.
  104. Jaaroverzichten 2019. Ultratop.
  105. Album Top-100 2019 (da). Hitlisten.
  106. Billboard 200 Albums – Year-End 2019. Billboard.
  107. Jaaroverzichten 2020. Ultratop.
  108. Album Top-100 2020. Hitlisten.
  109. Årslista Album, 2020. Sverigetopplistan.
  110. Top Billboard 200 Albums – Year-End 2020. Billboard.
  111. Top R&B/Hip-Hop Albums – Year-End 2020. Billboard.
  112. ARIA Top 100 Albums for 2021. Australian Recording Industry Association.
  113. Jaaroverzichten 2021. Ultratop.
  114. Album Top-100 2021. Hitlisten.
  115. Billboard 200 Albums – Year-End 2021. Billboard.
  116. Top R&B/Hip-Hop Albums – Year-End 2021. Billboard.
  117. ARIA Top 100 Albums Chart for 2022. Australian Recording Industry Association.
  118. Jaaroverzichten 2022 (nl). Ultratop.
  119. Rapports annuels 2022 (fr). Ultratop.
  120. Album Top-100 2022. Hitlisten.
  121. Jaaroverzichten – Album 2022 (nl). dutchcharts.nl.
  122. 2022 metų klausomiausi (Top 100) (lt). AGATA.
  123. Årslista Album, 2022 (sv). Sverigetopplistan.
  124. End of Year Album Chart Top 100 – 2022. Official Charts Company.
  125. Billboard 200 Albums – Year-End 2022. Billboard.
  126. Top R&B/Hip-Hop Albums – Year-End 2022. Billboard.
  127. Decade-End Charts: Billboard 200. Billboard.
  128. Starboy. Best Buy (2016-yil 28-noyabr). 2016-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  129. The Weeknd – Starboy (pt). Livraria Saraiva. 2016-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  130. Starboy (Deluxe) Digital Album. The Weeknd Shop. 2023-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan.
  131. A. The Weeknd Drops "Starboy (Deluxe)". HotNewHipHop (2023-yil 14-mart).