iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: http://uz.wikipedia.org/wiki/Inson_kamoloti_indeksi
Inson kamoloti indeksi - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Inson kamoloti indeksi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dunyo xaritasi
Inson kamoloti indeksi toifalarini ifodalovchi jahon xaritasi (2021-yil maʼlumotlari asosida, 2022-yilda nashr etilgan)Andoza:Legend-col
Jahon xaritasi
Inson kamoloti indeksi ballari boʻyicha mamlakatlar yoki hududlarning 0,050ga oshgan jahon xaritasi (2021-yil maʼlumotlari asosida, 2022-yilda nashr etilgan)Andoza:Legend-col

Inson kamoloti indeksi (ing. Human Development Index) – davlatlarning iqtisodiy va siyosiy oʼsish inson kapitalining (uzoq umr, taʼlim, farovon hayot koʼrsatkichlari orqali) rivojlanishiga taʼsirini hamda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini tahlil qiladi[1].

Inson kamoloti indeksining maksimal qiymati – 1, minimal qiymati – 0 ga teng.

Inson kamoloti indeksi quyidagi 3 ta koʼrsatkich orqali hisoblanadi:

1. Umr koʼrish davomiyligi indeksi;

2. Taʼlim indeksi;

3. Aholi jon boshiga YaMD (xarid qobiliyati pariteti hisobida AQSh dollarida) indeksi.

Mazkur 3 ta mezonlar boʼyicha yakuniy indeks koʼrsatkichini aniqlash uchun dastavval har bir mezonning indeksi hisoblab chiqilishi kerak. Koʼrsatkichlarni 0 dan 1 (3 ta oʼnlik aniqlik bilan oʼlchanadigan maʼlumot) gacha boʼlgan miqdorini indekslarga aylantirish uchun mezonlarning eng kam va eng koʼp miqdorlarini oʼrnatish talab qilinadi. Yakuniy indeks koʼrsatkichini hisoblab chiqish uchun oʼrtacha geometrik miqdorlar usulidan foydalaniladi va shuning uchun eng koʼp miqdor har qanday ikki mamlakat yoki vaqt davrlari oʼrtasidagi taqqoslashga (foizlarda) taʼsir koʼrsatmaydi[2].

Inson kamoloti indeksi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan yuritiladi hamda har yilning oxirida hisobot yilidan oldingi yilning yakunlari boʼyicha hisoblab chiqariladi. Indeks 1990 yilda pokistonlik Mahbub ul-Haq boshchiligidagi bir guruh iqtisodchilar tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, uning konseptual asosi Amartya Sen tomonidan yaratilgan.

BMT Taraqqiyot Dasturining Inson kamoloti indeksi boʻyicha hisobot boʻlimi indeksni UNESCO, World Bank, UNICEF, ILO, WHO kabi xalqaro tashkilotlarning maʼlumotlari asosida shakllantiradi hamda davlatlarning koʻrsatkichiga qarab ularni toʻrt guruhlarga ajratadi:

  • inson taraqqiyoti darajasi juda yuqori mamlakatlar: 0,800-1,000;
  • inson taraqqiyoti darajasi yuqori davlatlar: 0,700-0,799;
  • inson rivojlanishining oʻrtacha darajasi davlatlar: 0,550-0,699;
  • inson taraqqiyoti darajasi past mamlakatlar: 0,550 dan past[3].

2010 yilda inson kamoloti indeksini oʻlchaydigan koʻrsatkichlar turkumi kengaytirildi va indeksning oʻzi ham sezilarli oʻzgarishlarga duch keldi. Mamlakatning oʻrtacha statistik maʼlumotlariga asoslangan va ichki tengsizliklarni hisobga olmaydigan yigʻma koʻrsatkich boʻlgan joriy Inson kamoloti indeksiga qoʻshimcha ravishda uchta yangi indikator kiritildi: Ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlikni hisobga olgan holda moslashtirilgan Inson kamoloti tengsizlik indeksi, Gender tengsizligi indeksi va Koʻp oʻlchovli qashshoqlik indeksi.

Hisoblash metodologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Inson kamoloti indeksi qiymati 0 dan 1 gacha boʼlgan diapozonda boʼlib, uchta asosiy koʼrsatkich (x) asosida hisoblanadi[4].

Koʼrsatkichlarni 0<x<1 koʼrinishga keltirish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:

bu yerda va mos ravishda mamlakatdagi koʼrsatkichlarning minimal va maksimal qiymatlaridir.

