iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: http://uz.wikipedia.org/wiki/Shved_tili
Shved tili - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Shved tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shvedcha
Milliy nomi svenska
Mamlakatlar Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya
Finlandiya bayrogʻi Finlandiya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 10 million (2018)[1]
Alifbosi Lotin (shvedcha alifbo)
Til kodlari
ISO 639-1 sv
ISO 639-2 swe
ISO 639-3 swe

Shved tiligerman tillarining shim. (skandinaviya) guruhchasiga mansub til; Shvetsiya, Finlandiya, Norvegiya, Daniyada, shuningdek, AQSh va Kanadada tarqalgan. Shvetsiya Qirolligining rasmiy tili, Finlandiya Respublikasining 2 rasmiy tili. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 10 millionga yaqin (Shvetsiyaning oʻzida 8,6 milliondan ortiq) kishi (oʻtgan asrning 90-yillari).

SH.t.ning 6 ta lahja guruhi bor: svey (Shvetsiyaning markaziy hududi — Melaren koʻli atrofi), yot (jan.gʻarbiy hududlar), norland (shim. hudud), sharqiy shved (Botnik qoʻltigʻi qirgʻoqlari), gutni (Gotland oroli), jan. shved (Skone viloyatidagi dan tiliga yaqin). 1645-yilda Norvegiyaning Xaryedalan va Yemtland viloyatlari Shvetsiyaga qoʻshib olingach, u yerlarda aralash shvednorveg shevalari shakllangan.

SH.t. fonetikasi choʻziq va qisqa tovushlar (unlilar va undoshlar)ning , musiqiy urgʻuning mavjudligi bilan ajralib turadi. Grammatik xususiyatlari: otlarda umumiy va oʻrta jins (rod), birlik va koʻplik son, 2 ta kelishik (umumiy va qaratqich), aniqlik va noaniqlik shakllari va boshqalar mavjud; feʼllar 4 xil tuslanishga ega; mayl, zamon, nisbat kategoriyalari boʻiicha oʻzgaradi. Soʻzlar gapda qatʼiy tartibda joylashadi.

Tarixiy rivojlanishida 2 davr: qadimiy Shved tili (9-asrdan 1525-yilgacha — Shvetsiya mustaqillikka erishguncha) va yangi Shved tili (1525-yildan) davrlari farkdanadi. Eng qadimiy yozma yodgorliklari 9—12-asrlarga mansub, runik yozuvdya bitilgan yodgorliklardir. Lotin grafikasidagi qadimiy qoʻlyozmalar 13-asrga mansub. Shved tilidagi dastlabki bosma asar 1425-yilda nashr etilgan. qadimiy shved yozma tili 14—15-asrlarda yot lahjasi asosida shakllangan; hozirgi adabiy til esa 16—17-asrlarda svey shevalari (asosan, Stokgolm shevasi) negizida shakllana boshlagan. Yozuvi lotin grafikasi asosida unga 3 ta harf (Å, Ä, Ö) qoʻshgan holda yaratilgan.

  1. Ethnologue 21st Edition, retrieved 21 February 2018