Kosmik apparat
Fazoviy apparat — kosmosda ilmiy tadqiqot larni, meteorologik kuzatishlarni, navigatsiya oʻlchashlarini oʻtkazadigan, radio- va telealoqalarni taʼminlaydigan uchish apparati. Kosmik apparat boshqarilishi boʻyicha (boshqarilmaydigan, avtomatik boshqariladigan, orbital st-yalar, kosmonavt uchuvchisi boʻlgan kosmik kemalar); uchish trayektoriyasi boʻyicha (Yer yoki sayyoralarning sunʼiy yoʻldoshlari, Yerga yoki sayyoraga qoʻndirish apparatlari, sayyoralardan uchib chiqish uchun apparatlar); foydalanilishi boʻyicha (bir marta va koʻp marta foydalaniladigan) turlarga boʻlinadi. Tarkibiga butun appa-raturalarning ishini, berilgan trayektoriya boʻyicha ishini, oriyentatsiyasini va boshqalarni taʼminlaydigan bort tizimlari kiradi. Bu tizimlarga yonilgʻi zahirasi boʻlgan dvigatel qurilmasi, harakatni boshqarish tizimi, bort komplekslari, issiqlik rejimini boshqarish, bort apparaturalarini energetik taʼminlash, uchish vaqtida harakatni boshqarish va Yer bilan aloqa bogʻlash tizimlari kiradi. Yer sunʼiy yoʻldoshlarini past orbitaga uchirishda eltuvchi raketalardan, yuqori orbitalarga yoki sayyoralararo orbitalarga oʻtkazishda qoʻshimcha raketa komplekslaridan foydalaniladi.[1]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |