Metonimiya
Metonimiya – ikki tushuncha oʻrtasidagi yaqinlikka asoslangan oʻxshashsiz koʻchim. Metonimiyada biror narsa yoki voqea-hodisaning nomi boshqasiga koʻchiriladi, biroq bu nomlash narsalar oʻrtasidagi oʻxshashlikka emas, balki ular oʻrtasidagi yaqinlikka, aloqadorlikka asoslanadi.
Masalan: Barmogʻimni kesib oldim
Turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu koʻchim bir qancha koʻrinishlarga ega:
1. Kishi yoki narsaga xos xususiyat oʻsha kishi yoki narsaning nomiga oʻtkaziladi:
Ahyon-ahyon gazetlarda koʻrinasan,
Oʻqiguncha yopishaman juda jazman.
(Gʻafur Gʻulom)
2. Muallifning nomi uning asari oʻrnida qoʻllanadi:
Fuzuliyni oldim qoʻlimga,
Majnun boʻlib yigʻlab qichqirdi…
(Hamid Olimjon)
3. Biror narsaning harakati yoki uning natijasi shu harakatni bajaruvchi qurolning nomiga koʻchiriladi: Uning perosi qasos oʻti bilan yonadi.
4. Biror narsani u yasalgan material bilan almashtirib ataladi:
Poʻlat qush ham qomatin rostlab,
Bulutlarni etar tumtaraq.
(Hamid Olimjon)
5. Maʼlum joydagi kishilar maʼnosi shu joyga koʻchiriladi: Majlisga butun qishloq keldi. (Abdulla Qahhor)