Keretaro (Meksika)
| |||
Shtat | |||
---|---|---|---|
Tarkibida | 18 munitsipalitet | ||
Maʼmuriy markazi | Keretaro | ||
Yirik shahari | Keretaro | ||
Asos solingan sanasi | 14 октября 1824 | ||
Gubernator | Xose Kalsada Rovirosa (José Calzada Rovirosa), PRI с 01.10.2009 | ||
Rasmiy tili | ispan | ||
Aholi (2010) | 1 827 937 | ||
Zichligi | 155,32 kishi./km² | ||
Millatlar tarkibi | Metislar, otomlar, oqlar. | ||
Dinlar tarkibi | Katoliklar (95,3 %), protestantlar va evangellar (1,9 %), boshqa nasroniylar(0,9 %), yahudiylar (0,1 %), boshqa dinlar(0,2 %), ateistlar va agnostiklar (0,9 %). | ||
Maydoni | 11 769 km² (27-oʻrin) | ||
Vaqt mintaqasi | UTC-6 | ||
Kod ISO 3166-2 | MX-QUE | ||
Pochta indeksi | Qro. | ||
Rasmiy sayti | http://www.queretaro.gob.mx/ | ||
Xaritada | |||
20°50′16″N 99°51′5″W / 20.83778°N 99.85139°W |
Keretaro — Meksika markazidagi shtat, Meksika togʻligining janubida. Maydon 11,7 ming km2. Aholisi 1,4 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Keretaro shahri. Yer yuzasining aksari qismi 1000–3000 m balandlikdagi baland tog tekisliklaridan iborat. Oylik oʻrtacha yogʻin 800 mm gacha. Oʻsimliklari butazor va past boʻyli oʻtlardan iborat. Koʻp asrlar davomida yerni haydash va oʻrmonlarning kesilishi sababli katta maydonlar kuchli eroziyaga uchragan. Hududining 1/2 qismini yaylovlar tashkil etadi. Ispanlar istilosiga qadar K.da dehqonchilik rivojlangan. Polimetall ruda konlari bor. Keretaro — Meksikaning nisbatan qoloq shtatlaridan. Lerma daryosi havzasidagi katta maydonlarda sugʻorma dehqonchilik qilinadi: donli ekinlar, sabzavot, meva, sorgo yetishtiriladi. Togʻli rayonlarda chorvachilik bilan shugʻullaniladi. Oziqovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Keretaro hududidan mamlakatning shim. va markaziy shtatlarini bogʻlovchi muhim temir yol va shosse yoʻllari oʻtgan. Mustamlakachilik davriga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. Turizm rivojlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |