iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: https://uz.wikipedia.org/wiki/Boylam
Boylam - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Boylam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boylam, boylamlar — suyaklarni bir-biriga biriktirib yoki ichki aʼzolar (jigar, taloq, bachadon)ni ushlab turadigan pishiq biriktiruvchi toʻqimadan iborat tuzilma. Boylam boʻgʻimlarda yaxshi rivojlangan boʻlib, turli harakatlar qilishga imkon beradi. Ular bukiluvchan, choʻziluvchan, taranglanuvchan boʻladi. Boylam joylashgan oʻrni va bajaradigan vazifasiga koʻra tasmasimon, yumaloq, plastinkasimon va pardasimon boʻlishi mumkin. boylamlar gʻaltaksimon boʻgʻimlarda pishiqroq boʻlib, suyaklarning faqat bukilish va yozilishiga imkon beradi, sharsimon boʻgʻimlarni esa boʻgʻim yuzasidan chiqmasligini taʼminlaydi. Bolalarda boylam nihoyatda elastik; yosh ulgʻaygan sari B.ning bu xossasi kamayib boradi, baʼzan boylamga ohak yigʻilishi va hatto qotib qolishi mumkin. Boylamning choʻzilishi yoki uzilishi kabi shikastlanishlar uchrab turadi, bunda zudlik bilan vrachga murojaat qilish zarur; vrach kelguncha shikastlangan B.ni qattiq qilib bintlash va qimirlatmaslik lozim.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil