iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: http://uz.wikipedia.org/wiki/Ras_al-Xayma_xalqaro_aeroporti
Ras al-Xayma xalqaro aeroporti - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Ras al-Xayma xalqaro aeroporti

Koordinatalari: 25°36′48″N 055°56′20″E / 25.61333°N 55.93889°E / 25.61333; 55.93889
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ras al-Xayma xalqaro aeroporti
مطار رأس الخيمة الدولي
IATA kodi: RKTICAO kodi: OMRK
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik
Operator Fuqaro aviatsiyasi departmenti
Joylashuvi Ras al-Xayma
Havo yoʻli tuguni Air Arabia
Dengiz sathidan balandligi 94 ft / 29 m
Koordinatalari 25°36′48″N 055°56′20″E / 25.61333°N 55.93889°E / 25.61333; 55.93889
Vebsayti rakairport.com
Xarita
RKT (Birlashgan Arab Amirliklari)
RKT
Aeroportning BAA xaritasidagi joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
16/34 3,760 12,336 Asfalt
Manba: BAA Aeronavtika axborot nashri[1]

Ras al-Xayma xalqaro aeroporti (IATA: RKTICAO: OMRK) (arabcha: مطار رأس الخيمة الدولي) – Birlashgan Arab Amirliklarining Ras al-Xayma amirligidagi xalqaro aeroport. Aeroport Fors koʻrfazi qirgʻogʻida, Ras al-Xayma shahridan 11 nautical mile (20 km; 13 mi) janubda joylashgan. Aeroportda ikkita yoʻlovchi terminali binosi, shuningdek, yuk tashish, samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatish va aviatsiya oʻquv jihozlari mavjud[2].

Terminalning ichki qismi

1976-yilda aeroport uzoq yillik hukmdor Shayx Saqr bin Muhammad al Qosimiy tomonidan ochilgan. Dubay xalqaro aeroportidan farqli oʻlaroq, Ras al-Xayma aeroporti xalqaro yoki mintaqaviy aviatsiya markaziga aylanmadi.

2007-yilda Ras al-Xayma aeroportida habi boʻlgan RAK Airways milliy aviakompaniya sifatida oʻz faoliyatini boshladi. 2008-yilda global iqtisodiy inqiroz tufayli aviakompaniya muntazam faoliyatini toʻxtatdi. 2010-yilda yangi brending va boshqaruv bilan qayta ishga tushirildi, lekin 2013-yilda faoliyatini butunlay toʻxtatdi[3][4][5].

2014-yilda RAK Airways faoliyatini toʻxtatgandan soʻng Air Arabia turli yoʻnalishlarga, xususan Pokiston, Misr, Saudiya Arabistoni va Bangladeshga tijorat reyslarini boshladi. Ras-al-Xayma keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan oʻn yil muddatga Air Arabia aviakompaniyasining markazi sifatida belgilandi[6].

Ras al-Xayma Fors koʻrfazining arab davlatlari orasida sifat menejmenti boʻyicha ISO 9001: 2000 akkreditatsiyasini olgan ikkinchi aeroport boʻldi[7]. Ayni paytda Ras al-Xayma xalqaro aeroporti yuk tashish, xususan, Ras al-Xayma erkin savdo zonasi tarkibidagi korxonalarni jalb qilish boʻyicha saʼy-harakatlarga eʼtibor qaratilmoqda[8].

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi aviakompaniyalar Ras al-Xayma aeroportidan muntazam va charter reyslarini amalga oshirib kemoqda:

Yoʻlovchi tashish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aviakompaniya Manzillar
Air Arabia Islomobod, HindistonKojikode, Lohur, PokistonPeshovar, Qohira
Air India Express HindistonKannur[9], HindistonKojikode, HindistonLaknau[10]
IndiGo HindistonHaydarobod[11], Mumbay[12]
Aviakompaniya Manzillar
IndiGo CarGo Mumbay[13]

Baxtsiz hodisalar va falokatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1998-yil iyul oyida Ukrainaning Ilyushin Il-76 yuk samolyoti aeroportdan koʻtarilib, yaqin atrofdagi dengizga qulab tushdi. Bortdagi barcha 8 ekipaj aʼzosi halok boʻldi[14].

Ommaviy madaniyatda eslanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda Akshay Kumar bosh rolni oʻynagan "Airlift" hind filmi Ras al-Xayma aeroportida suratga olingan[15].

  1. United Arab Emirates AIP (Wayback Machine saytida 30 December 2013 sanasida arxivlangan) (login required)
  2. „Ras Al Khaimah International Airport-Management Team“. rakairport.com. 2013-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  3. „RAK Airways takes to the skies at long last“. Arabian Business. 2016-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  4. „RAK Airways: A timeline“. Arabian Supply Chain. 2016-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  5. „RAK Airways Not Coming Back“. Gulf News (2014-yil 30-yanvar).
  6. „Air Arabia to become official carrier of Ras Al Khaimah“. Arabian Business.
  7. „RAK airport woos European carriers“.
  8. „Ras Al Khaimah International Airport - AirlinesHQ.com“. airlineshq.com. Qaraldi: 2023-yil 30-may.
  9. Ameya. „Air India Express adds international flights this summer, focus on Kannur“ (en). Network Thoughts (2024-yil 19-mart). Qaraldi: 2024-yil 19-mart.
  10. „Air India Express 2Q24 Middle East Network Additions“. AeroRoutes (2024-yil 15-aprel). Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
  11. „INDIGO ADDS HYDERABAD – RAS AL KHAIMAH SERVICE IN LATE-2Q23“. Aeroroutes. Qaraldi: 2023-yil 8-mart.
  12. Joshi, Gaurav.. „UAE Expansion: IndiGo Starts New Direct Mumbai-Ras Al Khaimah Flights“ (en). Simple Flying (2022-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.
  13. „A look at routes where IndiGo has deployed its freighters“ (en). JetArena (2023-yil 12-aprel). Qaraldi: 2023-yil 12-aprel.
  14. „July 13, 1998: Cargo plane crashes off Ras Al Khaimah | Today History – Gulf News“ (2018-yil 12-iyul).
  15. „Akshay Kumar shoots film in Ras Al Khaimah“. Deccan Chronicle (2015-yil 20-mart).

Bibliografiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]