iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: https://uz.wikipedia.org/wiki/Demping
Demping - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Demping

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Demping (ing . dumping — tashlash, tashlama) — tovarlarni tashqi va ichki bozorda sunʼiy arzonlashtirilgan, oʻrtacha chakana narxlardan, baʼzan tannarxdan past narxlarda sotish; tashqi bozorni egallash uchun raqobat kurashi vositalaridan biri. Tashqi bozorda tovarlarning oʻz qiymatidan arzon sotilishidan birlashmalar zarar koʻradi. Bu zarar ichki bozorda sotilgan tovarlardan olingan yuqori foydadan mablagʻ ajratish yoki davlat byudjetidan hamda soliqlar hisobidan qoplanadi. Demping davlat yoki kompaniya tomonidan kelgusida kutilayotgan zararlarni bartaraf etish maqsadida oʻtkaziladi va bu yoʻl bilan zarur boʻlgan pul valyuta mablagʻlari tezda toʻplanadi.

XX asr boshlarida, Yevropa davlatlarida demping ommaviy tus oldi. 1929—33-yillardagi Jahon iqtisodiy tangligi davrida, ayniqsa, keng yoyildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin demping siyosati AQSH monopoliyalari tomonidan muntazam oʻtkazib turildi. Dempingning ayrim mamlakatlar tomonidan qoʻllanishi oʻz nav-batida boshqa mamlakatlarning unga qarshi chora koʻrishiga olib keladi va mol kiritish boʻyicha olinadigan boj summasini oshirishda oʻz ifodasini topadi. Jahon iqtisodiy tajribasidan maʼlumki, koʻpgina davlatlarda dempingga qarshi qonunchilik, dempingga qarshi maxsus bojlar amal qiladi. Tariflar va savdo buyicha Bosh kelishuv (hoz. Jahon Savdo Tashkiloti) 1967-yilda xalqaro dempingga qarshi kodeks kabul qildi. Unda demping holatini aniklash va isbotlash tartib-qoidalari, import mamlakat firmalari tomonidan demping natijasida shu turdagi tovarni ishlab chiqaradigan eksport qiluvchi mamlakatlarga yetkazilgan zararni toʻlash yoʻllari koʻzda tutilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil