Samvel Babayan
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Samvel Vyacheslavovich Babayan | ||
Tavallud sanasi | 19-may 1971-yil | ||
Tavallud joyi |
Sovet Ittifoqi Oʻzbekiston SSR Uzbekistan Oʻzbekiston | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1993—1996 1996—2001 2002—2014 2014—2015 |
Uzbekistan Politotdel (Toshkent v.)-Boshliq Uzbekistan Navbahor- murabbiy Uzbekistan Paxtakor — Vitse-prezident Uzbekistan Paxtakor — bosh murabbiy | ||
Milliy terma jamoa | |||
2001—2015 2015—2016 2015—2017 |
Uzbekistan Oʻzbekiston — boshqaruvchi Uzbekistan Oʻzbekiston (olimp.) — murabbiy Uzbekistan Oʻzbekiston — bosh murabbiy | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Samvel Vyacheslavovich Babayan (1971-yil 19-may) — arman millatiga mansub sovet va oʻzbek futbolchisi. Sobiq Olimpiya va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi (2015—2017).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Samvel Babayan 1971-yil 19-mayda Toshkent shahrida tavallud topgan. Mavjud ayrim maʼlumotlarga koʻra, u Toshkent davlat jismoniy tarbiya institutini murabbiylik ixtisosligi boʻyicha tamomlagan[1].
Samvel Babayan Oʻzbekiston SSRda turli jamoalar uchun toʻp surgan.
Karyerasining boshlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1993-yili Toshkent viloyatidagi „Siyosiy boshqarma“ futbol jamoasi rahbari etib tayinlanadi. 1996-yili „Navbahor“ futbol klubi bosh murabbiyi Viktor Jalilov yordamchisi sifatida faoliyat olib boradi va oʻsha yilda jamoa Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritadi. Shundan keyin 2001-yilda Babayanni Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi boshqaruvchisi sifatida ishga taklif etishadi va keyingi yili murabbiy Toshkentning „Paxtakor“ futbol klubi vitse-prezidenti etib tayinlanadi.
2014-yilda „Paxtakor“ Oʻzbekiston Oliy ligasi chempionligini qoʻlga kiritadi va Babayan yil oxirida Oʻzbekistonning eng yaxshi murabbiyi deb topiladi.
Oʻzbekiston terma jamoasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yil 23-iyunda Mirjalol Qosimov isteʼfoga chiqqanidan soʻng, Babayan Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi murabbiyi etib tayinlanadi. 2015-yil 27-noyabrda esa Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi boʻladi. Uning murabbiyligi ostida maydonga tushuvchi yoshlar terma jamoasining Osiyo chempionatidagi ishtiroki muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanadi va jamoa 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmaydi.
Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining final bosqichiga chiqa olmaydi. So‘nggi uchinchi saralash bosqichi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston „A“ guruhida Eron, Janubiy Koreya va Suriya terma jamoalarini o‘tkazib yuborgan holda guruhda to‘rtinchi (oltita o‘rindan) o‘rinni egallaydi. 2017-yil 7-sentyabrda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ozod etiladi[2].
Futboldan bir umrga chetlatilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilning 15-yanvar kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasi Babayanni Toshkentning „Paxtakor“ klubidagi faoliyati davomida futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha firibgarlik qilgani uchun umrbod futbol sohasida faoliyat yuritishdan chetlatadi. Shuningdek, murabbiy Oʻzbekiston milliy terma jamoasining 2018-yilgi Jahon chempionati saralash turniridagi omadsizligida ham ayblangan. Babayan nufuzli murabbiy va mutaxassislarning tavsiya va maslahatlariga eʼtibor bermagan holda terma jamoaga oʻyinchilarni tanlashda saviyasi va oʻyini past boʻlgan, oʻziga tanish futbolchilarni jalb etgan, bundan koʻzlangan asosiy maqsad esa oʻzining moddiy manfaatlarini boʻlgan[3][4].
Latviyadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yil aprel oyida Babayan Latviyaning „Spartak-Yurmala“ futbol klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi[5][6][7][8][9][10][11][12][13]. 2018-yilning 13-aprelida unga Latviya chempionati oliy ligasida[14] ishlash uchun zarur bo‘lgan Yevropada murabbiylik faoliyatini olib borish uchun litsenziya berilmaganligi bois murabbiy klubni boshqara olmasligi maʼlum bo‘ladi. 23-aprel kuni Babayan „Spartak-Yurmala“ klubi bosh murabbiyi lavozimini tark etadi va klubning texnik direktori lavozimiga oʻtkaziladi[15].
Xitoydagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil yakunida Babayan Xitoyning „Chanchun Yatay“ futbol jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi. Oradan maʼlum vaqt oʻtgach, klub oʻzbekistonlik murabbiyni isteʼfoga chiqarganligini rasman eʼlon qiladi[16].
Oʻzbekiston futboliga qaytish
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilning 26-fevral kuni OAVda Samvel Babayan Toshkentning „Lokomotiv“ futbol klubi prezidentining maslahatchisi etib tayinlangani haqida maʼlumotlar paydo boʻladi[17][18][19][20][21]. Bu maʼlumot Toshkentning „Lokomotiv“ klubi[22] rasmiy saytida ham eʼlon qilinadi. Xabar muxlislarning keskin noroziligiga sabab boʻladi, bunga javoban keyinchalik Samvel Babayan oʻzining qisqa intervyusida diskvalifikatsiya undan 2018-yilning 1-fevralida, yaʼni diskvalifikatsiyadan ikki haftadan sal koʻproq vaqt oʻtgach, olib tashlangani haqida xabar beradi[23].
Murabbiy sifatida erishgan yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston chempioni (2014);
- Yilning eng yaxshi futbol murabbiyi (2014).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Safarov V. A. Ensiklopediya futbola v Uzbekistane 1912—2012. — T. 2014. — S. 363.
- ↑ „Самвела Бабаяна отправили в отставку“. 2017-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-sentyabr.
- ↑ „Sport-express.ru Бывший тренер сборной Узбекистана Бабаян пожизненно отстранён от футбольной деятельности“. 2018-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-yanvar.
- ↑ „Championat.com Экс-тренер сборной Узбекистана Бабаян пожизненно отстранён от футбола“. 2018-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-yanvar.
- ↑ „«Пахтакор» упразднил в клубе должность главного тренера“. 12news.uz (2014-yil 3-yanvar).
- ↑ „Самвел Бабаян назначен главным тренером национальной сборной Узбекистана“. ФФУ (2015-yil 23-iyun). 2015-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-avgust. (Wayback Machine saytida 2015-06-23 sanasida arxivlangan)
- ↑ Чемпионат Азии U-23: Сборная Узбекистана потеряла шансы на выход из группы, 2016-01-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-08-07
- ↑ Samvela Babayana otpravili v otstavku
- ↑ Sport-express.ru Bivshiy trener sbornoy Uzbekistana Babayan pojiznenno otstranen ot futbolnoy deyatelnosti
- ↑ Championat.com Eks-trener sbornoy Uzbekistana Babayan pojiznenno otstranyon ot futbola
- ↑ „Самвел Бабаян возглавил чемпиона Латвии“. championat.asia (2018-yil 27-mart). Qaraldi: 2018-yil 1-aprel.
- ↑ „Sezonas simboliskais starta šāviens atskanējis - Virslīga sākas ar prezentācijas pasākumu“ (lv). synottipvirsliga.lv (2018-yil 27-mart). 2018-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-aprel. (Wayback Machine saytida 2018-04-02 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Jūrmalas «Spartaka» trenerim Babajanam jāpamet klubs“ (lv). LSM.lv (2018-yil 13-aprel). Qaraldi: 2018-yil 19-aprel.
- ↑ „Jūrmalas «Spartaka» trenerim Babajanam jāpamet klubs“ (lv). LSM.lv (2018-yil 13-aprel). 2018-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-aprel.
- ↑ „Aleksandrs Grišins kļūst par Jūrmalas Spartaks galveno treneri“ (lat) (2018-yil 23-aprel). 2018-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1.
- ↑ „Samvel Babayan iste’foga chiqarildi“.
- ↑ „Пожизненно отстранённого от футбола тренера трудоустроили в ташкентский «Локомотив»“ (ru). fergana.agency. 2019-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
- ↑ „Пожизненно отстранённый от футбола Самвел Бабаян назначен советником президента ташкентского «Локомотива»“ (ru). Служба новостей Центральной Азии. 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
- ↑ „Разве так можно было: отстранённый Самвел Бабаян вернулся в узбекский футбол“ (ru). Sputnik. 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
- ↑ „Breaking News! Самвел Бабаян в штабе чемпиона Узбекистана“ (ru). CHAMPIONAT.asia. 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
- ↑ „Самвел Бабаян "Локомотив"да иш бошлади“ (uz). CHAMPIONAT.asia. 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
- ↑ „Таниқли мутахассис Самвел Бабаян “Локомотив” ПФКда иш бошлади“ (uz). lokomotiv.uz. 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
- ↑ „Самвел Бабаян: "ЎФА ўтган йил дисквалификацияни бекор қилган"“ (uz). CHAMPIONAT.asia. 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Profili (Rus.) FootballFacts.ru veb-sayti boʻyicha
- 19-mayda tugʻilganlar
- 1971-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbol murabbiyi
- Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiylari
- Yashayotgan insonlar
- Toshkent sport kishilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Paxtakor futbol klubi murabbiylari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi murabbiylari
- Navbahor klubi murabbiylari
- Changchun Yatai F.C. murabbiylari
- Spartak Yurmala FC murabbiylari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari chet elda
- Xitoydagi chet ellik futbol murabbiylari
- Latviyadagi chet ellik futbol murabbiylari
- SSSRda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston SSRda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston kishilari
- Futbolchilar