iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: https://uz.wikipedia.org/wiki/Molxona
Molxona - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Molxona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Molxona — mol boqiladigan bino. Boqiladigan mol turi ga qarab qoʻylar uchun qoʻralar, qoʻtonlar, qoramollar uchun ogʻilxonalar, otlar uchun otxonalar quriladi. Ularning har biri oʻziga xos tuzilishga ega. Qoramollar M.da bog'lab va bogʻlamay boqiladi. Mollar 2 qator qilib bogʻlab boqiladigan M.da ogʻilxona bino boʻylab qator joylashtiriladi va 1,5 m li koʻndalang yoʻllar bilan seksiyalarga boʻlinadi, oʻrtadagi 1,5 m li yoʻldan yemxashak oxurlarga tarqatiladi, ikki chetdagi 1,2 m li yoʻllardan goʻng tashiladi. Toʻrt qatorli M.da ozuqa tarqatiladigan ikkita va goʻng chiqariladigan uchta yoʻl qilinadi. Olti qatorlisida ogʻilxonalar uchta qoʻsh qatorga joylashtirilib, ozuqa tarqatiladigan uchta yoʻl, goʻng chiqariladigan toʻrtta yoʻl boʻladi. M.dagi har bir ogʻilxonada mol bogʻlash uskunalari, oxur va sugʻorgich oʻrnatiladi. Ogʻilxonalarning kattaligi, mollarning mahsuldorligi va zotdorligiga qarab, eni 1—1,2 m, boʻyi 1,7–2 m qilinadi. M.da qoʻshimcha binolar: yem, toʻshama va asbob-uskunalar saqlanadigan xonalar, ventilyasiya kamerasi, xodimlar xonasi boʻladi. M. yaqiniga sut bloki quriladi, unda lab., sut quyiladigan, idish yuviladigan joylar, vakuumnasos, qozonxona va boshqa boʻladi.

Mollar bogʻlamay boqiladigan M. yopiq yoki uch tomoni oʻralgan yarim ochiq (ayvon koʻrinishida) boʻladi. Havo harorati —20° dan past boʻlmaydigan rayonlarda yarim ochiq M. quriladi. Bunday M. olib qoʻyiladigan toʻsiqlar bilan seksiyalarga boʻlinadi. Har qaysi seksiya 60 tagacha sigirga moʻljallanadi. Mexanizmlarda goʻng chiqarish, yem-xashak va toʻshama tashib kelish uchun seksiyalar oʻrtasidan oʻtadigan yoʻl qilinadi. M. maydoni uchun sutchilik xoʻjaliklarida har bir sigirga 4—5 m2, goʻsht yetishtiriladigan xoʻjaliklarda buzogʻi bilan sigirga 7 m2 hisobidan joy ajratiladi. M. yaqinida mollarni yayratish maydonchasi (har bir sigirga 7— 10 m2) boʻladi, bu yerga hamma mollar uchun umumiy oxurlar va sugʻorgichlar quriladi. M. yaqiniga sigir sogʻiladigan bino qurilib, sogʻish uskunalari oʻrnatiladi (Chorvachilik fermasi).

Roʻzimat Hamroqulov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil