iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: https://uz.wikipedia.org/wiki/Averroizm
Averroizm - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Averroizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ibn Rushd. Italyan rassomi Andrea di Bonaiutoning tasviri. Florensiya, 14-asr.

Averroizmarab mutafakkiri Ibn Rushd (lotincha: Averroes) va uning tarafdorlarining falsafiy ta’limoti.

Averroizm vakillari oʻrta asr va ilk Uygʻonish davrida Aristotel, Forobiy, Abu Ali ibn Sino falsafasining ilgʻor tomonlarini rivojlantirdi. Averroizm musulmon aqidachiligi va katolitsizm falsafasiga qarshi chiqib, arab xalifaligida va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida sxolastikaga qarshi kurash olib borishda qoʻl keldi. Dunyoning abadiyligi, uning hech kim tomonidan yaratilmaganligi haqidagi gʻoyalari, shuningdek bilimni e’tiqodga, falsafani ilohiyotga qarshi qoʻyganligi sababli averroizm ruhoniylarning gʻazabiga duchor boʻldi. (manba keltirish kerak)

Ibn Rushd Forobiy va Ibn Sino fikrlarini yanada taraqqiy ettirib, "Ikki tur haqiqat" ta’limotiga asos soldi. Bu ta’limotga koʻra, "falsafiy haqiqat" va "liniy haqiqat" mustaqil ravishda mavjud boʻlib, ular turli sohalarda yetakchilik qiladi, xususan ilm-fanda "falsafiy haqiqat"ga rioya etish zarur. Bu ta’limot falsafani, ilmni mustaqil taraqqiy ettirishda katta ahamiyatga ega boʻldi. Ibn Rushd asarlari lotin tiliga tarjima qilinganligi tufayli averroizm Gʻarbiy Yevropa mamlakatlariga keng yoyildi. Xususan 13-asrda Parij untida averroizmning ta’siri kuchli edi. 14–16-asrlarda averroizm Shimoliy Italiya, Fransiyada keng tarqaldi. Averroizm katolik cherkovi tomonidan keskin qoralandi, uning tarafdorlari quvgʻin va ta’qib qilindi (yana qarang Ibn Rushd).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil