iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: http://uz.wikipedia.org/wiki/Zarra
Zarra - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Zarra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zarra — oz sonli elementar zarralardan tashkil topgan modda ulushlari. Mas, tutun Z.lari, chang Z.lari, havodagi suv Z.lari, molekulalar, atomlar, yadrolar, nuklonlar va b. Oʻlchamlariga qarab 3. makrozarralar yoki mikrozarralarga boʻlinadi; makrozarralar mikrozarralardan tashkil topadi. Mikrozarralar (atom yadrosi, elektronlar, nuklonlar, mezonlar, giperonlar, ukvant va hokazo) spinlari qoʻshilgan holda maʼlum yoʻnalishda harakatlanishi Z.larning qutblanishi deyiladi. Ichki tuzilishiga qarab murakkab yoki oddiy Z.lar boʻladi; murakkab Z.lar oddiy Z.lardan iborat. 3. qandayligidan qatʼi nazar, energiya, impuls, massa va b. xususiyatlarga ega. Dastlab 3. va uning xususiyatlari oʻzgarmas, har qanday 3. yanada maydaroq Z.lardan iborat, deb hisoblanardi. Tekshirishlardan maʼlum boʻldiki, Z.lardan baʼzilari butunlay oʻzgarishi, oʻz tarkibida boʻlmagan yangi Z.lar paydo qilishi, hatto oʻziga moye antizarralar bilan toʻqnashganda tamomila yoʻqolib, elektromagnit maydon hosil qilishi mumkin ekan (qarang Antizarralar, Annigilyasiya). 3. tushunchasi maydonlar nazariyasi va toʻlqinlar nazariyasida ham koʻp ishlatiladi. Tinch turgan modda Z.lari massaga ega, elektromagnit maydon Z.lari — fotonlar esa tinch turganda massaga ega boʻlmaydi. Z.lar sistemasi nazariyasida (jumladan, qattiq jismlar nazariyasida) tekshiriladigan hodisalarning roʻy berishida koʻp Z.lar maʼlum jihatdan haqiqiy moddiy Z.larga oʻxshash boʻlgani uchun yordamchi tushuncha sifatida kvazizarralar tushunchasi bilan ish koʻriladi, mas, fonon, polyaron, eksiton, magnon, plazmon va b. (yana q. Elementar zarralar).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil