iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: https://uz.wikipedia.org/wiki/Eroziya
Eroziya - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Eroziya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shamol eroziyasi.
Kapadokiyadagi bu pari ustunlari eroziya natijasidir.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi tuproq eroziyasi natijasida hosil bo‘lgan jarlik

Eroziya (lotincha: yego8yu — yemirilish) — togʻ jinslari va tuproqning oqar suvlar taʼsirida yemirilish jarayoni. E. relyef hosil qiluvchi asosiy omillardan biridir. Yer yuzasidagi E. (notekis relyefning tekislanishi) va chiziqli E. (relyef boʻlaklarga boʻlinib, vodiy va jarliklarni hosil boʻlishi), yonlama E. (daryo sohillarining yuvilishi) va chuqurlikdagi E. (daryo oʻzanining chuqur oʻyilishi)lar farq qilinadi. Tuproqning eng yuqori qatlamlarida sodir boʻladigan E. tuprok eroziyasi deyiladi.

Eroziya (lot. erosio — "yemirilish", "nurash") yer qobigʻini tashkil etadigan qoyalarning oqar suv, shamol va boshqa tashqi taʼsirlardan yemirilib, joyidan qoʻporilishi yoki bir yerdan boshqa bir yerga tashilishi hodisasidir.

Ziroatda foydalaniladigan maydonlarning 70 %'i xususiyatlarini yoʻqotib, dunyo miqyosida jami yer maydonining 30 %'i atrofida choʻllashishiga sabab boʻlgan. Jahonda eroziya tufayli choʻllashuv tahlikasi mavjud 110 oʻlka bordir. Birlashgan Millatlar Atrof-muhit Dasturi doirasida qilingan hisob-kitoblarga koʻra butunjahon boʻylab choʻllashuv va eroziyaning oldini olish uchun yiliga 42 milliard AQSh dollari sarflanishi kerak.

Tabiiy sharoitda sodir boʻlsa yoʻqoladigan samarali tuproqlar tabiiy almashinuv doirasida qayta tiklanadi. Eroziya bilimsizlik va antropogen sabablar orqali qayta tiklanmas darajalarga yetmoqda. Samarali tuproqlarning eroziya tufayli yoʻqolishi ziroat hajmi pasayishiga olib kelmoqda. Eroziyaning sodir boʻlishi tabiiy faktorlar bilan boʻlmoqda, ammo eroziyaning tovon etilmaz zararlarga sabab boʻlishi odamlarning bu faktorlarni tezlatishi tufaylidir.

Eroziya turlaridan biri boʻlgan suv eroziyasi eng katta taʼsirlisidir. Bu eroziya yomgʻir tomchilarining zaminni yemirishi yoki yerusti suv havzalarining paydo boʻlishi ortidan yuzaga keladi. Boshqa bir eroziya turi boʻlgan shamol eroziyasi esa shamol taʼsiridan yemirilish va koʻchish hodisasidir.

Eroziyaning samarali tuproqlarning yoʻqolishidan tashqari pari ustunlari(tosh qo'ziqorinlar) kabi tabiiy goʻzallik yaratib, turizm mintaqalarining paydo boʻlishiga ham yoʻl ochadi.