iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: http://uz.wikipedia.org/wiki/Santyago
Santyago - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Santyago

Koordinatalari: 33°26′16″S 70°39′01″W / 33.43778°S 70.65028°W / -33.43778; -70.65028
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Santyago
Skyline of Santiago
Santiagoning bayrogʻi
Bayroq
Santiagoning rasmiy gerbi
Gerb
33°26′16″S 70°39′01″W / 33.43778°S 70.65028°W / -33.43778; -70.65028
poytaxt
Asos I’m 1899
Hukumat
 • mer Pablo Zalaquett
[[File:|290px|Santyago xaritada]]

Santyago (rasmiy nomi Santiago de Chile(isp.)) — Chili davlatining poytaxti va eng yirik shahri.

Santiago — Chili poytaxti. And toglari etagida, 540 m balandlikdagi soylikda, Map ocho daryosining har ikki sohilida joylashgan. Iklimi subtropik iqlim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 19,7°, iyulniki 7,7°. Yillik yogʻin 363 mm. Aholisi 4,64 mln. kishi (1997). Santyago — mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi. Transport yoʻllarining yirik tuguni. 4 aeroport bor. Santyago orqali Panamerika shossesi oʻtgan. Valparaiso porti bilan temir yoʻl orqali bogʻlangan. Metallsozlik, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo, toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnpoyabzal, poligrafiya, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Santyagoda yirik xorijiy va milliy kompaniyalar idoralari va banklar joylashgan.

Shaharga 1541-yilil12 fevralda ispan mustamlakachilari tomonidan asos solingan. 19-asr boshlarigacha ispan generalgubernatorligining maʼmuriy markazi. Chili mustaqilligi eʼlon qilingan davrdan (1818) Santyago — mamlakat poytaxti. Santyagoda mustamlakachilik davrida qurilgan meʼmoriy yodgorlik koʻp. Shahar markazidagi School de Chile maydoni atrofida sobor, ratusha va boshqa saqlangan. 3 universitet, harbiy bilim yurti, amaliy sanʼat maktabi, konservatoriya, Chili Fanlar akademiyasi va boshqa akademiyalar, ilmiy tadqiqot institutlari, kutubxonalar, muzeylar, teatrlar va rasadxona bor. Metropoliten qurilgan. SANTYAGO, SantyagodelosKabalyeros — Dominikana Respublikasining shimoliy qismidagi shahar. VegaReal vodiysida joylashgan. Santyago provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 365 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Temir yoʻl tuguni. Qishloq xoʻjaligi (kofe, kakao, tamaki, sholi, chorvachilik) rayonining savdo markazi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat va poyabzal korxonalari bor. Shahar yaqinidan oltin qazib olinadi. Shaharga 1495-yilda X. Kolumb tomonidan asos solingan. Katolik universiteti, teatr, muzeylar bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil