Anne Golon
Anne Golon | |
---|---|
Anne Golon 2014-yilda | |
Tavalludi |
Simone Changeux 17-dekabr 1921-yil |
Vafoti |
14-iyul 2017-yil (95 yoshda) Versal, Fransiya |
Kasbi | yozuvchi |
Ijod qilgan tillari | Fransuz tili[1] |
Fuqaroligi | Fransiya |
Janr | |
Turmush oʻrtogʻi | Serge Golon |
Bolalari | 4 |
Otasi | Per Changeux |
Anne Golon (1921-yil 17-dekabrda tugʻilgan) – fransuz yozuvchisi boʻlib, ingliz tilida soʻzlashuvchi kitobxonlar orasida Sergeanne Golon nomi bilan tanilgan. Uning „Angélique“ romanlari seriyasii butun dunyo boʻylab 150 million nusxada sotilgan[2] va koʻplab maqtovlarga sazovor boʻlgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anne Golon (tugʻilgan paytidagi ismi Simone Changeux boʻlgan) 1921-yil 17-dekabrda Fransiyaning janubi-sharqidagi Toulon portida tugʻilgan[3]. U fransuz olimi va dengiz floti kapitani Per Changeuxning qizi boʻlgan[4]. U yoshligidan rasm chizish va yozishga qiziqqan hamda oʻzining birinchi romani boʻlmish „The Country From Behind My Eyes“[5] asarini 18 yoshida Joëlle Danterne taxallusi ostida nashr ettirgan. Ikkinchi jahon urushi paytida u velosipedda Fransiyadan Ispaniyaga sayohat qilgan. U ijodi davomida turli xil taxalluslardan foydalangan holda ijod qilgan va „France Magazine“ jurnali yaratilishiga katta hissa qoʻshgan. U „The Patrol of the Saint Innocents“[6] asari uchun adabiyot yoʻnalishidagi maxsus mukofot bilan taqdirlangan.
Anne Golon 1947-yilda Afrikaga jurnalist sifatida yuborilgan va u yerda Serge Golon ismi bilan mashhur lekin asli ismi Vsevolod Sergeïvich Goloubinoff boʻlgan oʻzining boʻlajak turmush oʻrtogʻi bilan tanishib qolgan[4]. Ular 1956-yilda „Angélique“ romanlar toʻplamidagi ilk roman „Angélique, the Marquise of the Angels“ni[7] birgalikda yozishgan. Roman juda katta muvaffaqiyat qozongan. Roman dastlab Fransiyada nashr etilganida, "Angélique" romanlari toʻplamida Anne va Serge Golon ismlarining ikkalasi ham yozilgan edi – Anne muallif sifatida eʼtirof etilgan boʻlsa va Serge tarixiy tadqiqotlarning koʻp qismini amalga oshirgan edi. Keyinchalik ushbu toʻplam Britaniyalik nashriyotchilar tomonidan tarjima qilinganda ikki muallifning ismi "Sergeanne Golon" sifatida qoʻshib tarjima qilib yuborilgan.
1960-yillarda Bernard Borderie tomonidan suratga olingan beshta qismdan iborat boʻlgan badiiy filmlar seriyasi „Angélique“ romanlari toʻplamlarining yanada mashhur boʻlishiga hissa qoʻshgan. Aktrisa Michèle Mercier Angélique rolini, Robert Hossein esa uning eri Joffrey de Peyrac rolini ijro etgan[2][4].
1972-yilda Anne va Serge yangi „Angélique“ romanlar toʻplamining yangi qismlarini yozish uchun gʻoyalar va manbalarni oʻrganish uchun Kanadaga sayohat qilishgan. Oʻsha yili Anne "Angélique and the Ghosts" asarini yozgan, lekin uning turmush oʻrtogʻi Serge shu yili vafot etgan.
Erining vafotidan soʻng Anne yozuvchilik faoliyatini davom ettirish bilan bir qatorda toʻrtta farzandini ham tarbiyalagan. 1972–1985-yillar oraligʻida Anne „Angélique“ romanining ikkinchi yarmini va „La Victoire d’Angélique“ asarini yozgan. U shu tarzda yana 4 ta jilddan iborat kitob yozgan. U yaratgan asarlarning deyarli barchasi katta muvaffaqiyatga erishgan va kitobxonlar tomonidan sevib mutolaa qilingan.
1990-yillarga kelib, Anne qashshoqlikka tushib qolgan va mualliflik huquqini suiisteʼmol qilgani hamda mualliflik huquqi uchun toʻlanadigan haqni bermaganligi uchun fransuz nashriyotchisi Hachettega qarshi sudga murojaat qilgan. 2006-yilda, deyarli oʻn yil davom etgan huquqiy kurashdan soʻng, u „Angélique“ romanlar seriyasining yagona egasi degan huquqqa erishgan[8].
Anne Golon 2017-yil 14-iyulda Fransiyaning Versal shahrida peritonit kasalligidadan vafot etgan[4][8].
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Angélique: Marquise of the Angels (fransuzcha: Angélique, marquise des anges, 1957)
- Angélique: The Road to Versailles (fransuzcha: Angélique : le Chemin de Versailles, 1958)
- Angélique and the Sultan (fransuzcha: Indomptable Angélique, 1960)
- Angélique in Revolt (fransuzcha: Angélique se révolte, 1961)
- Angélique in Love (fransuzcha: Angélique et son amour, 1961)
- The Countess Angélique (fransuzcha: Angélique et le Nouveau Monde, 1964)
- The Temptation of Angélique (fransuzcha: La Tentation dʼAngélique, 1966)
- Angélique and the Demon (fransuzcha: Angélique et la Démone, 1972)
- Angélique and the Ghosts (fransuzcha: Angélique et le Complot des Ombres, 1976)
- Angélique à Québec (1980)
- Angélique, la Route de l’Espoir (1984)
- La Victoire dʼAngélique (1985)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 Van Hoeij, Boyd „Angelique: Marquise des Anges: Film Review“ (en). The Hollywood Reporter (2013-yil 25-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 19-fevral.
- ↑ „Anne Golon, femme de combat, comme son héroïne Angélique“ [Anne Golon, a woman of combat like her heroine Angélique] (fr). L'Express (2017-yil 16-iyul). Qaraldi: 2021-yil 19-fevral.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 „La romancière Anne Golon, auteure de la série « Angélique », est morte“ [The novelist Anne Golon, author of the series Angélique, has died] (fr). Le Monde (2017-yil 16-iyul). Qaraldi: 2021-yil 19-fevral.
- ↑ Joelle d’Anterne (1943) Au pays de derrière mes yeux, Desclée de Brouwer, Paris Andoza:Oclc
- ↑ Anne Golon (1947) La Patrouille des saints-innocents, Alsatia, Paris Andoza:Oclc
- ↑ Anne Golon; Serge Golon (1956) Angélique, marquise des anges, J’ai lu, Paris ISBN 978-2-27722-488-4
- ↑ 8,0 8,1 „Anne Golon, auteure de la célèbre série littéraire Angélique, est morte“ [Anne Golon, author of the famous literary series Angélique, has died] (fr). BFM TV (2017-yil 16-iyul). 2020-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan.