Abort
Abort (lotincha: abortus — bola tashlash) — ayollarda homiladorlikning dastlab-ki 28 haftasida bachadondan homila tu-shishi, 28 haftadan ilgari tugʻilgan bola yashamaydi. A. erta (homiladorlikning 12 haftasi ichida kerakli davo choralari koʻrilmaganda bola tushishi) va ke-chikib (13 — 27 hafta ichida bola tushi-shi) sodir boʻlishi mumkin. A. sunʼiy va gʻayriixtiyoriy A.ga boʻlinadi. Sunʼiy A. (bola tushirish) ayolning oʻz istagi yoki sogʻligʻiga qarab homiladorlikning 12-haftasiga qadar, tibbiy sabablarga koʻra esa bundan kechroq muddatlarda tugʻruqxonalarda oʻtkaziladi. Gʻayriixtiyoriy A. (bola tashlash) saba-blari: 1) oʻtkir va yuqumli kasalliklar, mas, terlama, bezgak, brutsellyoz, zaxm va boshqa; 2) ona bilan homila qoni rezus faktorining mos kelmasligi (ona qonida rezus faktor manfiy, homilada esa musbat boʻlishi); 3) umumiy kasalliklar (yurak, qon tomirlari, oʻpka va nafas aʼzolari, buyrak, endokrin bez kasalliklari); 4) jinsiy aʼzo kasalliklari (tuxumdon faoliyatining buzilishi); bunda sariq tana gormoni kam ishlanib chiqib, bachadon muskullarini qisqartiruvchi omillar, jumladan follikulin kuchayib ke-tadi, natijada A. roʻy beradi; 5) ichki jinsiy aʼzolarning turli sabablar bilan yalligʻlanishi; 6) ayol tanosil aʼzosining yetarli rivojlanmaganligi (infanti-lizm); 7) turli shikastlar (homiladorlik vaqtida yiqilish, ogʻir yuk koʻtarish, lat yeyish va hokazo); homiladorning biror nar-sadan qattiq qoʻrqishi, hayajonlanishi. Gʻayriixtiyoriy A. homilaning bachadon-dan koʻchish darajasiga qarab turlicha boʻladi. A. xavfi tugʻilganda bel ogʻrib, jinsiy aʼzodan bir oz qon keladi, ba-chadon homila muddatiga nomuvofiq kattalashadi; toʻgʻri davo qilinsa, homiladorlikni saqlab qolish mumkin. Boshlanayotgan A.da ogʻriq sezilib, qon keladi, bachadon taranglashib; bunda ham homila tirik boʻlsa, homiladorlikni saqlab qolish mumkin. Jadallashgan A. da laxta-laxta qon keladi, bachadon taran-glashadi, qisqaradi. Chala A.da homila butun chiqmay, uning koʻchmagan qismlari bachadon ichida qolib, qon koʻp ketadi, bachadon homiladorlik muddatiga nis-batan kichik boʻladi. Toʻliq A. da homila butun tushadi; shunga koʻra qon kelishi tez toʻxtaydi, bachadon kichrayadi. Homila nobud boʻlib, bachadon qisqarishi juda sust borsa, homilaning ajralishi va tu-shishi uzoq choʻziladi. Bunday hollarda bachadondan uzoq vaqtgacha qon ketadi (choʻzilgan A.). Baʼzan homila bachadon de-voridan koʻchadi-yu, lekin bachadon boʻyni kanalining tashqi teshigi yopiq boʻlsa, boʻyin kanalida toʻxtab qoladi (bachadon boʻyniga bola tushishi). Baʼzan homila nobud boʻlsa ham (bachadon qisqarmasa) tushmaydi. Atrofidagi suv shimi-lib, oʻzi bujmayib, moʻmiyosimon boʻlib qoladi (yopishib qolgan A). A. ga infeksiya sabab boʻlganda, infeksiya homilani zararlab, bachadon va boshqa jinsiy aʼzolar hamda qorin pardasi yalligʻlanadi, homiladorning isitmasi koʻtariladi. Septik A. da esa mikroblar ona organiz-miga qon orqali tarqaladi, bemorning ahvoli ogʻir boʻladi; oʻz vaqtida chora koʻrilmasa, ona nobud boʻlishi mumkin. Oʻzbekistonda kasalxonalardan tashqarida abort qilish (jinoiy A.) taqiklanadi va jinoyat hisoblanadi. Ayolni A. ga majbur etgan shaxslar ham jinoiy javobgarlikka tortiladi. Hayvonlarda boʻgʻozlikning bevaqt tugʻallanishi, bola tashlash. A.ning ke-lib chiqish sabablariga qarab yuqumsiz, yuqumli va invazion turlari bor. Yuqumsiz A. asosan, urgʻochi hayvonlar jinsiy aʼzosi funksiyasining buzili-shi va tashqi muhitning taʼsiri (vita-min va mineral moddalari kam boʻlgan, chirigan, mogʻorlagan, achigan yem-xashak yedirish, urilish, qisilish, ogʻir ishlar-da ishlatish kabi mexanik taʼsir) na-tijasida sodir boʻlsa, yuqumli A. bru-sellyoz, trixomonoz va boshqa kasalliklar natijasida roʻy beradi. Invazion A. esa piroplazmoz, gel-mintozlar natijasi-da organizmning zaharlanishi va zaiflanishidan kelib chiqadi. Kurash choralari: chorva mollarini boqishda, sunʼiy qochirishda, boʻgʻozlik davrida zootexnika va veterinariya qoidalariga toʻliq rioya qilish va hokazo.
Mamlakatlarga qarab abort taqiqlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musulmon mamlakatlarda abortga ruxsat beradigan faqat ikkita mamlakat bor: Tunis va Turkiye. Avropa geografikasida esa abort faqat Malta'da to'liq taqiqlangan.
- Qozog'iston : Abort, 12 haftagacha qonuniy.
- Ozarbayjon : 1955 yildan beri qonuniy.
- Rossiya : Faqatgina zo'rlash holatlari uchun qonuniy. 12 dan 22 haftagacha abort amalga oshirilishi mumkin.
- Tunis : Homiladorlikning birinchi uch oyi davomida qonuniy.
- Hindiston : 24 haftagacha ayollar abort qilish huquqini 2022 yilda tasdiqlandi.
- Pokiston : Agar homilador ayolning hayotiga xavf tug'dirilsa, abortga ruxsat beriladi.
- Yaponiya : Mamlakatda 22 haftalik homiladorlikka qadar abortga ruxsat beriladi. Erning ruxsati talab qilinadigan jarayon faqatgina jarrohlik usulida amalga oshiriladi.
- AQSh : Amerikada barcha ayollar, 1973 yildagi tarixiy qaror bilan qonuniy abort huquqini qo'lga kiritdilar, misol: Gonal F tibbiy dori.
- Niderlandiya : Abort jarayoni bepul va qonuniy.
- Fransiya : Abort huquqini konstitutsiyaviy kafolat ostiga olib kelayotgan birinchi mamlakat.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |