iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: http://uz.wikipedia.org/wiki/Polimerlar
Polimerlar - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Polimerlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Polimerlar (yun. polymeres — koʻp qismlardan tashkil topgan) — molekulalari (makromolekulalar) bir yoki bir necha turli koʻp sonli takrorlanuvchi guruxlar (monomer zvenolari)dan tashkil topgan yuqori molekulyar massali (bir necha mingdan bir necha milliongacha) kimyoviy birikmalar. Makromolekula tarkibidagi atomlar bir-biri bilan asosiy yoki koordinatsion valentlik kuchi vositasida bogʻlangan.

P.tabiiy — biopolimerlar (rksillar, nuklein kislotalar, tabiiy smoladar) va sintetik (polietilen, polipropilen, fenolformaldegid smolalar) P.ga bulinadi. P. bir xil struktu-rali zvenolar (mas, polivinilxlorid — CH2CHCl—) yoki oʻzaro navbatlashuvchi turli xossaga ega zvenolar (sopolimer)dan tashkil topgan boʻladi; vi-nilxlorid va vinilatsetat sopolimeri bunga misol boʻla oladi. Bir nechta kichik oddiy molekulalarning birikishidan hosil boʻlgan P. oligomerlar deb ataladi. Monomerning 2 mo-lekulasi qoʻshilishidan hosil boʻlgan molekula d i m ye r deyiladi. Bunday birikmalar oʻzining xossasiga koʻra, quyi va yuqori molekulali birikmalar oraligʻidagi oʻrinda turadi.

P. molekulalari polimerlanish va polikondensatlanish usullari bilan hosil qilinadi. 20-asrning 2yarmidan boshlab P. sintezining yangi usullarini ishlab chiqildi, chunonchi: a) tayyor P.ga biror yangi, qoʻshimcha monomerni kimyoviy "payvandlash". Bu tayyor P. molekulasining faollashishiga va erkin radikallar hosil boʻlishiga yordam beradi. Bunda P.ning chiziqsimon molekulasiga polimerlanuvchi qoʻshimcha monomer yon tarmoqchasi "payvandlanadi"; b) ikki tayyor P. zanjirini kuchli mexanik taʼsir ostida uzib, makromolekula boʻlaklarini biriktirib, yangi makromolekulalar, yaʼni "blok polimerlar" xreil qilishi. Bu usullar polimer mahsulotlarining xossalarini (puxtaligi, kimyoviy bardoshliligi, elektr oʻtkazmaslik va hokazo) oʻzgartirishga imkon beradi.

P.ning tarkibi va sintez usullariga koʻra, ulardan qattiq va elastik, puxta va moʻrt, issiq va sovuqqa chi-damli, kimyoviy taʼsirlarga bardoshli va hokazo xossaga ega boʻlgan mahsulotlar olish mumkin. Mahsulot hosil qilish uchun P.ga toʻldirgichlar va boshqa moddalar qoʻshiladi. P.ning muhim xu-susiyati shuki, ulardan shtampovkalash, presslash kabi oddiy usullarda buyumlar tayyorlash mumkin.

Polimerlarch. dastlab murakkab boʻlmagan moddalar, kumir va yogʻochni qayta ishlash mahsulotlari (mas, fenol, formalin va boshqalar)ga asoslangan edi. Keyinchalik P. olish uchun neftni kayta ishlash mahsulotlari, tabiiy gaz, qattiq yoqilgʻilarni qayta ishlash mahsulotlari, yogoch va turli oʻsimlik xom ashyolari chiqindilari ishlatiladigan boʻldi. Xossasining yaxshiligi va xalq xoʻjaligiga keltiradigan foydasining kattaligi hamda xom ashyo zaxiralarining koʻpligi P.ni keng koʻlamda ishlab chiqarishga imkon berdi.

P. xossasiga koʻra, quyidagilarga boʻlinadi: kauchuklar — keng temperatura oraligʻida qayishqoklik xossasini yoʻqotmaydigan P.; plastmassalar — yuqori temperaturada yumshaydigan va keng temperatura oraligʻida juda puxta, qattiq, nisbatan qayishqoq P.; sintetik tolalar — yuqori temperaturada (180—200°) yumshaydigan va shu temperaturada puxta ip boʻlib choʻziladigan P.; lok va boʻyoqlar — yeyilishga chidamli, metall, yogʻoch va shishaga yopishadigan, atmosfera va mexanik taʼsirlarga chidamli P. Polimerlarning xossasi turlicha bulganligidan ular kora va rangli metallar, yogʻoch, tosh, suyak, shisha va boshqa urnida ishlatiladi. Baʼzi bir sintetik P. ion alma-shuvchi smolalar, qon plazmasi oʻrin-bosari sifatida, tuproqni strukturalashda va boshqalarda qoʻllanadi.

  • Askarov M. A., Jalilov A. T., Sintez ionogennix polimerov, T., 1978; Ismoilov I. I., Jalilov A. T., Askarov M. A., Ximicheski aktivnie polimeri i oligomeri, T., 1993; Maxsumov A. S, Ismoilov I. I., Polimernie soli: sintez, svoystva, primeneniye, T., 2002.

Isroil Ismoilov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil