Pan-Arab ranglari
Pan-Arab ranglari (arabcha: ألوان الوحدة العربية – arab birligining ranglari) — Arab qo‘zg‘oloni mamlakatlari bayroqlarida mavjud bo‘lgan ranglar: qizil, qora, oq va yashil. Birinchi uchta rang Misr va Yaman bayroqlarida aks ettirilgan; yashil rang bilan birga ular Iroq, Iordaniya, Quvayt, Falastin, Somalilend, Sudan, Suriya, Birlashgan Arab Amirliklari va Gʻarbiy Sahroi Kabir bayroqlarida ham mavjud.
To‘rt arab rangining har biri maʼlum bir arab sulolasi yoki davrini ifodalaydi deb hisoblanadi: qora rang Muhammad payg‘ambar bayrog‘ining rangi bo‘lgan, oq rang umaviylar tomonidan Badr jangini eslatgani uchun o‘z ramzi sifatida qabul qilingan, yashil rang Fotimiylar tomonidan Ali ibn Abu Tolibni qo‘llab-quvvatlash ramzi sifatida qabul qilingan. Qizil rang esa Xorijiylarning bayrog‘i bo‘lgan va keyin Shimoliy Afrika va al-Andalusdagi hukmdorlarning ramzi bo‘lgan.
Baʼzi arab mamlakatlari barcha arab ranglarini ishlatmaydi yoki ularning baʼzilarini boshqa kombinatsiyalarda ishlatadi: Misol uchun, Jazoir va Livan qora rangsiz faqat yashil, oq va qizil ranglardan foydalanadi, Tunis, Qatar va Bahrayn faqat oq va qizil ranglardan foydalanadi, Saudiya Arabistoni esa faqat yashil va oq ranglardan foydalanadi.
Pan-arab ranglariga ega bo‘lgan joriy bayroqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]BMTga aʼzo va kuzatuvchi davlatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tan olinmagan va qisman tan olingan davlatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi darajali maʼmuriy bo‘linmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pan-arab ranglariga ega sobiq milliy bayroqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Hijoz (1917—1920-yillar), Bosib olingan dushman hududi maʼmuriyati (1918—1920-yillar) va Butun Falastin hukumati (1948—1949-yillar) bayrogʻi -
Suriya Qirolligi bayrogʻi (1920-yil 8-martdan 24-iyulgacha) -
Hijoz (1920—1926-yillar), Najd va Hijoz Qirolligi (1926—1932-yillar) va Transiordaniya (1921—1928-yillar) bayrogʻi -
Iroq bayrogʻi (1921—1959-yillar) -
Transiordaniya bayrogʻi (1928—1929-yillar) -
Suriya (1932—1958-yillar va 1961—1962-yillar) bayrogʻi, hozirda (2011-yildan boshlab) Suriya Muvaqqat hukumati va Suriya Ozodlik Armiyasi tomonidan qoʻllanilmoqda -
Misr bayrogʻi (1952—1958-yillar, milliy bayrog‘i bilan bilan) -
Iordaniya va Iroq Arab Federatsiyasi bayrogʻi (1958-yil 14-fevraldan 2-avgustgacha) -
Birlashgan Arab Respublikasi bayrogʻi (1958—1971-yillar) -
Iroq bayrogʻi (1957—1963-yillar) -
Shimoliy Yaman bayrogʻi (1962—1990-yillar) -
Iroq bayrogʻi (1963—1991-yillar -
Suriya bayrogʻi (1963—1972-yillar) -
Falastin bayrogʻi (1964—2006-yillar) -
Hazramavt bayrogʻi (1967—1969-yillar) -
Janubiy Yaman (1967—1990-yillar) bayrogʻi, hozirda (2007-yildan boshlab) Janubiy Yaman harakati tomonidan foydalanilmoqda -
Liviya bayrogʻi (1969—1972-yillar) -
Arab Respublikalari federatsiyasi bayrogʻi (Misr (1972—1984-yillar, Suriya (1972—1980-yillar) va Liviya (1972—1977-yillar)) -
Mahra Sultonligi bayrogʻi (1895—1967-yillar) -
Ummon bayrogʻi (1970—1995-yillar) -
Arab Islom Respublikasi bayrogʻi (1974-yilda taklif qilingan, ammo hech qachon amalga tatbiq qilinmagan) -
Iroq bayrogʻi (1991—2004-yillar) -
Iroq bayrogʻi (2004—2008-yillar)
Pan-arab ranglaridan foydalangan holda arab siyosiy va harbiylashtirilgan harakatlarning bayroqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Usmoniylar davri Istanbulda joylashgan “Arab adabiyoti klubi” (1909—1915-yillar) bayrogʻi, arab bayrogʻi -
Usmoniylar davridagi “Yosh arab jamiyati” (1911—1916-yillar) bayrogʻi, arab bayrogʻi. -
Baʼs partiyasi bayrogʻi (1947-yildan hozirgi kungacha), Ummon va Arab ko‘rfazini ozod qilish milliy demokratik fronti (1969—1971-yillar faol) tomonidan ham foydalanilgan. -
Yaman milliy ozodlik fronti bayrogʻi (1963—1978-yillar), Dofar ozodlik fronti (1965—1968-yillar) va Bosqin qilingan Arab koʻrfazini ozod qilish xalq fronti (1968—1974-yillar) bayrogʻlari -
Ummonni ozod qilish xalq fronti bayrogʻi (1974—1992-yillar) -
Azavad arab harakati bayrogʻi (2012-hozirgacham) -
Arab Quddus bayrogʻi -
Suriya Najot Hukumati bayrogʻi -
Oq sulola rangi, Umaviylar (661—750-yillar), Fotimiylar (909—1171-yillar) va Roshid xalifalar qoʻllagan bayrogʻlar -
Yashil, Roshid xalifaligi bilan bogʻliq
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manba
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Pan-Arab ranglari
- Arab bayrogʻining evolyutsiyasi, Doktor Mahdi Abdul-Hodiy (arab tilida)