iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: https://uz.wikipedia.org/wiki/Samolyot
Samolyot - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Samolyot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston havo yoʻllari kompaniyasining „Airbus A320“ samolyoti, zamonaviy havo layneri.

Samolyot yoki uchoq – atmosferada parvoz qilish uchun moʻljallangan, dvigatelli, qoʻzgʻalmas qanotli havo apparati. „Tayyora“ atamasi arabcha tayr – „qush“ soʻzidan olingandir. „Aeroplan“ atamasi samolyotning eskirgan nomidir[1]. Samolyotlar har xil oʻlcham va shaklda boʻlishlari mumkin. Ulardan asosan yuk va odamlarni tashish, harbiy sabablar va tadqiqotlar oʻtkazishda foydalaniladi. Dunyo boʻylab havo orqali tijorat qilish har yili avialaynerlarda toʻrt milliarddan ortiq yoʻlovchini tashiydi va yiliga 200 milliard tonna – kilometr dan ortiq yuklarni biror joydan boshqa yerga oʻtkazadi, bu esa jahon yuk tashish xizmati bajaradigan ishning 1% dan kamrogʻini tashkil etadi. Aksariyat samolyotlarni bortdagi uchuvchi qoʻlda boshqaradi, biroq hozirgi kunda zamonaviylashgan va robotlashtirilgan samolyotlarni bortda boʻlmasdan turib, markazning oʻzidan kompyuter va boshqa texnologiyalar yordamida boshqarish mumkin. Bunga eng oddiy va bizga eng tanish misol bu dronlardir[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.