iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: https://uz.wikipedia.org/wiki/Riga
Riga - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Riga

Koordinatalari: 56°56′51″N 24°6′25″E / 56.94750°N 24.10694°E / 56.94750; 24.10694
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Riga

latishcha: Rīga
Riga
Bayroq
Riga
Gerb
56°56′51″N 24°6′25″E / 56.94750°N 24.10694°E / 56.94750; 24.10694
Mamlakat Latviya
Asos solingan 1201-yil
Aholisi
 (2022)
605 802[1]
Zichligi 605802 kishi/km2
Telefon kodi +371 66, +371 67
Pochta indeks(lar)i LV-1001 … LV-1084
Riga xaritada
Riga
Riga

Riga (latishcha: Rīga) — Latviya Respublikasidagi shahar. Respublika poytaxti. Yirik industrial, ilmiy va madaniy markaz, temir yoʻl tuguni, dengiz porti. Daugava daryosi sohilida, uning Riga qoʻltpigʻita quyilish joyida. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —4,5°, iyulniki 18°. Yillik yogʻin miqdori — 649 mm. Maydoni 307 km. Aholisi 764 ming kishidan ziyod (2000). Olti shahar tumanidan iborat.

Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Riga 10—11-asrlarda vujudga kelgan. Shahar sifatida 1201-yilda tilga olingan. 13— 16-asrlarda Riga arxiyepiskopligiga boʻysundirilgan. 14-asr boshida Ganzatarkibiga kirgan. 1561-yilgacha Livon ordeni tarkibida. 1561-yildan erkin shahar, savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. 1581-yilda Rech Pospolita xukmronligi ostiga oʻtgan. 1621-yil shvedlar tomonidan bosib olingan. Rigani Shimoliy urush davrida 1710-yil 14 iyulda rus qoʻshinlari egallagan. 1714-yildan Riga, 1796-yildan Liflyandiya gubernyasining markazi. 18-asr oxirida Riga Rossiyaning eng yirik porti va savdo markazi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida yirik sanoat markazlaridan biri. Riga 1919-yildan Latviya Respublikasi poytaxti, 1940—90 yillarda Latviya SSR poytaxti, 1990-yil maydan yana Latviya Respublikasi poytaxti.

Mashinasozlik va metallsozlik, shu jumladan, elektrotexnika va radioelektronika, kimyo, kimyofarmatsevtika, yogʻochsozlik, yengil, oziq-ovqat sanoatlari bor. Parfyumeriyakosmetika zavodi faoliyat koʻrsatadi, qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

Riga — baliqsanoatining yirik markazi. Konservakulinariya va sardina zavodlari, baliqchilik portida tral va refrijerator floti bazalari ishlab turibdi. Riga porti muqim ahamiyatga ega. Daugavada kemalar katnaydi. 2 aeroport bor.

Shahar eski va yangi qismlarga boʻlinadi. Eski Riga hududida oʻrta asr meʼmoriy yodgorliklaridan Dom cherkovi (13-asr), Yekaba (13-asr), Yan (manbalarda dastlab 1297-yilda tilga olingan) va Peter (13—15-asr boshlari) cherkovlari, Orden qasri (14—19-asrlar), 15—18-asrlar turar joylari, Birodarlik kabristoni memorial majmui (1924—36 yillar) va boshqa saqlanib qolgan. Rigada 7 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, Latviya universiteti, Riga texnika universiteti, konservatoriya), Riga Badiiyot akadimyasi (Yevropada eng koʻhna akademiyalardan), 21 muzey (shu jumladan, Latviya tarixi muzeyi, Shahar tarixi va dengiz sayyoxligi muzeyi, Tabiat muzeyi, Adabiyot va sanʼat tarixi muzeyi, Badiiy muzey, Etnografiya muzeyi va boshqalar), 9 teatr (shu jumladan, Latviya Milliy operasi teatri), filarmoniya, sirk, telemarkaz, kinostudiya bor. Shahar markazida 2004-yil aprelda Mirzo Ulugʻbekka haykal oʻrnatilgan. Riga yaqinida Yurmala kurorti faoliyat koʻrsatadi.[2]