iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: https://uz.wikipedia.org/wiki/Java
Java - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Java

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Java qati’y va statik tipizatsiyaga ega boʻlgan va obyektga yoʻnaltirilgan umumiy maqsaddagi dasturlash tilidir. Avvaliga Sun Microsystems tomonidan ishlab chiqilgan, keyinchalik Oracle kompaniyasi tarafidan sotib olingan.

Java dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo boʻldi. Oak dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems tomonidan platformaga, yaʼni operatsion sistemaga bogʻliq boʻlmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun xodimlari C++ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin baʼzi sabablarga koʻra bu fikridan voz kechishdi. Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini Java ga almashtirdi va uni WWW rivojlanishiga xizmat qilishi uchun maʼlum oʻzgarishlar qilishdi.

Tilning asosiy xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Java obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash (inglizcha: OOP — Object Oriented Programming) tili va u C++ ga ancha oʻxshash. Eng koʻp yoʻl qoʻyildigan xatolarga sabab boʻluvchi qismlari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi.

Java kod yozilgan fayllar (*.java bilan nihoyalanuvchi) kompilatsiyadan keyin bayt kod (inglizcha: bytecode) ga oʻtadi va bu bayt kod Java Virtual Mashinasi JVM tomonidan oʻqib yurgizdiriladi.

Java afzalliklari:

  • WORA — (inglizcha: Write Once, Run Anywhere - portable). Platforma tanlamaydi;
  • xavfsizlik (ishonch yoʻq kodni xavfsiz ishga tushirish);
  • xotirani xavfsiz boshqarish (avtomat ravishda chiqindilarni yigʻadi);
  • tarmoq uchun dasturlar yozish ;
  • koʻp oqimli (inglizcha: Multi-thread) dasturlash;
  • dinamik & kengaytirish;
  • Class lar alohida fayllarda saqlanadi. Kerak boʻlsa ishlatiladi. Dinamik ravishda imkoniyatini oshirish xam mumkin kerak boʻlsa.

Java texnologiyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Java SE (inglizcha: Java Standart Edition) — serverda, shaxsiy kompyuterda desktoplarda ishlovchi dasturlar, appletlar yaratish uchun ishlatiladi. Bu texnologiya yordamida yaratilgan dasturlar deyarli barcha operatsion tizimlarda ishlay oladi (Windows NT, Macintosh, Linux va Solaris). Shu bilan birga JavaSE boshqa Java turlarining asosi hisoblanadi.
JVM (Java Virtual mashinasi) JVM ning vazifasi tarjimonlik ya’ni, dastlab biz yozgan *.java fayl kompilyator yordamida bayt kod ga o’giriladi va JVM yordamida esa mashina tiliga aylantiriladi. Bu degani JVM qaysi platformaga tegishli bo’lsa, kodlarni ham o’sha platformaga moslab beradi. JVM ni ko’pgina qurilmalar va dasturiy ta’minotlar uchun ishlatish mumkin. Har bir OT(operatsion tizim) uchun JVM JRE va JDK lar konfiguratsiyasi farq qiladi, chunki bular platformaga bog’liq. Lekin java mustaqil platforma hisoblanadi.
JVM ning amalga oshiradigan asosiy vazifalari

  • Loads code (kod yuklanishi)
  • Verifies code (kod tekshirilishi)
  • Executes code (kod bajarilishi)
  • Provides runtime environment (dasturni bajarilish muhitini ta’minlash)
  • JRE (Java bajarilish muhiti)
  • JRE – Java Runtime Environment
  • JRE – bu faqat dastur bajarilishi uchun kerak bo`lgan muhit xolos. Dasturchi bo`lmagan oddiy foydalanuvchilarga Java dasturlari bajarilishi uchun JRE yetarlidir.
  • JDK(Java Development Kid) - JDK tarkibida JRE va boshqa qo'shimcha dasturlash uskunalari bo'ladi.