Angliya milliy futbol terma jamoasi
Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. |
Tahallusi | The Three Lions | ||
---|---|---|---|
Assotsiatsiya |
The Football Association (The FA) | ||
Konfederatsiya | UEFA (Europe) | ||
Bosh murabbiy | Gareth Southgate | ||
Sardor | Harry Kane | ||
Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Peter Shilton (125) | ||
Eng yaxshi toʻpurar | Harry Kane (58) | ||
Uy stadioni | Wembley Stadium | ||
FIFA kodi | ENG | ||
| |||
FIFA Reytingi | |||
Hozirgi | 4 ▬ (20 July 2023)[1] | ||
Eng yuqori | 3 (August–September 2012, September–October 2021[1]) | ||
Eng past | 27 (February 1996[1]) | ||
Birinchi xalqaro oʻyin | |||
Shotlandiya 0–0 Angliya (Partick, Scotland; 30 November 1872) (The first ever international football match) | |||
Eng yirik gʻalaba | |||
Irlandiya 0–13 Angliya (Belfast, Ireland; 18 February 1882) | |||
Eng yirik magʻlubiyat | |||
Vengriya 7–1 Angliya (Budapest, Hungary; 23 May 1954) | |||
Jahon chempionati | |||
Ishtiroki | 16 (Ilk marta 1950-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Champions (1966) | ||
European Championship | |||
Ishtiroki | 10 (Ilk marta 1968-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Runners-up (2020) | ||
Nations League Finals | |||
Ishtiroki | 1 (Ilk marta 2019-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Third place (2019) | ||
Vebsayt | englandfootball.com |
Angliya milliy futbol terma jamoasi futbol sport turi musobaqalarida Angliya davlati shaʼnini himoya qilgan va Angliya Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan boshqarilgan. Angliya terma jamoasi dunyoning eng yoshi katta 2 terma jamoaning biridir. 1872-yili Shotlandiya va Angliya terma jamoalari dunyoning, futbol boʻyicha ilk rasmiy oʻyinini oʻtkazgan. Angliya Birlashgan Qirolllik tarkibidagi bir davlat, FIFA tomonidan Angliya terma jamoasi alohida millat jamoasi sifatida tan olingan[2]. Angliya terma jamoasining uy stadioni Wembley oʻyingohi hisoblangan. Hozirda terma jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Angliya ikki yilda ketma-ket boʻladigan FIFA Jahon chempionati va UEFA Yevropa chempionati musobaqalarida ishtirok etgan. Angliya 1966-yilda jahon chempioni boʻlgan. Angliya mezbon jamoa edi, finalda Gʻarbiy Olmoniya bilan roʻbaroʻ kelishgan va qoʻshimcha vaqtda 4-2 hisobida gʻalaba qozongan. Undan keyingi ularning eng yaxshi natijasi 1990-yilgi jahon chempionatida yarim finalgacha yetib kelgan yutugʻidir. Angliya terma jamoasi hozirgacha UEFA Yevropa chempionatida umuman gʻolib boʻlmagan. 1968-1996-yilgi Yevropa chempionatlarining yarim finaligacha yetib kelishgan. 2020-yilgi Yevropa chempionatida esa Finalgacha yetib borib, yakunda Italiya termasiga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qoʻygan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan uyushtirilgan Angliya va Shotlandiya terma jamoalari oʻrtasidagi birinchi oʻyin 1870-yil 5-martda boʻlib oʻtgan[3]. Ammo Shotlandiya terma jamoasida faqat London aholisi oʻynagani sababli, jamoalar oʻrtasidagi dastlabki beshta oʻyin FIFA tomonidan rasmiy deb tan olinmagan[4]. FIFA tomonidan rasman tan olingan birinchi milliy futbol oʻyini 1872-yil 30-noyabrda boʻlib oʻtgan. Angliya Shotlandiya bilan durang oʻynagan. Oʻsha oʻyinda har bir jamoa bir-biridan mustaqil ravishda boshqarilgan. 1870-yildagi birinchi oʻyindan farqli oʻlaroq, FA ikkala jamoani ham nazorat qilgan. Keyingi qirq yil davomida Angliya faqat uchta boshqa "meydan jamoa"ga qarshi oʻynagan:Shotlandiya, Uels va Irlandiya. Ushbu oʻyinlar 1883-yildan 1984-yilgacha boʻlib oʻtgan va Angliya rekord miqdordagi gʻalabaga erishgan Britaniya uy chempionati, milliy terma jamoalarning birinchi futbol turniri tashkil etilgandan soʻng rasmiylashtirilgan[5]. Angliya FIFAga 1906-yilda aʼzo boʻlgan. Ilk oʻyinlarini 1908-yilda Britaniya orollaridan tashqarida markaziy Yevropa jamoalariga qarshi oʻtkazgan. Buyuk Britaniya futbol organi va FIFA oʻrtasidagi keskinlikning kuchayishi 1928-yilda barcha Britaniya terma jamoalarining FIFA tarkibidan chiqishiga olib kelgan. Ikkinchi Jahon urushidan keyin barcha Britaniya terma jamoalari 1946-yilda FIFAga qaytdilar. FIFA bilan ziddiyat natijasida Angliya 1930-1934-1938-yillardagi jahon chempionatlarida ishtirok etmagan. 1934-yilda inglizlar Londonda qattiq qarama-qarshilikda Italiya jamoasini magʻlub etishgan. Birinchi marta Angliya terma jamoasi Jahon chempionatida faqat Ikkinchi Jahon urushidan keyin, 1950-yilda Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida chiqa olmagan[6]. 1949-yilda Angliya jamoasi oʻz uyida ilk bor magʻlubiyatga uchragan. 1953-yilda Angliya Vengriyaga „Uembli“da 3:6 hisobida magʻlub boʻlgan. Budapeshtdagi javob oʻyinida Vengriya 7:1 hisobida gʻalaba qozongan va bu Angliyaning eng yirik magʻlubiyati boʻlgan. Vengerlarning ikkita magʻlubiyatidan inglizlarning taktik sxemalari eskirganligi maʼlum boʻlgan. 1954-yilgi jahon chempionatida Ivor Broadis Belgiya darvozasiga ikkita gol urib, Angliya terma jamoasining jahon chempionatidagi ilk dubliga aylangan. Ushbu uchrashuvda Nat Loftxaus yana ikkita gol urdi va uchrashuv 4:4 hisobida durang bilan yakunlangan. Chorak finalda Angliya Urugvayga 2:4 hisobida imkoniyatni boy bergan[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „The FIFA/Coca-Cola World Ranking“. FIFA (2023-yil 20-iyul). Qaraldi: 2023-yil 20-iyul.
- ↑ „GB football team gets Fifa assent“. BBC (20-dekabr 2008-yil). Qaraldi: 11-iyun 2010.
- ↑ „When and where was the first football match held?“ (en). The Times of India (2005-yil 16-yanvar). 2012-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „The birth of international football: England v Scotland, 1870“ (en). Lord Kinnaird. 2012-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „England in the Home International [British Championship – History“] (en). England Football Online. 2022-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-avgust.
- ↑ Hart, Tim. „England v USA: 1950 World Cup win over the Three Lions lives long in the memory“ (en). The Daily Telegraph (2010-yil 12-iyun). 2022-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Queen's Legends. Report of Hungary v England World Cup warm up game and England at the 1954 World Cup in the profile of Ivor Broadis“ (en). Queen of the South. 2012-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Angliya milliy futbol terma jamoasi haqida turkum mavjud |