iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: http://uz.wikipedia.org/wiki/Thomas_Hunt_Morgan
Thomas Hunt Morgan - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Thomas Hunt Morgan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Thomas Hunt Morgan (1866.25.9, Leksington, Kentukki — 1945.4.12, Pasadena, Kaliforniya) — amerikalik zoolog, genetika asoschilaridan biri, AQSH Milliy Fanlar akademiyasi prezidenti (1927—31). London Qirollik jamiyati aʼzosi (1919-yildan). Kentukki (1886) va J. Xopkins universitetlarini (1891) tugatgan. Brin-Mordagi xotinqizlar kolleji (1891 — 1904) va Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetida (1904—28) professor, Pasadenadagi Kaliforniya texnologiya institutining biologiya laboratoriya boshligʻi (1928—45). M. eksperimental embriologiya, regeneratsiya, hayvonlar jinsini aniqlash va irsiyatga oid tadqiqotlar olib borgan; irsiyatning xromosoma nazariyasini asoslab bergan. M. va uning xodimlari tomonidan xromosomalar chalkashuvi va krossingover hodisasining kashf etilishi Mendel qonunlarining sitologik mexanizmini toʻliq tushunib olishga va tabiiy tanlanish nazariyasining mo-hiyatini tushuntirishga imkon berdi. Nobel mukofoti laureati (1933).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil