iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: https://uz.wikipedia.org/wiki/Belgrad_universiteti
Belgrad universiteti - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Belgrad universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Belgrad universiteti
Asos solingan sanasi 1863-yil
Rektori Vladan Đokić
Talabalari 97,696
Akademiklari 4,834
Veb-sayti bg.ac.rs

Belgrad universiteti – Serbiyaning Belgrad shahridagi davlat tadqiqot universiteti. Bu Serbiyadagi eng qadimgi va eng yirik zamonaviy universitetdir. Universitetda 97 700 ga yaqin talaba va 4 800 dan ortiq akademik xodimlar mavjud. Universitet tashkil etilganidan buyon 378 000 dan ortiq bakalavrlar, 25 100 ga yaqin magistrlar, 29 000 nafar mutaxassis va 14 670 nafar doktorlarni tayyorlagan[1]. Universitet tarkibiga 31 ta fakultet, 12 ta tadqiqot instituti, universitet kutubxonasi va 9 ta universitet markazlari kiradi. Kutubxonasida 500 mingdan ortiq asar saqlanadi.

Fakultetlar toʻrt guruhga boʻlingan: ijtimoiy va gumanitar fanlar guruhi, tibbiyot fanlar guruhi, tabiiy hamda matematika fanlar guruhi va texnologik fanlar guruhidir. Universitetda meʼmorlik, veterinariya, kongeologiya, tabiiy-matematika, injener-kommunal, injenermexanika, elektrotexnika, oʻrmon-texnika, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, stomatologiya, texnologiya, transport, dorishunoslik, falsafa, iqtisod va huquq kabi fakultetlari bor.

Shanxay Jiao Tong universiteti tomonidan oʻtkazilgan 2017-yildagi eng soʻnggi reytingiga koʻra, Belgrad universiteti dunyodagi eng yaxshi 300 ta universitet orasida oʻz oʻrnini topdi. Matematika sohasida Belgrad universiteti dunyodagi eng yaxshi 150 ta universitet qatoriga kiradi[2].

  1. „arxiv nusxasi“ (sr). bg.ac.rs. University of Belgrade. 2023-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.
  2. „Belgrade University Improves Ranking on Shanghai List - English - on B92.net“. b92.net. Qaraldi: 2018-yil 16-mart.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil