iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: http://uz.wikipedia.org/wiki/Iskandar_Yusupov
Iskandar Yusupov - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Iskandar Yusupov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iskandar Yusupov
 Xorazm viloyati hokimi
 
Mansab davri
1996-yil yanvar – 1999-yil fevral
Hukumat boshligʻi Oʻtkir Sultonov
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Marks Jumaniyozov
Vorisi Islom Bobojonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1943
Vafoti noma'lum
Mukofotlari „Shon-sharaf belgisi“ ordeni Mehnat shuhrati ordeni

Iskandar Yusupov – Oʻzbekiston Respublikasi davlat arbobi, Xorazm viloyati hokimi (1996-yil yanvar – 1999-yil fevral), Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining oʻrinbosari (2000—2002), OʻzSSR Tuyamoʻyin GESi qurilishi boshligʻi (1983—1989), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat konserni raisi (1999—2000), OʻzSSR va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi deputati (1985—2000), Oʻzbekiston Respublikasi „Oʻzvodqurilish“ davlat konserni raisi (1994—1995), „Mehnat Shuxrati“ ordeni, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi mukofotlari sohibi.

Iskandar Yusupov 1943-yil 15-oktabrda Xorazm viloyatida tugʻilgan. Otasi – Yusupov Yusuf Vaisovich, KPSS aʼzosi.

Iskandar Yusupov yoshligidayoq, oʻsha paytda uni taniganlar taʼkidlaganidek, oʻsha yillarda Xorazm viloyatining olisdagi Pitnak qishlogʻida taʼlim sohasidagi noqulay sharoitlarga qaramasdan, u oʻzining oʻtkir aqli va ishtiyoqi bilan ajralib turardi.

Oʻrta taʼlim muassasasini imtiyozli diplom bilan tamomlab, „Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti“ Milliy tadqiqot universitetiga oʻqishga kirgan.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1965-yil – Milliy tadqiqot universiteti „Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti“ni tamomlagan.

1966-yil – OʻzSSR Tuyamuyunskaya GESi Pitnakdagi uchastka boshligʻi, 1967—1979-yillar – OʻzSSR Tuyamoʻyin GESi bosh muhandisi, kasb-hunar kolleji boshligʻi, 1979—1981-yillar – OʻzSSR Tuyamoʻyin gidroelektr stansiyasi bosh muhandisi, 1981—1983 yillar – OʻzSSR Kompartiyasi MK suv xoʻjaligi boʻlimi instruktori, 1983—1989-yillar – OʻzSSR Tuyamoʻyin GESi qurilishi boshligʻi, 1989—1994-yillar – OʻzSSR va Oʻzbekiston Respublikasi „Oʻzagroqurilish“ (sobiq Qishloq xoʻjaligi vazirligi) raisi, 1994—1995-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi „Oʻzvodqurilish“ davlat konserni raisi, 1995—1996-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari, 1996—1999-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimi[1], 1999—2000-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat konserni raisi, 2000—2002 – Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining oʻrinbosari[2], 1985—2000-yillar – OʻzSSR va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi deputati lavozimlarida faoliyat olib borgan. Iskandar Yusupov 2003-yilda nafaqaga chiqqan.

U 1968-yildan Xojiyeva Amina Xodjaevna bilan turmush qurgan. Uch qizi bor: Nargiza Yusupova, Barno Yusupova, Laylo Yusupova. Uch oʻgʻli ham bor: Sanjar Yusupov, Sardor Yusupov, Sherzod Yusupov[3].

Iskandar Yusupov „Mehnat Shuxrati“ ordeni[4] va Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi[5] mukofotlari bilan taqdirlangan.