iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: https://en.wikipedia.org/wiki/uz:harf
Harf - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Harf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ko'zaga chizilgan qadimgi yunon harflari
Kirill yozuvidagi harf

Harf — alifbo sirasida boʻlgan, yozuvda nutq tovushlarini (fonemalarni), ularning variantlari va baʼzi bir qoʻshilmalarini ifodalash uchun xizmat qiladigan bosma yoki yozma grafik belgi. Odatda har bir H. bir tovush (fonema)ni bildiradi, lekin yozilgan soʻzning H.larga ajralishi va tegishlicha talaffuz etiluvchi soʻzning fonemalarga ajralishi ideal holatdagina oʻzaro mos keladi. Amalda bunday moslik deyarli uchramaydi: baʼzi H.lar (grafemalar) 2 tovushni ifo-dalashi mumkin: yo (y+o), yu (y+u), ya (y+a), s (t+s) kabi. Shuningdek, bir tovush (fonema) birdan ortiq H. bilan ham ifodalanadi. Mas, oʻzbek lotin alifbosidagi [p§] H.lari qoʻshilmasi 1 ta burun tovushini, nemis alifbosidagi [ksN 1 H.lari qoʻshilmasi shovqinli sirgʻaluvchi (sh) tovushini bildiradi. Baʼzan nemischa matnda bir H. (5) ning oʻzi, qayerda kelishiga qarab, 3 xil tovushni (z, s, sh undoshlarini) ifodalaydi. Oʻzbek alifbosidagi [o| harfi esa yozuvda 4 ta har xil tovushni: sof oʻzbekcha soʻzlarda bir xil, rus va yevropa tillaridan oʻzlashgan soʻzlarda urgʻuli holatda yana bir xil, urgu-siz holatda esa a, i unlilarini bildiradi.

H.lar hajm-shakl jihatdan 2 xil boʻladi: bosh H. va kichik H. Bosh H. — ayrimlari hajmi bilan, ayrimlari esa shakli bilan ham kichik H.lardan farqlanadigan va imlo qoidalari asosida tegishli oʻrinlarda ishlatiladigan H.; k i ch i k H. — imlo qoidalariga koʻra bosh H. yoziladigan hollardan boshqa har qanday holatda qoʻllanadigan H. Bosh va kichik H.larning rasmiy qoʻlyozma shakllari maxsus oʻquv qoʻllanmalari — "Husnixat"larda koʻrsatiladi; ularni qoʻllash qoidalari imloda belgilab beriladi. Bosh H. va uning amalda qoʻllanishi nis-batan keyingi hodisa hisoblanadi. Mas, bosh H.lar lotin yozuvida milodning dastlabki asrlarida, ruski-rill yozuvida esa 18—19-asrlarda barqarorlashgan. Bosh H. asosan yunon, lotin va kirill alifbolariga hamda ular asosida shakllangan boshqa alif-bolarga xosdir. Arab, hind alifbolarida, iyeroglifik yozuvlarda H.lar katta (bosh) va kichik xillarga ajralmaydi [biroq arab alifbosi (yozu-vi)da aksariyat H.lar alohida, soʻz boshida, oʻrtasida va oxirida turi-shiga qarab shaklan farqlanadi]. Shuningdek, uslub talabiga koʻra H.larning qora (yoʻgʻon) va kursiv (qiya va yozmachaga oʻxshash) shakllari ham farqlanadi.

Ly..Istrin V.A., Razvitiye pisma, M., 1961;Diringer D., Alfavit, per. s angl., M., 1963;1Sepkin V.N., Russkaya paleogra-fiya, M., 1967;Fridrix I., Istoriya pis-ma, per. s nem., M., 1979; Am irova T.D., Funksionalnaya vzaimosvyaz pismennogo i zvukovogo yazmka, M., 1985; Zinder L.R., Ocherk obshey teoriy pisma, L., 1987.

Abduvahob Madvaliyev.

Harf yunon alifbosi hamda uning avlodlari bo'lmish boshqa alifbolardagi unsurdir. Yunon alifbosidan avvalgi yozuv shakllari sillabogramma yoki logogramma deyiladi.

Venn diagrammasi (lotin, kirill va yunon harflari)

Harflar nutqni tashkil etuvchi ramzlar bo'lgani uchun ular fonetikaga oiddir. Sof fonemik alifboda bir tovush bitta harf bilan belgilanadi, lekin ba'zi hollarda bir harf bittadan ko'p tovushni anglatishi mumkin. Bir tovushni ifodalovchi harflar juftligi digrafa deyiladi. Digrafaga misol sifatida oʻzbek tilidagi "ch" va "sh"larni keltirish mumkin. Bir tovush uch harf bilan ifodalanishi ham mumkin (olmon tilidagi "sch"), bunday harflar majmui trigrafa deyiladi.

Shuningdek, ba'zi harflar o'z nomlariga ham ega. Bu nomlar mintaqa tarixi va madaniyatiga bog'liq bo'ladi. Masalan Z harfi ingliz tilida so'zlashuvchi mamlakatlarda (AQShdan tashqari) zed deb nomlangan, AQShda esa uni zi deyishadi.

Harflar "alfavit tartibi" deb ataluvchi tartibga egadirlar. Bu tartib turli tillarda turlichadir. Masalan, ispan tilida ñ va "n" harflari ingliz tilidagidan farqli o'laroq har xil vaziyatlarda turadi.

Shuningdek, harflar raqam sifatida qo'llanishi ham mumkin (masalan, Rim raqamlari).

Harflarning ixtiro etilishi mil. avv. 1000 yillar atrofida Xanaanda G'arbiy Semit yozuvlari paydo bo'lishi bilan bog'lanadi. Ba'zi fikrlarga ko'ra harflar undan ham avvlaroq, taxminan mil. avv. 1800 yillarda ixtiro etilgan. Yunon alifbosi mil. avv. 300 atrofida paydo bo'lgan.

Keng tarqalgan alifbolar va harflar:

Arab alifbosi: , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , هـ, ,

Ivrit alifbosi: א, ב, ג, ד, ה, ו, ז, ח, ט, י, כ, ל, מ, נ, ס, ע, פ, צ, ק, ר, ש, ת.

Kirill alfibosi: А, Б, В, Г, Ґ, Д, Е, Є, Ж, З, И, І, Ї, Й, К, Л, М, Н, О, П, Р, С, Т, У, Ф, Х, Ц, Ч, Ш, Щ, Ю, Я, Ъ, Ь, Ђ, Љ, Њ, Ћ, Џ

Lotin alifbosi: A, B, C, D, E, F, G, H, I, J, K, L, M, N, O, P, Q, R, S, T, U, V, W, X, Y, Z.

Yunon alifbosi: Α, Β, Γ, Δ, Ε, Ζ, Η, Θ, Ι, Κ, Λ, Μ, Ν, Ξ, Ο, Π, Ρ, Σ, Τ, Υ, Φ, Χ, Ψ, Ω.

Boshqa yozuv tizimlari va ularning harflari uchun Yozuv tizimlari ro'yxati hamda Alifbolar ro'yxatiga qarang.