Ilya Mechnikov
Ilya Ilich Metchnikoff (1845.3.5, Xarkov viloyati — 1916.2.7, Parij) — rus biologi, qiyosiy patologiya, evalyutsion embriologiya va immunologiya asoschilaridan. Peterburg Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1883), faxriy aʼzosi (1902). M. L. Paster vafotidan soʻng Parijdagi Paster institutini boshqargan(1888). N. F. Gamaleya bilan hamkorlikda Rossiyada dastlabki bakteriologiya stansiyasini tashkil etgan (1886) va hamkasblari bilan birga saramas, qaytalama terlama, tovuq vabosi va qoʻylarning quydirgi kasalliklari ustida izlanishlar olib bordi. „Yuqumli kasalliklarga bardoshlilik“ asari (1901) bilan immunitetnyant fagotsitar nazariyasini yaratdi. Koʻp hujayrali organizmlarning kelib chiqish nazariyasini ishlab chiqqan. U dengiz yulduzi lichinkalari yot omillarni oʻrab olib yutib yuborishini kuzatadi va fagotsitoz hodisasini kashf etdi (1883). M. hayotining keyingi davrida qarish va oʻlim muammolarini oʻrgangan. „Ortobioz“ yoki „Toʻgʻri yashash“, shuningdek, „Odam tabiati toʻgʻrisida etyudlar“ kitobida soglom va uzoq yashash uchun sutqatiq mahsulotlarini koʻp ichib turish lozimligini uqtirgan va qatiq tayyorlashning („bolgar tayoqchalari“ yordamida) yangi usulini yaratdi. Asarlari qarilik muammolariga bagishlangan. Nobel mukofoti laureati (1908, P. Erlix bilan hamkorlikda).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |