iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: http://uz.wikipedia.org/wiki/Osmiy
Osmiy - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Osmiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
76
Осмий
Os
190,23
4f145d66s2

Osmiy (yun. osme — xid; lot. Osmium), Os — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 76, atom massasi, 190,2. Tabiiy Osmiy 7 ta barqaror izotopdan iborat: l84Os(0,018%), l86Os(l,59%), 187Os(l,64%), 188Os(13,3%), 189Os(16,l%), 190Os(26,4%), 192Os(41,l%). Osmiyning sunʼ-iy radioaktiv izotoplari ichida 184Os eng uzoq vaqt mavjud boʻluvchi (T|/2=700 kun). Osmiyni 1804-yilda Osmiy Tennant plati-nani zar suvida eritishda ortib qolgan moddalar tarkibidan topgan. Osmiyning OsO4 tarkibli angidridi oʻziga xos oʻtkir hidli (xlor hidiga oʻxshaydi), kukun holidagi Osmiy ham shunday hidga ega. Osmiy Yer poʻstining massa jihatidan. 5-10~6%nitashkil qiladi. Tabiatda iridiy bilan qotishma holida, platina guruhi metallarining rudalarida uchraydi. Oʻzbekistonda Olmaliq va Qizilqum hududlaridagi polimetall rudalari tarkibida tarqoq holda mavjud.

Osmiy — koʻkimtir tusli qattiq metall. Metallar ichida eng ogʻiri. Zichligi 22,6 g/sm3 (15°da), suyuqlanish temperaturasi 3027°, qaynash temperaturasi 5027°. Osmiy kimyoviy xossalari jihatidan platina guruhidagi boshqa metallardan keskin ajralib turadi; u baʼzan metallmaslik xossalarini ham namoyon qiladi. Osmiy havoda qizdirilsa, oksidlanib, OsO4 — osmiy (USH)-oksidga aylanadi.

Osmiyning 2,4 va 8 valentli oksidlari bor. Osmiy oksidlari 600—950° da uchuvchan. Osmiy monooksid yoki osmiy (P)-oksid, OsO — qora tusli kukun, suvda va kislotalarda erimaydi, juda tez oksidlanadi. Osmiy (I V) - o k -sid, OsO2 jigarrang yoki kora kukun modda, suvda va suyultirilgan kislotalarda erimaydi, zichligi 7,91 g/sm3 (22°da), 650° da parchalanadi. Havoda qizdirilganda osmiy (USH)oksidga aylanadi. Osmiy (USH)-oksid yoki osmiy angidrid OsO4 rang-siz kristall modda, zichligi 4,96 g/ sm3 (22°da), suyuqlanish temperaturasi 39,5°, kaynash temperaturasi 130°. Zaharli. Suv, spirt va efirda yaxshi eriydi. Suvdagi erit-masi osmat kislota H2[OsO4(OH)2] de-yiladi. Metall Osmiy kukuni ftor bilan 250° gacha qizdirilsa, osmiy (VIII) - ftorid OsF3 ga aylanadi. Qoʻshimcha sifa-tida OsF6 va OsF4 xdm paydo boʻladi. Osmiy xlor atmosferasida qizdirilsa, OsCl4, OsClj, OsCl2 lar vujudga keladi.

Osmiy tarkibida misnikelli sulfid rudalari va mis molibden boʻlgan rudalardan platina guruhi metallari bilan ajratib olinadi. Uni boshqa metallardan ajratishda OsO4 holidabosh-qa idishga oʻtkaziladi. Osmiy qotishmalari aniq oʻlchov asboblari oʻklarini tayyorlashda, radiotexnikada, kompozitsion materiallar olishda, birikmalari esa katalizatorlar sifatida tibbiyotda va fotografiyada ishlatiladi.

Omonulla Xoʻjayev.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil