iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: https://uz.wikipedia.org/wiki/Parana_(shtat)
Parana (shtat) - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Parana (shtat)

Koordinatalari: 24°0′0″S 51°0′0″W / 24.00000°S 51.00000°W / -24.00000; -51.00000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Parana
portugalcha: Paraná

Gerb
Gerb
Bayroq (Taʼrif)
Bayroq
Braziliya shtati
Maʼmuriy markazi Kuritiba
Aholi (2010) 10 444 526 kishi
Zichligi 52,40 kishi./km²
Maydoni 199 316,7 km² (15-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC-3
Kod ISO 3166-2 BR-PR
Rasmiy sayti http://www.pr.gov.br/ pr.gov.br
Xaritada
Parana xaritada
Parana, Xarita
24°0′0″S 51°0′0″W / 24.00000°S 51.00000°W / -24.00000; -51.00000

Parana (portugalcha: Paraná) — Braziliyaning jan. qismidagi shtat. Maydoni 199,7 ming km². Axrlisi 9,5 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Kuritiba shahri Yirik shaharlari — Paranagua, Ponta-Grosa, Londri-na. Hududining katta qismi pastroq platodan (balandligi 400–900 m) iborat, uning sharqiy qismini Serradu—Map tizmalari (eng baland joyi 1889 m) egallagan. Ikdimi tropik, oʻrtacha oylik temperaturalar 14—19° dan 20-25°gacha. Yillik yogʻin 1500–2000 mm.

Iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi — qishloq xoʻjaligi Shimoliy va shim.-gʻarbida kofe plantatsiyalari mavjud. Shuningdek, paxta, shakarqamish ekiladi, apelsin, ananas yetishtiriladi. Shtat janubida kartoshka, makkajoʻxori, bugʻdoy, arpa ekiladi. Chorvachilik rivojlangan: qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa boqiladi. P. — muhim oʻrmonchilik rayoni: yogʻoch va sellyulozaqogʻoz sanoati rivojlangan. Oziq-ovqat, toʻqimachilik korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi, rangli metall (oltin, kumush, qoʻrgʻoshin) eritiladi. Foydali qazilmalardan qoʻrgʻoshin, temir ruda-si, toshkoʻmir qazib olinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil