iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: https://uz.wikipedia.org/wiki/Abstraksionizm_(oqim)
Abstraksionizm (oqim) - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Abstraksionizm (oqim)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Natalia Plachta Fernandes, Edges

Abstraksionizm (lotincha: abstractio — mavhumlik, nomaʼlumlik, uzoqlashish) — 20-asrdan avval tasviriy sanʼatda paydo boʻlib, keyin adabiyotga oʻz taʼsirini oʻtkazgan oqim. Namoyandalari — Charlz Novard, Styuoriy Devis, Krauford, Ret-ner, Morris, M. Seyfer, P. Mondri-an, Paulo Klee va b. sanʼat borliqning emas, sanʼatkor his-tuygʻularining inʼ-ikosi degan gʻoyani ilgari surishgan. Bu oqimdagilar ijodida his, tuygʻu, xayol borliqdan uzilgan chiziqlar, geometrik shakllarda namoyon boʻladi, shakl va mazmun bir-biriga singib ketadi, yaʼni anʼanaviy tushunchadagi mazmun va shakl oʻz mohiyatini yoʻqotadi. A.ning taʼsiri fransuz sheʼriyatida ayniqsa sezilarlidir. A. badiiy adabiyotda „antiroman“ va b. koʻrinishlarda namoyon boʻlmoqda. A. oqimi namoyandalari „voqelikni inkor etish evaziga ruhiy voqelik“ yaratmoqchi boʻladilar.50-y.larda A. sanʼatning „Belgilar sanʼati“, „iyerogliflar“, „kalligrafiya“ kabi ichki yoʻnalishlari paydo boʻldi. A. sanʼatga maʼlum bir uslubiy yangilik olib kelgan boʻlsada, taniqli mutafakkir va sanʼatkorlarning tanqidiga uchradi. Xususan, A. Kamyu voqelikdan mutlaq uzilgan asarning faqat voqelikka yopishib olgan asardan farqi yoʻq deb qaraydi. Kamyuning fikricha, sanʼat voqelik va sanʼatkor his-tuygʻulari oʻrtasidagi erkin va tabiiy uygʻunlashuvdan paydo boʻladi. Lekin A. sanʼat va uning tasvir usullari haqidagi tasavvurni boyitgani uchun ham qimmatlidir.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil