iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: https://uz.wikipedia.org/wiki/Qalʼa_(roman)
Qalʼa (roman) - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Qalʼa (roman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qoʻrgʻon

romanning oʻzbek tilidagi muqovasi
Asl nomi Das Schloss
Muallif(lar) Franz Kafka
Muharrir(lar) Mirzaali Akbarov
Tarjimon(lar) Vafo Fayzulloh[1]
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til nemischa
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 1926-yil
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2024-yil
Sahifalar soni 400
ISBN 978-9943-8836-7-3
Veb-sayt https://www.franzkafka.de/werk/das-schloss

Qoʻrgʻon (nemischa: Das Schloss ) — yozuvchi Franz Kafkaning soʻnggi romani. Asarda „K“ nomi bilan tanilgan qahramon oʻz qishlogʻiga qaytib keladi va Graf Westwestga tegishli boʻlgan qoʻrgʻondan turib boshqariluvchi sirli hokimiyat tarkibiga qoʻshilish uchun kurash olib boradi.

Kafka asarni tugatolmay vafot etgan[2]. Roman oʻlimidan keyin uning xohishiga qarshi nashr etilgan. Antiutopiya janrda yozilgan, shu bilan bir paytda esa surreal asar hisoblanmish Qoʻrgʻon odatda begonalashish, javob berishdan tonayotgan byurokratiya, shaffof boʻlmagan, oʻzboshimchalik bilan ish koʻruvchi boshqaruv tizimlariga qarshi kurashlardagi umidsizlik va erishib boʻlmaydigan maqsadga befoyda intilish haqida deya tushuniladi[2].

Sarlavha Das Schloss „qal’a“ yoki „qoʻrgʻon“ deb tarjima qilinishi mumkin, ammo nemischa boʻlgan ushbu soʻz omonimlik shakliga ega boʻlib, qulf maʼnosiga ham tegishli boʻlishi mumkin. Fonetik jihatdan ham der Schluss („xulosa“ yoki „oxir“, „yakun“) soʻziga yaqin[3]. Qalʼa qulflangan boʻlib, bosh qahramon „K“ va shahar aholisi uchun yopiq hisoblanadi hamda ularning hech biri kirish huquqiga ega boʻlmaydi.

  1. „Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida 18-aprel kuni Frans Kafkaning "Qalʼa" romani taqdimoti boʻlib oʻtdi“. https://yuz.uz. Yuz.uz. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  2. 2,0 2,1 The Castle 1968, s. vi, Publisher's note.
  3. Ormsby.