iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: https://uz.wikipedia.org/wiki/Ohak
Ohak - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Ohak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ohakqurilish materiali. Ohaktosh, boʻr va boshqa karbonatli jinslarni 900° dan 1100 °C temperaturada kuydirib, ishlov berib olinadi: CaCO3 <=t CaO + CO2 T. Kalsiy oksid CaO — soʻndirilmagan Ohak, kalsiy gidroksid Ca(OH)2 esa soʻndirilgan ohak deb yuritiladi (qarang Kalsiy). Ohak qadimdan qovushqoq material sifatida ishlatib kelingan. Mil. av. 3000—2500-yildayoq Ohakning qum va suv bilan qorishmasidan turli inshootlar qurishda, tosh va gʻishtni biriktirishda, devorlarni suvashda hamda boʻyoq tayyorlashda foydalaniladi.

Ohak boʻlak va kukun holida ishlab chiqariladi. Kimyoviy tarkibiga qarab, havoda qotuvchi va gidravlik xillarga boʻlinadi. Havoda qotuvchi Ohak, asosan, kalsiy va magniy oksidlaridan iborat. Gidravlik Ohak tarkibida, bundan tashqari, ancha miqdorda kremniy, alyuminiy va temir oksid boʻladi. Havoda qotuvchi Ohak qurilish qorish-malari va betonning quruq havoda qotishini, gidravlik Ohak havoda ham, suvda ham qotishini taʼminlaydi. Ohak qurilishda, metallurgiyada, kimyo sa-noatida, qand, qogʻoz, shisha buyumlar, oyna ishlab chiqarishda, shuningdek, suvni tozalash va boshqa maqsadlarda keng qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil