iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: http://uz.wikipedia.org/wiki/Nodir_devonbegi_madrasasi_(Buxoro)
Nodir devonbegi madrasasi (Buxoro) - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Nodir devonbegi madrasasi (Buxoro)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Nodir devonbegi madrasasi
Nodir devonbegi madrasasi bosh fasadi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Manzil J. Ikromiy MFY
Mehtar anbar koʻchasi
(Labihovuz ansambli)
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turi Katta
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Nodir devonbegi
Homiylar Nodir devonbegi
Binokorlik 1619-yil1620-yil
Maqomi Davlat himoyasida
Qurilish materiali Pishiq g'isht


Nodir devonbegi madrasasi (asl nomi: Nadr devonbegi madrasasi) — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Buxoro xoni Imomqulixonning vaziri Nodir devonbegi (Nodir mirzo Togʻay ibn Sulton) qurdirgan (16221623). Nodir Devonbegi madrasasi Buxoroning eski shahar qismida joylashgan. Labi-hovuz ansamblining sharqiy qismida joylashgan. Hozirgi kunda madrasa Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Nodir Devonbegi madrasasi Buxoro xonligida hukmronlik qilgan ashtarxoniylar sulolasi vakili Imomqulixon davrida 1622—1623-yilllarda Nodir devonbegi tomonidan bunyod etilgan. Madrasa 71 hujrali boʻlib, Mulla Shamsiddin guzarida boʻlgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Mazkur madrasa faoliyatiga oid ikkita vaqf hujjati saqlanib qolgan. Vaqf hujjatlaridan biri Buxoro amiri Amir Shohmurod davrida koʻchirilgan. Mazkur vaqf hujjati 1642-yil 17-iyul kuni rasmiylashtirilgan. Vaqf hujjatida shunday maʼlumot keltirilgan: „Hazrat Tagʻoyi Abdullaxon qisqa davrda Buxorodagi Sarrafon guzari sharqida pishiq gʻisht va toshdan masjid, ikki qavatli madrasa va hovuz qurdirdi“ — deb yozilgan. Nodir Devonbegi madrasasida 1 nafar mudarris dars oʻtgan boʻlib, yillik maoshi 500 tangani va 100 man gʻallani tashkil etgan. Mudarris talabalarga furu’ fiqh, usul kabi fanlardan dars bergan[1]. Madrasa faoliyati bilan bogʻliq ikkinchi vaqf Buxoro amiri Amir Haydar davrida 1810-yil dekabr oyida rasmiylashtirilgan. Nodir Devonbegi madrasasiga oid ayrim arxiv hujjatlari saqlangan boʻlib, unga koʻra madrasada mufti dars oʻtgan boʻlib, uning yillik maoshi 2600 tangani tashkil etgan[1]. Hozirgi kunda madrasa hovlisida sayyohlar uchun milliy musiqa va folklor tomoshalar oʻtkazib kelinadi[2]. Bundan tashqari madrasada hunarmandchilik ustaxonalari ham faoliyat yuritib kelmoqda.

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab karvonsaroy sifatida qurilgan, xonning qarori bilan madrasaga aylantirilgan. Unda madrasalarga xos ayvon, masjid va katta darsxona yoʻq, hovli atrofi 4 tomondan 2 qavatli kichik hujralar bilan oʻralgan. Hujralarga oʻymakori usulida bezatilgan eshiklar, eshiklar tepasidagi tobadonga panjaralar oʻrnatilgan. Hovliga pishik gʻisht yotqizilgan. Bosh tarzi maydonga qaragan. Old tomonida hovuz bor. Peshtogʻi oʻziga xos mahobatli va serhashamdir. Undagi oʻsimliksimon naqshlar orasida kuyoshga intilayotgan afsonaviy xumo qushi va bugʻuning oʻtlab yurgan tasviri koshinkori bezaklari yorqin boʻyoqlarda aks ettirilgan. Hoshiyalariga, kitobasiga arabiy yozuvlar bitilgan. Ustungoʻshasi buramasimon. Peshtogʻining 2 yon qanotidagi 2 qavatli 3 tadan chuqur ravoqli peshayvon aloqida zeb berib pardozlangan. Burchaklaridagi 2 guldasta ravoqlardagi naqshlar bilan oʻzaro uygʻunlashgan. Madrasa tarhi 52x49 m, hovli 34 xZO m. Nodir Devonbegi madrasasi bir necha marta taʼmirlanib, gumbaz, ravoq va devorlaridagi namlik yoʻqotilib, buzilib ketgan hujralari qayta tiklandi. Samarqand va Buxoro ustalarining saʼyharakatlari bilan bosh tarzi qayta jilolandi.[3]

  1. 1,0 1,1 Jumanazar 2017.
  2. Ражабов 2016, s. 160.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Ilmiy adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Jumanazar A.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. ISBN 978-9943-4728-2-2. 
  • Ражабов Қ, Иноятов С.. Бухоро тарихи. Tошкент: Тафаккур нашриёти, 2016 — 460-bet. ISBN 978-9943-24-119-0.