iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: https://uz.wikipedia.org/wiki/Qizil_dengiz
Qizil dengiz - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Qizil dengiz

Koordinatalari: 22°N 38°E / 22°N 38°E / 22; 38
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qizil dengiz
Koordinatalari 22°N 38°E / 22°N 38°E / 22; 38
Yuzasi 438 000 km2
Oʻrtacha chuqurligi 490 m
Eng katta chuqurligi 2211 m
Suv hajmi 233 000 km3

Qizil dengizHind okeanining materiklar oraligʻidagi dengizi. Afrika va Arabiston yarim orol oraligʻida. Misr, Sudan, Eritreya, Isroil, Iordaniya, Saudiya Arabistoni va Yaman davlatlari qirgʻoqlariga tutash. Bob ulMandab boʻgʻozi orqali Hind okeani, Suvaysh kanali orqali Oʻrta dengiz bilan tutashgan. Maydoni 460 ming km². Eng chuqur joyi 3039 m. Dengizning qirgʻoq chizigʻi tekis, shakli tektonik uzilma chegarasiga mos. Shimolida Suvaysh va Aqaba qoʻltiqlari, ular orasida Sinay yarim orol bor. Eng yirik oroli — Dahlak. Dengiz tubi relyefi xilmaxil, katta qismi soylik (chuq. 1000 m), uning oʻrta qismida tor va chuqur novlar bor. Chuq. 200 m gacha boʻlgan joylarda marjon va materik oroli koʻp. Dengiz tubining katta qismi kristalli zamindan iborat boʻlib, ustini 1–4 km qalinlikdagi ohaktosh va evaporitlar qoplagan. Iqlimi mussonli, biroq dengiz Arabiston yarim orol va Shim. Afrikadagi choʻllar oraligʻida joylashganligi uchun ancha quruq. Tez-tez changli tuman va saroblar boʻlib turadi. Qizil dengiz suvi iliq (32° gacha) va shoʻr (38—42%o) dengizlardan. Sababi Qizil dengizda bugʻlanish nihoyatda kuchli boʻlib, chetdan daryo quyilmaydi. Suv sathining koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (balandligi 0,6 m gacha). Chuqurlikdagi shoʻr suv Bob ulMandab boʻgʻozi orqali Hind okeaniga oʻtib turadi.

Qizil dengizda oʻsimlik turi kam, biroq hayvonot dunyosi xilmaxil. Dengizdan baliq ovlanadi, marvarid olinadi. Muhim portlari: Suvaysh (Misr), PortSudan (Sudan), Jidda (Saudiya Arabistoni), Hudayda (Yaman) va boshqalar Dengizda suvoʻtlar toʻplanib, unga qizgʻish rang berishi sababli shunday nomlangan, degan taxmin bor.