iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: http://uz.wikipedia.org/wiki/Mendeleviy
Mendeleviy - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Mendeleviy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mendeleviy (Mendelevium), Md -davriy sistemaning III guruhiga mansub sunʼiy radioaktiv kimyoviy element; aktinoidlarta kiradi. Tartib raqami 101. Barqaror izotoplari yoʻq. Massa soni 247—252, 254—260 boʻlgan 13 ta izotopi maʼlum. Oksidlanish darajasi +1, +2, +3 (eng barkaror); ion radiusi Md3+ boʻyicha 0,0934 nm. A. Gi-orso, G. Siborg va boshqa amerikalik olimlar 1955-yilda eynshteyniy 253Es ni os zarralar bilan nurlantirish natijasida ilk bor M.ning dastlabki atomlarini (hammasi boʻlib 17 atom miqdorda) ajratib olganlar. M.ning eng uzoq mavjud boʻluvchi izotopi 258Md 1967-yilda AQShda olingan. D. I. Mendeleyev sharafiga atalgan. Eng uzok, mavjud boʻluvchi izotoplari: 25SMd (T1/2=56 sutka, a-nurlanuvchi), 26OMd (T1/2=32 sutka), 257Md [T1/2=5,0 soat, elektron ushlashi (90%), a- nurlanuvchi (10%)] va 256Md [T =75 min, elektron ushlashi (90%), a-nurlanuvchi (10%)].[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil