Barkarola
Qiyofa
Barkarola (italyancha, barca — qayiq) — 1) Venesiya qayiqchilarining koʻproq badiha yoʻli bilan bir maromda aytadigan qoʻshigʻi; 2) lirik kuyli 6/8 yoki 12/8 oʻlchovli musiqa asari (odatda romans yoki fortepiano uchun pyesa): Shubert va Glinkaning ovoz va fortepiano uchun B.lari, Shopen, Mendelson-Bartoldi, Chaykovskiy, Raxmaninov fortepiano Barkarolalari va boshqa operalarda ham Barkarolalar uchraydi (Ober, "Portichilik gung"; Rossini, "Vilgelm Tell"; Offenbax, "Gofman ertaklari" va boshqalar).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |