iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: https://uz.wikipedia.org/wiki/Mavlud
Mavlud - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Mavlud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mavludda yasatilgan archa daraxti.

Mavlud yoki milod[1] har 25-dekabr kuni Isoning tugʻilgan kuni sharafiga nishonlanadigan bayramdir[2][3]. Xristianlarda bu bayram Tugʻilish bayrami yoki Muborak tugʻilish deb bilinadi. Mavlud (arabchadan tarjimasi: tugʻilish, paygʻambarning tugʻilgan kuni) — Muhammadning tugʻilgan kuni bilan bogʻliq bayram. Rabiulavval oyining 12 kuni nishonlanadi. Xristian mamlakatlarida Mavlud kuni duolar, paygʻambar shaʼniga madhiyalardan iborat sheʼrlar oʻqiladi, sadaqalar beriladi, ruhoniylarning yigʻilishlari oʻtkaziladi[4].

Mavlud har yili dunyoning birqancha xristian davlatlari tarafidan 25-dekabr kuni boshlab 26-dekabr oqshomigacha nishonlanadi. 24-dekabr kunini esa Mavlud Arafasi deb atashadi. Birqancha davlatlarda esa Mavlud taʼtili Yangi yil taʼtili bilan birlashtiriladi va bir necha kun taʼtil qilinadi. Pravoslav mazhabi esa bu bayramni Yulian taqvimiga koʻra nishonlaydi. Julian taqvimida 25-dekabr 7-yanvarga teng keladi.

Mavlud Bayramida koʻpgina xristian oilalari archa daraxtini turli tuman chiroqlar, zarlar va oʻyinchoqlar bilan bezatadilar. Har yili Mavlud bayramidan oldin oilaning bolalari Santa Klausdan oʻzlari xohlagan sovgʻani olib kelishini tilab xat yozadilar. Ota-onalar uyda yasatilgan archa daraxtining tagiga bolalari uchun ular istagan sovgʻalarni qoʻyadilar. Bolalar esa u sovgʻalarni ular uhlayotgan vaqt Santa Klaus qoʻyib ketganiga ishonadilar.

Mavlud bayramida xristian oilalarida Mavlud yeguliklari pishiriladi. Xristian davlatlarining hammasida bu yeguliklari birbiridan farqli. Lekin ko'pincha Mavludda kurka pishiriladi. Dasturxon ustiga omela daraxtining yaproqlari toʻkiladi. Ovqatdan keyin Mavlud pudingi deb nomlangan shirinlik tortiladi.

  1. Узбекско-русский словарь, Ташкент, 1941 г., МИЛОД религ. рождение Иисуса, рождество христово; милоддан илгари до рождества христова. (s. 265)
  2. „The Global Religious Landscape | Christians“. Pew Research Center (18-dekabr 2012-yil). 10-mart 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-may 2014-yil.
  3. „Christmas Strongly Religious For Half in U.S. Who Celebrate It“. Gallup, Inc. (24-dekabr 2010-yil). 7-dekabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-dekabr 2012-yil.
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000.