Indekslar quyidagi formulalar orqali aniqlanadi:

1. Umr koʼrish davomiyligi indeksi (LEI) =

barcha yoshdagi aholining oʼlim koʼrsatkichlari koʼrib chiqilayotgan yil bilan bir xil boʼladi, deb taxmin qilish mumkin boʼlgan kelajakda oʼrtacha umr koʼrish davomiyligi qiymati

2. Taʼlim indeksi (EI) =

  • Oʼrtacha taʼlim davomiyligi (MYSI) =
  • Kutilayotgan taʼlim davomiyligi (EYSI) =

mamlakat aholisi uchun taʼlim olish imkoniyatlarini va ularni joriy etilganlik holati tahlilini amalga oshiradi

3. Daromad indeksi (II) =

aholi daromadlarining qiyosiy darajasini tahlil qiladi

Inson kamoloti indeksi yuqoridagi uchta koʼrsatkichning oʼrtacha arifmetik qiymatidir:

bu yerda:

LE (Life expectancy) – oʼrtacha umr koʼrish davomiyligi (UNDESA maʼlumotlari asosida shakllantiriladi);

MYS (Mean years of schooling) – oʼrtacha taʼlim davomiyligi (UNESCO maʼlumotlari asosida shakllantiriladi);

EYS (Expected years of schooling) – kutilayotgan taʼlim davomiyligi (UNESCO maʼlumotlari asosida shakllantiriladi);

GNIpc (Gross National Income per capita) – Yalpi milliy daromad (YaMD) ning aholi jon boshiga nisbati, xarid qobiliyati pariteti boʼyicha АQSh dollarida (World Bank, International Monetary Fund, United Nations Statistics Division maʼlumotlari asosida shakllantiriladi);

Indeks koʼrsatkichi yuqorida keltirilgan formulalar asosida hisoblab chiqilgandan soʼng, mamlakatlarning reyting koʼrsatkichlari tuziladi hamda reytingga koʼra mamlakatlarning inson rivojlanishining 4 darajasiga koʼra mamlakatlar quyidagi guruhlarga ajratiladi:

Tasnif Daraja
1. Inson taraqqiyotining juda yuqori darajasi 0,800-1,000
2. Inson taraqqiyotining yuqori darajasi 0,700-0,799
3. Inson rivojlanishining oʼrtacha darajasi 0,550-0,699
4. Inson taraqqiyotining past darajasi 0,550 dan past

Inson kamoloti indeksi hisoboti (2019 - yil )

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan 2020 yilgi Inson taraqqiyoti hisoboti 2020-yil 15-dekabrda eʼlon qilingan boʻlib, u 2019-yilda toʻplangan maʼlumotlar asosida inson taraqqiyoti indeksi qiymatlarini hisoblab chiqadi[5]. Jadvalda inson kamoloti yuqori boʻlgan mamlakatlar va hududlar koʻrsatilgan:

—oʻsish;
 – barqaror;
Decrease – pasayish;

Inson kamoloti indeksida yetakchi davlatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Quyida Inson kamoloti indeksining yillar kesimida eng yuqori oʻrinni egallagan mamlakatlari koʻrsatilgan. Hisobotlarga koʻra, Norvegiya oʻn olti marta, Kanada sakkiz marta, Yaponiya va Islandiya ikki marta eng yuqori oʻrinlarni egallagan.
Yil indeks boʻyicha statistik maʼlumotlar olingan vaqt davrini ifodalaydi. Qavslar ichida hisobot chop etilgan yil koʻrsatilgan.

Oʼzbekiston reyting doirasida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʼzbekiston reytingda mustaqillik yillaridan boshlab ishtirok etib kelmoqda. „Inson kamoloti – 2020“ hisoboti natijalariga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasi yuqori inson kamoloti darajasiga ega davlatlar qatoridan joy oldi hamda indeksda 0,720 koʼrsatkichi bilan 106-oʼrinni egallab, avvalgi qayd etgan natijasiga nisbatan 2 pogʼona yuqoriga koʼtarilgan[2].

Yillar Oʼrin Tugʼilishdagi umr koʼrish

davomiyligi

Kutilayotgan taʼlim yillari Oʼrtacha taʼlim yillari Aholi jon boshiga YaMD

(AQSh dollarida)

Inson kamoloti indeksi
2011 115 68,3 11,4 10,0 2 967 0,641
2012 rasmiy hisobot eʼlon qilinmagan
2013 114 68,6 11,6 10,0 3 201 0,654
2014 116 68,2 11,5 10,0 5 227 0,661
2015 114 68,4 11,5 10,9 5 567 0,675
2016 105 69,4 12,2 12,0 5 748 0,701
2017 rasmiy hisobot eʼlon qilinmagan
2018 105 71,4 12,0 11,5 6 470 0,710
2019 108 71,6 12,0 11,5 6 462 0,710
2020 106 71,7 12,1 11,8 7 142 0,720

Oʼzbekiston Respublikasining Inson kamoloti indeksidagi 2010—2019-yillar davomida erishgan natijalariga nazar tashlasak, tugʼilishdagi umr koʼrish davomiyligi 68,3 yoshdan 71,7 yoshga, kutilayotgan taʼlim yillari 11,4 yildan 12,1 yilga, oʼrtacha taʼlim yillari 10,0 yildan 11,8 yilga, YaMDning aholi jon boshiga ulushi 2 967 AQSh dollaridan 7 142 AQSh dollariga hamda Inson kamoloti indeksi koʼrsatkichi 0,641 dan 0,720 ga koʼtarilganligini koʼrish mumkin.

  1. Nations, United (2017). What is human development UNDP.
  2. 2,0 2,1 „Inson kamoloti indeksi.pdf“. 2022-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-iyul.
  3. Ratings ranking[sayt ishlamaydi]
  4. New method of calculation of Human Development Index HDI India Study Channel.
  5. Human Development Report 2020.pdf