iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: http://uz.wikipedia.org/wiki/Sura
Sura - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Sura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fotiha surasi, Qur’oni Karimning birinchi surasi

Sura (arabcha: سورة — tizma, qator, qoʻrgʻon, manzil va sharaf maʼnosida) — faqat Qurʼonga xos tushuncha, uning boʻlimlari Sura deyiladi, uni shartli ravishda bob bilan taqqoslash mumkin. Islom Ulamolari istilohida esa, Sura — Qurʼon oyatlarining boshlanish va tugashi belgilangan mustaqil toifasidir. Boshqacha qilib aytganda, Qurʼon oyatlarining qoʻrgʻon ila oʻralgandek bir toifasiga sura, deyiladi. Qurʼon suralardan iboratdir, sura Qurʼonning bir boʻlagi boʻlib, uch yoki undan koʻp oyatni oʻz ichiga oladi.

Qurʼonda 114 ta sura boʻlib, ulardan har birining oʻz nomi bor. Baʼzi suralarning ismi suraning avvalidagi soʻzdan olingan. Baʼzilariniki esa, oʻsha surada zikri koʻproq kelgan narsalarning nomiga qoʻyilgan. Qurʼoni karimdagi eng qisqa Sura Kavsar surasi boʻlib, uch oyatdan, eng uzun sura Baqara surasi boʻlib, 286 oyatdan iboratdir. Qurʼon suralari ikki qismga boʻlinadi: 1. Hijratdan oldin tushgan suralar — „Makka suralari“ ((yoki Makkiy suralar) Makkada tushgan) deyiladi. 2. Hijratdan keyin tushgan suralar — „Madina suralari“ ((yoki Madaniy suralar) Madinada tushgan) deyiladi.