iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: https://uz.wikipedia.org/wiki/Moʻgʻullarning_Forsga_bosqini
Moʻgʻullarning Forsga bosqini - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Moʻgʻullarning Forsga bosqini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Moʻgʻullarning Forsga bosqini — 1219—1258-yillar oraligʻida Yaqin Sharqdagi musulmon imperiyalariga qarshi 3 ta harbiy hujumni oʻz ichiga oladi. Bu yurishlar Xorazmshoh saltanati, Nizoriylar davlati va Abbosiylar xalifaligining barham topishiga hamda ularning oʻrniga Eronda moʻgʻullarning davlat boshqaruviga kelishiga olib kelgan.

XII asr oxiri va XIII asr boshlarida moʻgʻul harbiylari Gʻarbiy Syani bosib olishgan. Qoʻshni Xorazmshoh imperiyasi hukmdori Muhammad II ning bir qator diplomatik provokatsiyalaridan soʻng, 1219-yilda moʻgʻullar Markaziy Osiyoga bostirib kirishni boshlagan. Bosqinchilar navbatma-navbat Movarounnahrning Buxoro, Samarqand va Gurganj shaharlarini vayron qilgandan soʻng Xuroson mintaqasini yoʻq qilgan. Dunyoning 3 ta eng yirik shaharini: Hirot, Nishopur va Marv aholisini qirib tashlagan. 1223-yilda Chingizxon Szin sulolasiga qarshi yurishini davom ettirgan.

Moʻgʻullarning Eronga bostirib kirishi insoniyat tarixidagi eng qonli hujumlardan biri boʻlgan. Qurbonlarning umumiy soni 15 millionga yetgan. Keyingi oʻttiz yil ichida mintaqada kichikroq miqyosdagi urushlar sodir boʻlgan. 1227-yilda xonlik taxtiga oʻtirganidan koʻp oʻtmay, Oʻqtoyxon Forsdagi bir qancha mayda davlatlarni oʻziga boʻysundirish uchun Chormakon noyon qoʻmondonligi ostidagi qoʻshinni yuborgan.

Stiven Uordning maʼlumotlariga koʻra, moʻgʻullar bosqinidan keyin Eron platosida (Fors va Markaziy Osiyoning janubiy qismi) aholining 75% dan ortigʻi halok boʻlgan. 15 milliondan ortiq odam oʻldirilgan[1].



  1. Steven R. Ward. Immortal: A Military History of Iran and Its Armed Forces. Georgetown University Press, 2009. ISBN 978-1-58901-587-6.