Giperplaziya
Giperplaziya (giper... va yun. Plasis — shakllanish, hosil boʻlish) — toʻqima va aʼzolar tuzilish elementlari (hujayralar)ning zoʻr berib koʻpayishi natijasida ular sonining ortishi. giperplaziya odam, hayvon va oʻsimliklarda ham kuzatiladi. Giperplaziya asosan hujayraning yangidan qosil boʻlishidir, ammo hujayra ichidagi nozik tuzilmalar (yadro, yadrocha, mitoxondriya, ribosoma, lizosoma, endoplazmatik toʻr va hokazo)da ham giperplaziya roʻy berishi mumkin, ayni vaqtda hujayra koʻpayishi bilan birga kattalashadi (yurakning muskul tolalaridagi; buyrak, jigar epiteliysining hujayralaridagi giperplaziya). Giperplaziya fiziologik (mas, homiladorlikda sut bezlari epiteliysining koʻpayishi), buzilgan funksiyani tiklaydigan regeneratsiya jarayoni (qon yoʻqotilgandan keyin yoki kamqonlikda qon yaratuvchi sistemadagi giperplaziya), patologik (endokrin bezlar oʻzaro aloqasining buzilishi natijasida oʻsmalar oʻsishi va hokazo) boʻlishi mumkin. Giperplaziya baʼzan toʻqimalarning aynib, atipik ravishda oʻsishi va oʻsma hosil boʻlishiga olib keladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |